Bog'liq 013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Tanaffuslar va to‘xtalishlar O‘yindagi tanaffuslar.
O‘yindagi tanaffuslar TAYM-AUT va o‘yinchilarni almashtirishga ketgan vaqtlardan iborat.
O‘yindagitanaffuslarsoni. O‘yindagi tanaffuslar soni ikkita taym-aut va har partiya 6 tagacha o‘yinchi almashtirishga ketadigan vaqtdan iborat.
Tanaffusnitalabqilish. Tanaffuslar faqat murabbiy yoki jamoa sardori tomonidan talab qilinishi mumkin. Talab qilingan tanaffus to‘p o‘yindan chiqqanda yoki to‘pni o‘yinga kiritishdan avval beriladi. O‘yinchini almashtirish haqidagi talab partya boshlanishidan avval ham qondiriladi.
Tanaffuslarningketma-ketligi. Bir vaqtning o‘zida 2 ta taym-aut va bir o‘yinchini almashtirish haqidagi talab ketma-ket o‘yinni tiklanmasdan qondirilishi mumkin. Bir tanaffus davomida ikki yoki undan ko‘p o‘yinchi almashtirilishi mumkin.
Taym-autlarvatexniktaym-autlar. Taym-aut (tanaffus) 30 soniya davom etadi. FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida taym-autlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
I-IV partiyalarda 2 ta 60 soniyali “texnik taym-aut”lar beriladi. Bu tanaffuslar jamoalardan biri 8 va 16 ochko to‘plaganda avtomatik ravishda beriladi. Hal qiluvchi (V-partiya) partiyada “texnik taym-aut”lar berilmaydi. Bu partiyada har bir jamoa 2 ta 30 soniyali tanaffus talab qilishi mumkin. Ikki to‘pdagi “taym-aut” tanaffuslari vaqtida jamoalar o‘yinchilari o‘rindiqlarida bo‘lishlari kerak.
O‘yinchialmashtirish. O‘yinchini almashtirish maxsus belgilangan joyda amalga oshirilishi
kerak. O‘yinchini almashtirishga ajratiladigan vaqt jarayonni o‘yin bayonnomasiga yozish, zahiradagi o‘yinchining maydonga kirishi va maydondagi o‘yinchining o‘yindan chiqishiga ketgan vaqt bilan o‘lchanadi. O‘yinchini almashtirish to‘g‘risidagi talab vaqtida maydonga kiruvchi o‘yinchi tayyor bo‘lishi va murabbiyning oldida bo‘lishi kerak. Agar ushbu shartlarga rioya qilinmasa, o‘yinchini almashtirish bekor qilinadi, jamoa esa o‘yinni cho‘zgani uchun jazolanadi.
FIVB jahon miqyosidagi musobaqalarida o‘yinchini almashtirish jarayonini osonlashtirish maqsadida o‘yinchilar raqamlari yozilgan dastak-taxtachalardan foydalaniladi. Agar murabbiy bittadan ortiq o‘yinchini almashtirish istagini bildirsa, u almashtiradigan o‘yinchilar sonini ko‘rsatishi lozim. Bu holda o‘yinchilarni almashtirish navbatma- navbat amalga oshiriladi.
Murabbiyningnoto‘g‘ritalablari:
tanaffuslarni noto‘g‘ri talab qilish.
To‘p kiritish uchun hakam tomomudan hushtak chalingan vaqtda yoki chalingandan so‘ng tanaffus olishga ruxsat berilmaydi. Tanaffus olish huquqi yo‘q o‘yinchi tanaffusni talab qilishga haqli emas. Qoida bo‘yicha belgilangan taym-autlar va o‘yinchilarni almashtirish imkoniyati bo‘lmaganda, ularni talab qilish. Barcha noto‘g‘ri talab (tanaffus yoki o‘yinchini almashtirish bo‘yicha) o‘yinning cho‘zilishiga olib kelmasa yoki o‘yin jarayoniga salbiy ta’sir etmasa ham bu talab hakam tomonidan qondirilmaydi. Bu vaziyat jazolanmaydi. Lekin ushbu vaziyat bir partiyaning o‘zida yana qaytarilsa, jamoa jazolanadi.