Tanaffuslar. Partiyalar oralig‘idagi tanaffuslar 3 daqiqa vaqtni tashkil etadi. Shu vaqt ichida maydon almashinish va maydonda o‘yinchilarninig joylashish tartibi bayonnomaga yoziladi. Tashkilotchiarning iltimosiga
ko‘ra, 2- va 3-partiyalar oralig‘idagi tanaffus mutasaddi shaxs tomonidan 10 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin.
Maydonalmashish. Har bir partiyadan so‘ng jamoalar maydon almashadilar. Hal qiluvchi V partiya bundan istisno. Jamoaning zahiradagi o‘yinchilar ular ajratilgan tomonlarni almashadilar. Hal qiluvchi partiya jamoalardan biri
8 ochko to‘planganda jamoalar o‘yin vaqtini cho‘zmasdan darhol maydon almashishlari lozim. O‘yinchilarning joylashishi qanday bo‘lsa shunday saqlab qolinadi. Agar maydon almashish o‘z vaqtida (8 ochko) bajarilmay qolsa, ushbu xato aniqlangan zahoti bartaraf etiladi (maydon almashiniladi), lekin hisob qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi.
“Libero” o‘yinchisi “Libero” o‘yinchisi haqida.
“Libero”nitayinlash. Har bir jamoa o‘z tarkibidagi 14 o‘yinchi ichida 2 ta himoyada o‘ynovchi “libero” o‘yinchisini kiritish mumkin. “Libero” o‘yin bayonnomasida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart va birinchi partiyadagi joylashishida raqami ko‘rsatilishi kerak. “Libero” jamoa sardori yoki o‘yinda sardor sifatida o‘ynashi mumkin emas.
“Libero”ningkiyimi.“Libero”ning kiyimi boshqa o‘yinchilarnikidan ranggi yoki shakli bilan (yoki maxsus xalat) tubdan ajralib turishi shart. “Libero”ning kiyimi (futbolkasi) boshqa o‘yinchilar kiyimi kabi raqamlangan bo‘lishi lozim.
“Libero” faoliyati tavsifi.
“Libero”ningo‘yinharakati. “Libero” orqa zonadagi xohlagan o‘yinchining o‘rniga tushib o‘ynashi mumkin. “Libero” faqat orqa chiziqda himoyada o‘ynaydi, unga umuman hujum zarbasini berish (agar to‘p to‘r sathidan balandda bo‘lsa) taqiqlanadi. “Libero” to‘p kiritishda to‘siq qo‘yishda ishtirok etishi mumkin emas. “Libero” ishtirokida uzatilgan to‘p oldingi zonaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu to‘pni to‘rdan yuqori holatda hujumda qo‘llash mumkin emas. Agar shu vaziyat orqa chiziq zonalarida ro‘y bersa bunday holda “Libero” uzatgan to‘pni hujum zarbasida qo‘llash mumkin.
“Libero”ningo‘yinchio‘rnigaalmashtirilishi. “Libero”ni almashtirish chegaralanmaydi, uning almashtirilishi qoidadagi almashtirish hisobiga kiritilmaydi. Lekin “Libero”ni almashtirishda kamida bir to‘p o‘ynalishi kerak. “Libero” bilan
almashgan o‘yinchi faqat uning o‘zini o‘rniga tushishi mumkin. “Libero”ning o‘yinga tushishi to‘p kiritishga hushtak chalinishidan oldin ham o‘z ifodasini topishi mumkin:
har bir partiya oldidan 2-hakam o‘yinchilarning maydonda joylashishini nazoratdan o‘tkazganidan so‘ng; yoki
to‘p maydondan “tashqari”da bo‘lganida.
To‘p kiritishga hushtak chalinganidan so‘ng, lekin to‘pni kiritishdan oldin “libero”ning o‘yinga tushishi bekor qilinmaydi, ammo to‘p o‘ynalgandan keyin og‘zaki tanbeh beriladi. Agar shunday holat qaytarilsa, unda bu vaziyat jazo berish uchun asos bo‘ladi. “Libero” va almashadigan o‘yinchilarning maydonga kirish chiqishi o‘z jamoasining o‘rindig‘i oldidan hujum chizig‘ining yon chizig‘i bilan kesishgan joyidan amalga oshiriladi.
Yangi“Libero”niqaytaro‘yxatgaolish. Ilk bor ro‘yxatga olingan “Libero” jarohat olsa, birinchi hakamning ruxsati bilan murabbiy o‘z jamoasi tarkibidagi hali maydonga chiqmagan biror o‘yinchisi yangi “Libero” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Jarohatlangan “Libero” ushbu o‘yin davomida qayta maydonga chiqish huquqiga ega emas.
Yangi “Libero” o‘yin oxirigacha “Libero” funksiyasini ijro etishi shart. Yangi “Libero”ning o‘yin raqami tanbehlar ustunida qayd etilishi va navbatdagi partiyaning maydonda joylashish varaqasiga yozilishi kerak.