Hujumchi o‘yinchining individual taktikasi. Barcha hujumchilar guruhli va jamoaviy o‘yin tizimi doirasida harakat qiladilar. Biroq o‘yinchining individual tashabbusi uchun ham ko‘plab imkoniyatlar qoladi, ular jamoaviy harakatlarni ham kuchaytiradi. Har bir hujumchi o‘yinchi yugurish tempini, sakrash vaqtini, zarba yo‘nalishini, zarbaning usuli va kuchini, tavakkalchilikning ehtimoliy ulushi va kuchini mustaqil tanlaydi. Eng samarali qarorni maqsadga muvofiq tanlash uchun hujumchi ko‘plab omillarni, shu jumladan, raqibning mudofaa tizimidagi kamchiliklarni, to‘siqchilar va himoyachilarning bo‘sh tomonlarida vujudga kelayotgan o‘yin vaziyatini, bo‘limdagi hisobni va boshqalarni hisobga olishi lozim. Hujumchi o‘yinchilarning taktik imkoniyatlari hujumning texnik vositalari keng zahirasi, ichki tuyg‘u, mahorat, ishonchli qarorni tanlash layoqati, o‘yin tajribasi hisobidan ancha darajaga ko‘payishi mumkin.
To‘pni o‘yinga kiritish taktikasi
To‘pni o‘yinga kirituvchi o‘yinching individual taktikasi. “Musobaqa qoidalari” nizomiga muvofiq to‘pni o‘yinga kiritishni bajarishda o‘yinchilarning guruhli va jamoaviy o‘zaro harakatlari taqiqlangan. Faqat murabbiy, ba’zida, to‘pni o‘yinga kirituvchi o‘yinchini zahiraga olishga, cheklangan miqdordagina almashtirish huquqiga ega. Shu sababli, to‘pni o‘yinga kiritishning butun taktikasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ayrim o‘yinchining individual harakatlaridan iborat bo‘lib qoladi. O‘yinda to‘pni o‘yinga kiritish sharoitlari – agar ko‘pchilik o‘yin vaziyatlaridagi turli psixologik zo‘riqishlar hisobga olinmasa, nisbatan bir xildir, biroq, bunday standart sharoitlarda ham to‘pni o‘yinga kirituvchi o‘yinchining taktik imkoniyatlari juda katta bo‘ladi. To‘pni o‘yinga kiritishni bajarishda
kirituvchining nazariy bilimlari va ulardan foydalanishdagi amaliy tajribasi katta ahamiyatga ega. Yosh o‘yinchilar turli tematik bo‘limlardagi quyidagi vaziyatlarni yoddan bilsalar, albatta, yaxshi bo‘lardi:
-qachon, qanday, kimga va qayerga oshirish;
-qachon tavakkal qilish mumkin emas;
-qachon oshirishdagi tavakkalchilik o‘zini oqlashi.
Bular o‘yinchiga har bir to‘pni o‘yinga kiritishni bajarishda uchta vazifani ketma-ketlikda mustaqil hal etishga yordam beradi.
Vazifa – to‘pni o‘yinga kiritish turini tanlash (qayerga yoki kimga oshirish). Bunda kirituvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini, qabul qilishda raqib jamoasi o‘yinchining shaxsiy imkoniyatlarini, qabul qilishda raqib jamoasi o‘yinining kuchli va zaif tomonlarini (oshirishni yutib olishda foydalanuvchi hujum taktikasini, qabul qilishda joylashuv usulini) qabul qiluvchi o‘yinchilarning zaif tomonlarini va maydonchadagi joriy vaqtlarni hisobga olishi lozim.
Vazifa – to‘pni o‘yinga kiritish turini tanlash: aniqlikda (taktikaviy), kuchli yoki rivojlantiruvchi, raqibga to‘pni qabul qilishni qiyinlashtiruvchi usullar. To‘pni o‘yinga kirituvchi o‘yinchi oshirishni murakkablashtirishdagi tavakkalchilik darajasi ehtimolini ham aniqlashi zarur. Buning uchun, u o‘yinning ushbu bo‘limidagi joriy hisobni, vujudga kelgan psixologik va o‘yin vaziyatini, oldinga oshirishlarni qabul qilishda o‘yinchilar xatolarini, jamoa taktikasi xususiyatlarini va boshqalarni hisobga olishi kerak. Misol uchun, agar oshiruvchi o‘yinchining jamoasi to‘siqni yaxshi qo‘yishga ega bo‘lsa, oshirishning ishonchliligini kuchaytirish lozim bo‘ladi. Raqib o‘yinchilari oldingi 2-3 ta oshirishni qabul qila olmagan xatolarda, yoki umuman, butun o‘yin davomida ishonchsiz qabul qilishni ko‘rsatayotgan bo‘lsalar, oshirish tavakkalini pasaytirish maqsadga muvofiqdir. Agar raqib birinchi tempda samarali hujum qilsa yoki katta farq bilan oldinda bo‘lsa, unda oshirish tavakkalini ko‘tarish va yanada murakkabroq oshirish kerak.
Vazifa – qabul qilingan qarorni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |