217
Shumer-Bobil madaniyati
Yozuv. Maktab
Mesopotamiya – jahon sivilizasiyasi va qadimgi
shahar madaniyatining ilk o`choqlaridan biri. Bu
madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar
bo’lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va
osuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar.
Mesopotamiya madaniyatining manbalari er. avv.
IV ming yillikda shaharlar paydo bo’lishi bilan
boshlandi. Uning uzoq yashash
davrida unga xos
ichki birlik, an'analarni merosiyligi, uning
unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi.
Mesopotamiya madaniyatining boshlang`ich
davri
o’ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi.
Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat
Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo’lib
uning barcha jihatlarini birlashtirgan an'analarini
saqlab qolish imkoniyatini berdi.
218
Er.avv. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi
paydo bo’ldi. Taxminlarga ko’ra bu yozuv shumerlar
Mesopotamiyaga kelganga qadar noma'lum xalq
tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni
sivilizasiya xizmatiga qo’ydilar.
Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda
alohida
buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan.
Shunday yozuvdan eramizdan avvalgi III ming
yillikdan boshlab foydalanilgan. Piktografiya juda
sodda bo’lib, haqiqiy yozuv emas edi, u so’zlarni
ifodalamas edi. Sekin-asta u mixxatga aylandi.
Mixxatga 600 belgi bor edi.
Er. avv. XXIV asrda ilk
batafsil yozilgan shumer
matnlari paydo bo’ldi. Akkad tili janubiy
Mesopotamiyada er.avv. III ming yillikning ikkinchi
yarmida paydo bo’ldi.
Shumer va akkad tillari bir-
biridan ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. Er. avv.
III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer–akkad
lug’atlari tuzilgan. Shumer yozuvi keyinchalik
shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari
o’zlashtirib oldilar.
Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga
aylandi. Qadimgi Meosopotamiyada loy mo’l-ko’l
edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy manba bo’lib,
xizmat qildi. Taxtacha loydan
yasalib tuzlardan
kuydirish yo`li bilan tozalangan. Mesopotamiyada
o’rmon bo’lmaganligi sababli, faqat eng muhim
matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari,
219
kutubxonada saqlanishi lozim bo’lgan asarlar)
kuydirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quirtilgan.
Odatda, taxtachalar yetti-to’qqiz sm. uzunlikda
bo’lgan. Yozuvlar ba'zida tosh va metall taxtachaga
ham yozilgan.
Er.avv. I ming yillikda
bobillik va osuriyaliklar
yozuv uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni
ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida
Mesopotamiyada yog`ochdan qilingan uzun
taxtachaga mum
surtib mixxat belgilarini
tushirganlar. Er. avv. VII asrdan boshlab oromiy tili
va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari
o’limga yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: