O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Diagonal hujumchi-flegmatik



Download 3,65 Mb.
bet201/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Diagonal hujumchi-flegmatik. Jamoaning o‘yinini birinchi model bo‘yicha tashkil etilishi flegmatikning qiyin qo‘shilishi sababli, unchalik yaxshi variant emas, bu tez o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida uning kechikishiga olib keladi. Vaqt yetishmasligi sababli flegmatik qaror qabul qilishda ko‘pincha xato qiladi. Standart vaziyatlarda ancha barqaror, biroq oldindan bilish mumkin bo‘lgan darajada harakat qiladi. O‘ng qo‘llilar uchun to‘rning o‘ng chekkasida, ayniqsa, maydonchaning ancha ichkarisidan to‘p sifatsiz yetkazib berilgan holatlarda o‘ynash noqulay. Bu yerda epchillik, mulohazakorlik, nostandartlik, murakkab o‘yin vaziyatlaridan “chiqib keta olishlik” qobiliyati kabilar talab etiladi

  • buni flegmatik sekinlashgan o‘yinchi bajara olmaydi. Diagonal hujumchining chapaqayligi hujumni yengillashtiradi, bu flegmatikka (vaziyatni “geometrik” soddalashtirishi sababli) yordam bo‘lishi mumkin.

Diagonal hujumchi o‘yin taktikasining ikkinchi modeli uchun esa, vazifalarning tor doiradaligi sababli, flegmatik boshqalardan ko‘ra ko‘proq mos keladi. U flegmatikka xos, ishonchli darajada psixologik murakkab va stressli vaziyatlarda yaxshi harakat qiladi, oldingi qatorda o‘yinni yaxshi yakunlovchiga va orqa qatorda jamoaning tayanchiga aylanadi. O‘z tarkibida diagonal hujumchilar rolida flegmatiklar bo‘lgan jamoalar o‘yin taktikasini shunday tuzishlari lozimki, ular murakkab vaziyatlarga tushmagan holda ikkinchi tempda hujum qila olsinlar.
Diagonal o‘yinchi-xolerik. Ushbu vazifaga xolerik flegmatik va sangvinikka qaraganda, kamroq mos keladi. Tez o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlariga moslashishda bunday hujumchining harakati yomon bo‘lmaydi. U tezkor, energiyali, hujumdan himoyaga va teskarisiga oson o‘tadi. Kombinatsiyalarda faol qatnashadi, bunday hollarda uning
hujumchilari, guruhsiz hujumlardagidan ko‘ra kamroq samarali bo‘ladi. Mas’uliyat kamroq bo‘lgan birinchi tempda hujum qilishni yaxshi ko‘radi.
Kamchliklariga esa shuni ko‘rsatish mumkinki, xoleriklar stresli va har qanday psixologik zo‘riqishli vaziyatlarda, ayniqsa, oshirishlarni qabul qilish va yuqoridan uzatilgan holdagi hujumlarda ko‘proq xato qiladilar. Agar jamoada “o‘yin yaxshi ketayotgan” bo‘lsa, yaxshi o‘ynaydilar, bu ularni noqulay stresli harakatlardan xalos etadi.
O‘yin taktikasining ikkinchi modeli uchun xoleriklar to‘g‘ri kelmaydi. Ularning o‘yini asosan ikkinchi tempda va baland hamda to‘rdan uzoqdagi uzatishlardan iborat bo‘lib qolganligi sababli xoleriklar psixologik barqarorligi yetarli emasligidan, ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Ikkinchi tempda hujum qilish uchun harakatchan va hissiyotli xolerikka ko‘proq tezkor uzatishlar mos keladi, bunda u o‘ziga xos entuziyazmga, qat’iylik va qaror qabul qilish tezligi to‘liq darajada namoyon etishi mumkin bo‘ladi. Iroda sifatlari yuqori darajada rivojlangan xolerik, agarda jamoa tez o‘yin taktikasiga amal qilsa, ancha muvaffaqiyatli o‘ynaydi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish