Diagonal hujumchining vazifalari
Diagonal hujumchi vazifasidagi o‘yinchilarga qo‘yiladigan talablar:
To‘r chetida, ayniqsa, o‘ng tomonda – 2 zonadagi hujumlarda samarali o‘ynash.
Ikkinchi tempdagi guruhli hujum harakatlarida faol qatnashish.
To‘rning o‘ng chekkasida ikkinchi qatordan “o‘ynalishi kerak” bo‘lgan to‘plarni o‘ynash mahorati.
Qabul qilish murakkab bo‘lgan kuchli oshirishlarni bajara olish mahorati.
Zaruriyat bo‘lganda oshirishlarni qabul qilishda ishtirok etish va bog‘lovchi bajara olmagan hollarda (1-modeldagi jamoaning o‘yinida), zarba uchun uzatishni bajara olish mahorati.
Diagonal hujumchining o‘yin vazifasi xarakteristikasi.
Keyingi yillarda o‘yinning rivojlanishida diagonal hujumchi vazifalarining sezilarli evolutsiyasi yuz berdi. Dastlab hujumni kuchaytirish maqsadida ushbu rolga, odatda, baland bo‘yli va hujumkor ikkinchi bog‘lovchi chiqdi. Keyinchalik raqib jamoasining asosiy o‘yinchilari hujumlariga qarshi turish uchun baland to‘siqqa ehtiyojning o‘sib borishi diagonal bo‘yicha bog‘lovchi o‘yinchi bilan birga “sof”
hujumchini ham joylashtirishga majbur qildi. Bu tarkibni 5-1 sxemasi bo‘yicha jamlash tamoyiliga o‘tishni anglatadi. Hujum va to‘rning o‘ng chekkasidan baland to‘siqdan tashqari diagonal hujumchidan yaxshi umumiy o‘yin, oshirishlarni qabul qilish mahorati va bog‘lovchilar bajara olmagan hollarda zarbaga ikkinchi uzatishni tashkil qilish ham talab etiladi.
Asosan ikkinchi hujum talab etilganligidan, diagonal hujumchi roliga odatda 4-zonadagi o‘yinchilar bilan raqobatga dosh berolmagan o‘yinchilar tushadi. Ikkinchi tempdagi hujumchining oshirishlarini qabul qilish, odatda, birinchi tempdagi o‘yinchilarnikidan ko‘ra ishonchliroq, shuning uchun, ulardan oshirishlarni qabul qilishda foydalanadilar. Shuningdek, Ushbu vazifadagi o‘yinchilarga moyil bo‘ladilar, biroq jamoadagi sherigi 4-zona hujumchisi harakatlaridan o‘z to‘siqchisini chalg‘itgan holda, asosan, ikkinchi temp bilan hujum qiladilar.
Ushbu rolga kuchli va harakatchan asab tizimiga ega, o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida turli darajadagi harakatlarni bajarishda tez qo‘shilib keta oladigan, hujum yakunlanishida shiddat bilan harakat qiladigan, oshirishlarni ishonchli qabul qiluvchi va barqaror oshirishlarni bajara oluvchi hujumchilarni tanlab olishga harakat qiladilar. Shuningdek, yana bog‘lovchi o‘yinchiga dalda bo‘la olishi, ba’zida, bog‘lovchi turli sabablarga ko‘ra bajara olmagan hollarda, zarbaga uzatishni ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Diagonal hujumchining ushbu o‘yin modelini 1 raqami bilan belgilaymiz, buni o‘yinchilarni tegishlicha tanlash imkoniga ega bo‘lgan, turli darajadagi jamoalar tobora kamroq qo‘llamoqda.
Tajribalar natijasida shu narsa oydinlashdiki, bog‘lovchi o‘yinchi joylashuv bo‘yicha oldingi qatorga qo‘yilgan hollardagi vaziyatlarda jamoada hujumkor quvvat yetishmayotganligi isbotlandi. Bundan chiqish yo‘lini quyidagicha belgilash mumkin. Diagonal hujumchining o‘rniga odatda ikkinchi tempdagi kuchli zarbali hujumchilardan bo‘lgan eng baland bo‘yli o‘yinchidan foydalana boshladilar. Unga boshqa hujumchilarga qaraganda, ikkinchi zonaning ikkinchi qatoridan hujum qilish, shuningdek, raqib jamoasining 4-zonasidagi o‘yinchilarga qarshi to‘siqda turish ancha oson bo‘ladi. Diagonal hujumchining ikkinchi qatordan hujumga faol va tez-tez qo‘shilib turishi, bog‘lovchi joylashuv bo‘yicha oldingi 2-, 3- va 4- zonalarda o‘ynagan hollarda, jamoaning hujum muammosini ma’lum darajada hal etdi.
Bunday yuklanishda hujum qilishda diagonal hujumchining oshirishlarni qabul qilishdan ozod etadilar. Oshirishlarni qabul qilishni
uchta o‘yinchi: libero va ikkita eng barqaror o‘yinni yakunlovchilar amalga oshiradilar. Jahonning eng kuchli, shu jumladan, ayollar jamoalarida ham, amalda diagonal hujumchisi asosiy hujumkor, jamoaning og‘ir arteriyasiga aylangan.
2- va 1-zonalarda kuchli hujum (ikkinchi qatordan) tajovuzkor oshirishlar, ba’zida himoyada ham o‘ynash, bular oxirgi vaqtlarda diagonal o‘yinchining vazifasiga kiritildi. O‘yinchilarni tanlash va o‘yin taktikasining ushbu modelini 2 raqami bilan belgilaymiz. Hozirda buni ko‘pchilik, ayniqsa, yuqori malakali jamoalar qo‘llamoqda.
To‘rning o‘ng chekkasida chap qo‘li kuchli hujumchilar o‘ynashi qulay, shuning uchun ayrim jamoalarda, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, chap qo‘li kuchli diagonal o‘yinchilarga afzallik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |