82
1. Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi, manbalari.
Yunoniston geografik
jihatdan
3 qismga bo’linadi: Fessaliya va Epir, shimolda Moli
va Pagasey ko’rfazlari, janubdan Korinf va Saronika bilan cheklangan, markaziy qismi Peloponnes
yarim orolidan iborat janubga bo’linadi. Shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog’lari zanjiri
ajratib turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib kelgan.
Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo’ldi. Uning janubidagi Sperxa daryosi
vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq
Kolxidaga oltin mo’yna uchun jo’nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas dub daraxtining
barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir yunon madaniyatiga aloqasi bo’lmagan
yovvoyi
o’lka bo’lib, uni markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir
qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog’lab turgan.
Fessaliya barcha tomondan tog’lar bilan o’ralgan bo’lib, bu yerda ikki tekislikni Fessaliyalik
bosqinchilar ishg’ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qisman
ularni vodiydan tog’larga siqib chiqarganlar. Fessaliya g’arbiy qismida g’alla va chorvachilik
rivojlangan. U yerda qulay qirg’oq va qo’ltiqlar yo’q. Shimoliy Yunonistonni markaziy
Yunonistondan dengiz va Oyta tog’lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi.
Markaziy Yunonistonda kam sonli tog’lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi qirg’og’ida
Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Er. avv. V asrda
afinaliklar uchun lokrlar
qoloqlikning namunasi bo’lgan.
Parnas (2450 m) va Kifris tog’larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo’lgan.
Markaziy Yunoniston yo’lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo’lgan. Delfa qadimgi
Elladaning diniy markazi vazifasini o’tagan. Parnasdan shimolda Yunonistonning eng kichik
viloyati – Dorida (185 kv.km) bo’lgan, aftidan doriylar shu yerdan kelib chiqqanlar.
Fokidadan g’arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan tog’li va ozroq
unumdor vodiyga ega bo’lgan Etoliya viloyati joylashgan.
Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo’ltig’igacha bo’lgan hudud Akarnaniyada illiriya
qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km. hududni egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz
bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo’lgan Beotiyada g’allachilik, chorvachilik
va baliqchilik kuchli
rivojlangan.
Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog’lari o’rab turadi. yunonistonnig markazida
tuprog’i dehqonchilikka noqulay bo’lgan Attika viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis
bo’lsa-da, ammo marmar, loy, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo’lgan.
Afinaning dengiz yo’lini Salamin oroli to’sib turadi. Salamin uchun Afina Megara va Egina
bilan uzoq urush olib borgan, faqat Eginaning bo’ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga yo’l
ochdi. Korinf va Saronik qo’ltiqlari orasidagi tog’lik hududda Megara shahri joylashgan. Korinf
qo’ltig’idan so’ng Peleponnes yarim oroliga o’tish mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi
turadi.
Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g’arbida joylashgan. Bu viloyatlarda g’alla
ekilgan. Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan bo’lib,
Alfey va Kladey daryolari
qo’shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan olimpiada joylashgan.
Ellidadan shimolda Axeya viloyati turadi.
Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16 c ni tashkil etadi. Landshafti qadimda
hozirgidan farq qilgan. Qalin o’rmonlar ko’p bo’lib, tuproq hozirgidek toshloq bo’lgan. Faqat
ozgina yer unumdor bo’lgan. Er. avv. VI asrgacha faqat bug’doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum
va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan.
Yunonistonda oltin yo’q. Mis juda ko’p. Xalqida shahrining nomi ham “mis” degan ma’noni
bildiradi. Bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyada sifati past temir, Tasos va Sifnos
orollaridan er. avv. VIII-VI asrlardan kumush qazib olingan.
Er. avv.VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu konlardan olingan daromad er. avv V
asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchilik rolini o’ynashga imkon berdi.
83
Afinada tog’-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m. ga
yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori darajada bo’lgan. Kulolchilikda yunonlar
haqiqiy san’atkor bo’lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo’l-ko’l bo’lgan.
Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-yo’g’i 10 km masofada joylashgan. Mashhur Parfenon
va Propiley pentelikon marmaridan bunyod etilgan.
Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar ko’pligi va yaxshi
saqlanib qolganligi bilan
boshqa hududlar tarixidan farq qiladi. Yunoniston tarixi manbashunosligida qadimgi tarixchilarning
asarlari muhim o’rin tutadi. Er. avv. VI-V asrlarda tarix fani gullab yashnagan davridir. Bu davr
tarixchiligini g’arb olimlari “Aholida polislar tarixi” deb atashadi. Bu davrdagi ko’zga ko’ringan
tarixchilardan: Gerodot, Fukidid va Ksenofontni olish mumkin.
Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishlaridan so’ng Yunoniston tarixida yangi tarix
maktabi – Arastu maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan asari Arastuning “Politiya”
asaridir. Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo’lib, yunon polislari, O’rta Yer
dengizi qirg’oqlaridagi yunon koloniyalari haqida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko’p
bo’limlardan iborat bo’lsa-da, uning faqat bizgacha “Afina politsiyasi” qismi yetib kelgan.
Ellin davriga kelib yunon jamiyatidagi keskin o’zgarishlar, katta davlatlarning vujudga
kelishi bilan umumiy tarixga asos solindi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan tarixchilaridan biri
Timey bo’lib, u o’zining
asarida Bolqon Yunonistoni, g’arbiy yunon mustamlakalari haqida muhim
ma’lumotlar beradi.
Qadimgi yunon tarixi bo’yicha eng muhim manbalardan biri arxeologik topilmalar
hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yunonistoni va Egey dengizi orollaridagi qadimgi ibodatxonalar,
saroylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit orolida ingliz arxeologi E. Evans 40
yildan ko’proq vaqt Knoss saroyini qazib ochdi. Kichik Osiyoda nemis arxeologi G. Shlimanning
Troya xarobalarini qazib ochishi qimmatli ma’lumotlarni berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: