O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Kasbga o‘rgatish tamoyillari



Download 3,65 Mb.
bet4/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Kasbga o‘rgatish tamoyillari




Murabbiylik kasbini o‘rgatib bo‘lmaydi, Ushbu kasbda faqat o‘rganish mumkin!


(Xalq maqoli)

Jadal o‘zgarib borayotgan jamiyat oliy o‘quv yurti bitiruvchilariga katta talablar qo‘ymoqda. Jamiyatda zamonaviy hayot sharoitlarida faoliyat yurita oladigan, yuqori kasbiy layoqatga ega mutaxassislarga talab kuchaymoqda. Bozor munosabatlari mutaxassislar orasidagi raqobatni kuchaytirmoqda. Sportchi muvaffaqiyatga erishish va hayotda o‘z o‘rnini topish uchun o‘z ishining ustasi bo‘lishi lozim. Biroq raqobat mahoratni egallashning yagona rag‘bati bo‘lmasligi kerak. Bunda kasbga, ijodiyotga, o‘z-o‘zini rivojlantirish va namoyon etishga qiziqish muhimroqdir. Oliy o‘quv yurtida tanlangan kasb bo‘yicha mahoratga erishishning eng muhim dastlabki bosqichi bo‘lib, zaruriy kompetensiyalarni egallash kasbiy o‘sishning asosi hisoblanadi.


Talabalarni o‘qitishda yuqori samaradorlikka erishish uchun bir qator umumiy qonuniyatlardan foydalanish zarur. Ularni, muayyan darajada, tamoyillar sifatida belgilash mumkin. Ular pedagogikaning umumiy didaktik tamoyillari bilan birgalikda kasbni egallashda yuksak natijalarni ta’minlaydi. Ularning har biri mahoratning muhim layoqatlarini shakllantiradi.

  1. Muammoli o‘qitish tamoyili. Talabalar tomonidan oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilangan ko‘plab layoqatlarni egallash vazifasini belgilaydi. Uning mohiyati keng ma’noda o‘quv dasturi mavzulari bo‘yicha mavjud materialni o‘rganishni taqozo etadi.

Bugungi chegara insonning haqiqatga, mavjud ziddiyatlarni aniqlashga yaqinlashuvida, farazlarni, turli nuqtai nazarlarni baholashda, hali o‘rganilmagan yo‘nalishlarni aniqlashda ko‘rinib, aynan bilish muammosini tashkil etadi. Ularning hal etilmaganligi, bir tomondan, voleybol nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonlarini cheklaydi, ikkinchi tomondan esa, haqiqatni izlovchilarga bilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Mavjud bilimlardagi muammolarni aniq ko‘rsatib berish muammoli o‘qitishning mohiyatini tashkil etadi. Bunda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar mazmuni bilan cheklanib qolish mumkin emas. Boshqa ilmiy va uslubiy adabiyotlarni ham o‘rganish, turli yo‘nalishdagi mutaxassislarning ma’ruzalarini, olimlarning anjumanlardagi ma’ruzalarini ham eshitish lozim. Darslarni olib boruvchi o‘qituvchilar talabalarga katta yordam ko‘rsatishlari mumkin. Talabaning bilim olishga, mutaxassislik layoqatini egallashga intilishi belgilovchi holat hisoblanadi.
Zamonaviy voleybol nazariyasi va uslubiyati muammolarini tushunish, yosh mutaxassislarga mavjud bilimlarni obyektiv baholash, ularning kasbiy mahoratni takomillashtirishning samarali yo‘llarini izlashlari va shu jumladan, ushbu muammolarni hal etish jarayonida yangi yo‘llarni topishga imkon beradi.
Tor ma’noda esa materialning bir qismini, ayniqsa, nazariy qismini o‘zlashtirishda muammoli o‘qitish uslubidan foydalanish mumkin. Mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi yordamida ko‘pgina o‘quv vazifalarini hal etishga urinish natijasi ko‘proq tushunarli, samarali bo‘lishi mumkin.


  1. Download 3,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish