1. Chiqish Maqsad tomon burilib, tik turgan holda to‘p tomon harakatlanish yoki yugurib, oxirgi qadamda sakrab harakatlanish Tovonlar uzatilayotgan tomonga perpendikulyar holatda
33-rasm
Devor” va qo‘l-oyoqlar tuzilmasi shakllanishi buzilmasligi uchun to‘pni qisqa masofaga uzoq vaqt uloqtirish kerak. Tayanch modeli talablarini o‘yinchilar tomonidan so‘zsiz bajarilishiga erishish, uni yodlab olish zarur.
Uchinchi bosqich vazifalarini bajarish juda muhim. Bu yerda ham xatolar mavjud. To‘pni qulay turish holatida ushlab olish zarur bo‘lganda, sherikning mo‘ljali noaniq bo‘lsa, yosh o‘yinchilar to‘pni mo‘ljallab harakatlanishi kerak. To‘pni ushlagach, qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish kerak. O'yinchilarni “tayanch modeli” talablariga muvofiq faoliyat yuritishi uchun nazoratga o‘rgatish kerak.
To‘rtinchi bosqich yuqoridagi barcha uch bosqich vazifalarini jamlaydi, ularni hal etish davomida shakllangan alohida ko‘nikmalar to‘pni yuqoridan uzatishda to‘p bilan ishlash umumiy ko‘nikmasini yaratadi. Bu bosqichda aniqlikdan to‘g‘ri harakat ustunlik qiladi. Alohida e’tibor tizza va tirsak bo‘g‘inlarini bukmasdan to‘pni uzatishga qaratiladi. Tayanch modeli talablarini amalga oshira olmaydigan, ya’ni uzatishda xatoga yo‘l qo‘yadigan murakkab mashqlarni taklif qilmaslik kerak.
To‘p o‘yinga kiritishni o‘rgatish metodikasi
Sakramasdan hujum qilish o‘rganilgach, to‘pni o‘yinga kiritishni o‘rgatishga o‘tish mumkin. To‘pni o‘yinga kiritishning qat’iy sxemasi bo‘yicha ijobiy uzatish ko‘nikmasini qo‘llash mumkin. Lekin keskin to‘pni o‘yinga kiritish zararli bo‘lishi mumkin: o‘yinga kiritilgach, mushaklar reflektor bo‘shashadi, bu esa zarbaning qat’iyligini pasaytiradi. Shu sababli, to‘pni o‘yinga kiritishni o‘rgatishda bu uslubni qo‘llamaslik zarur, harakat tezlashgan vaqti qo‘l harakati tezligining o‘zi yetarli bo‘ladi. To‘p o‘yinga kiritishni o‘rgatishda quyidagi ketma- ketlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Yuqoridan to‘g‘ridan maqsadli to‘pni o‘yinga kiritish.
Yuqoridan to‘g‘ridan rejali to‘pni o‘yinga kiritish.
Sakrab kuch bilan to‘pni o‘yinga kiritish.
Hujum va yuqoridan to‘pni o‘yinga kiritishni bajarishda harakatlar tuzilmasidagi asosiy farq zarba beruvchining bilagi (rejali uzatishda bilak harakati kuzatilmaydi) va hujumchi amplitudasi kattaligidadir. To‘pni o‘yinga kiritishda harakat kaltaroq bo‘ladi, hujumdan so‘ng darhol to‘xtaydi. Bu holatni mashg‘ulotlar boshidanoq hisobga olish zarur. Shuningdek, uzatilgan qo‘l balandligida devorga ilingan voleybol to‘piga
(devorga teginib) hujum qilishni taklif qilish mumkin. Qo‘l kafti bilan shunday qisqa zarba berish kerakki, to‘p qo‘l harakati ortga qaytgandayoq qaytishi kerak. Rejali to‘pni o‘yinga kiritish texnikasiga qo‘yilgan talablar 34-rasmda berilgan “tayanch model”da keltirilgan.
Yangi kelgan o‘quvchilar mushaklari o‘sib borishi va ko‘nikma barqarorligi oshishi bilan hujumdan so‘ng qo‘lni to‘xtashishni o‘rgatish va to‘pning “tushishi” effektiga erishishni o‘rgatishga o‘tish mumkin. Ushbu to‘plarning aksariyati o‘yinchilarning katta kuch bilan zarba beradigan mushaklarini zo‘riqtirishga majbur qiladi. Mushak sinergiyasi o‘tishi samarasi darhol ko‘rinadi: voleybol to‘pi tezroq uchadi va uni boshqarish osonlashadi.
Mashg‘ulotlarda mashqlarni bajarishni kuchaytirish uchun zal bo‘ylab tortilgan voleybol to‘riga to‘p uloqtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘pni o‘yinga kiritishda ishtirok etadigan mushaklar kuchini oshirishda deyarli har bir mashg‘ulotda alohida vaqt va diqqat talab qiladi, bu esa o‘rgatish jarayonini ancha tezlashtiradi.
Yuqoridan to‘pni o‘yinga kiritishni bevosita o‘rgatishda o‘quvchilar avvalambor turli to‘plarni bir va ikki qo‘lda yuqoridan uzatishni o‘rganishi kerak. Kuch bilan uzatishni nafaqat hujumni o‘rganish ko‘nikmalarini o‘rgangach qo‘llash kerak. To‘pni o‘yinga kiritishni o‘rgartishda asosiy vazifalarni turli vaqtli qismlarga ajratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |