O‘yinni cho‘zish.
O‘yinni cho‘zishning turlari.
Jamoaning o‘yinni cho‘zish bilan bog‘liq bo‘lgan harakati quyidagi vaziyatlar bilan ifodalanadi:
o‘yinchini almashtirish vaqtini cho‘zish;
talab qilib olingan taym-aut va “texnik taym-aut” tanaffuslarning belgilangan vaqtini cho‘zish;
o‘yinchini almashtirish uchun qilingan noto‘g‘ri talab;
shu noto‘g‘ri talabni bir partiyada qaytarish;
o‘yinchining o‘yinni davom etirishini cho‘zishi.
O‘yinning davom etishi. O‘yinchini almatirish va barcha tanaffuslar vaqtini cho‘zishda qo‘llaniladigan tanbeh-jazolar. “Cho‘zish” uchun “ogohlantirish” yoki “tanbeh” jamoaga qaratilgan (qo‘llaniladigan) jazo bo‘lib hisoblanadi. O‘yinni cho‘zganligi uchun berilgan jazo uchrashuv oxirigacha o‘z kuchini saqlaydi. O‘yinni cho‘zilganligi uchun berilgan
barcha jazolar (shu jumladan, “ogohlantirish” ham) bayonnomaga yoziladi.
Partiyada birinchi bor “cho‘zish”, “ogohlantirish” bilan cheklanadi. Bir uchrashuv davomida qayta yoki bir necha “cho‘zish” (istalgan o‘yinchi ishtirokida), qoidani buzgan jamoa “dakki” berilishi va o‘yin vaziyati mag‘lubiyat bilan tugaydi.
O‘yin davomida istisno tariqasida beriladigan tanaffuslar.
O‘yinchining jarohatlanishi.
Agar maydonda jiddiy jarohatlanish – baxtsiz hodisa ro‘y bersa, bu holda hakam darhol o‘yinni to‘xtatib, maydonga shifokorlarni taklif qilishi lozim. Bunday hollarda to‘p qayta o‘ynaladi. Agar jarohatlangan o‘yinchini qoidaga asosan yoki istisno tariqasida almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shu o‘yinchi tiklanishi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Lekin bu imkoniyat shu o‘yinchi uchun bir o‘yin davomida bir martadan ortiq berilmaydi. Agar mazkur o‘yinchi tiklana olmasa, jamoa to‘liq tartibga ega emas deb e’lon qilinadi.
O‘yin jarayoniga tashqi ta’sir.
O‘yin jarayoniga tashqaridan ta’sir ko‘rsatilsa va o‘yinni to‘xtalishi yuz bersa, o‘yin vaziyati yana qaytadan tiklanadi.
Uzoq muddatli tanaffus.
Agar kutilmagan vaziyat o‘yinning to‘xtatilishiga olib kelsa, birinchi hakam tashkilotchi va nazorat vakili (agar bo‘lsa) o‘yinni tiklash hamda barcha zarur sharoitlarni ta’minlash chorasini ko‘rishlari kerak. Agar o‘yin davomidagi bunday to‘xtalishlar bir necha bor ro‘y bersa, to‘xta- lishlar vaqti jami 4 soatdan oshmasa, bu holda o‘yin shu maydonning o‘zida tiklansa, bu holda to‘xtalgan partiya odatdagidek to‘plangan ochkolar, o‘yinda ishtirok etgan o‘yinchilar joylashishi va tanaffusgacha bo‘lgan joylashish saqlangan holda davom ettiriladi. Avvalgi partiyalardagi ochkolar ham qanday bo‘lsa, shunday saqlanadi.
Agar o‘yin boshqa maydonga ko‘chirilgan bo‘lsa, bu to‘xtatilgan partiya bekor qilinadi, lekin avvalgi o‘yinchilar tarkibi va o‘yinchilarning joylashishi saqlab qolinadi. O‘ynalgan oldingi partiyalar va ularda to‘plangan ochkolar saqlab qolinadi. Agar o‘yin davomidagi to‘xtalishlar vaqti 4 soatdan oshib ketsa, o‘yin to‘liq holda qayta o‘ynalishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |