222
Shu mavzuga yaqin «Bobil teodisiyasi: (so’zma-
so’z tarjimasi, «xudoni oqlash») poemasi er.avv. IX
asrda paydo bo’lgan. Uning muallifi podsho saroyida
koxin bo’lib xizmat qilgan, Esagil kuni-Ubbib nomli
kishi bo’lgan. Asarda bobilliklarning qiziqtirgan
diniy-falsafiy g`oyalar o’z aksini topgan. Er.avv X
asrga oid «Qul menga bo’ysun» asari hayotga
umidsizlik ruhida yozilgan. U xo`jayinning o’z qo’li
bilan dialogi tarzida yozilgan.
Katta badiiy qiymatga ega bo’lgan Osuriya
annallari osur jangchilari bo’lgan begona davlatlar
tabiati to’g`risida ritmik tilda yozilgan.
Eng mashhur
Osuri asari bu Osuriya podsholarining dono kotibi va
maslahatchisi Axikar to’grisidagi qissadir. Kissa
to`liqroq holda suriya tilida saqlanib qolgan.
Din
Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida
din hukmron o’rin egallagan. Er.avv. IV-III ming
yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab
chiqilgan, keyinchalik Bobilda o’zlashtirilib,
rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi.
Har bir
shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan.
Bundan tashqari, umumshumer shaharlari sig`ingan
xudolar bo’lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi
Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat
stixiyasi kuchlarini aks ettirganlar. Ko’pincha ular
koinot jismiga o`xshatilgan. Har bir xudoga alohida
223
vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar
asoschisi hamda
motiga va omoch kashfiyotchisi,
quyosh xudosi Utu (Akkad mifologiyasida Shamash),
Oy xudosi Ninnar, Enlilning o’g`li sevgi va
hosildorlik xudosi Innana (Bobil va Osuriya
panteonida Ishtar) abadiy hayot, tabiat xudosi
Dumuzi (Bobilda-Tammuz) keng tarqalgan.
Urush xudosi kasallik va o’lim xudosi Nergal
(Marsen) sayyorasiga o`xshatilgan. Bobil bosh xudosi
Marduk – Yupiter bilan Nabu (Mardukning o’g`li)
donolik, yozuv va hisob
xudosi Merkuriy sayyorasiga
o`xshatilgan.
Xudolardan tashqari, ko’p sonli ezgulik devlariga
sig`inilgan. Turli xil kasalliklar sababchisi bo’lgan
yovuz devlarni rahmdil qilishga harakat qilganlar.
Devlar yarim odam, yarim hayvon tarzida
tasvirlanganlar. Odamlar o’zlarini odam boshli,
qanotli ho`kiz sifatida ifodalaganlar.
Qanotli ulkan
haykallar Osuriya podsholari saroylari kirishini
qo`riqlaganlar.
Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar.
Ularning tasavvurida u dunyo soyalar podsholigi
qaysiki, o’liklar ochlik va chanqoqlikdan
qiynaladilar. Loy, chang bilan ovqatlanadilar. Shuning
uchun marhumlarning
bolalari ularga qurbonlik
keltirishga majburdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: