O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Hammurapi qonunlari, Bobilning ijtimoiy-



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Hammurapi qonunlari, Bobilning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayoti
Amoriylar 
davrida 
Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, 
Hammurapining qonunlar to`plami, uning noib va 
amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar 
orqali ma'lum. 
Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining 
jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu to`plam 
Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini 
ta'minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to`plami kirish, 
qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan 
iborat edi.
Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy 
sug`orishga asoslangan dehqonchilik, bog`dorchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi
savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda
ekin yerlari ko`payadi, bog`dorchilikda xurmo
yetishtirish gullab-yashnaydi, g`alla ekinlaridan, 
moyli o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday 
yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini butun
mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga 
oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni 
ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. Mari 
arxivi hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga 
qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha 


202 
sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash 
majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim 
jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida 
maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, 
sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi
qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo’shnilar yeriga 
suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga 
majbur bo’lgan, agar puli bo’lmasa o’zi va mol-mulki 
qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. 
Podsho «Hammurapi kanali» deb atalmish katta kanal 
qurdirgan. 
Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. 
Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva 
to’grisida eslatiladi. Ko’pincha qoramolni, dala 
ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijraga berilgan. 
Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. 
Qonunda bajarilgan ish uchun qat'iy baho berilgan va 
ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo 
olgan. Hammurapi qonunlar to’plamining 229-
moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga 
uy qurdi va o’z ishini mustahkam qilmadi, u qurgan 
uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo`ydi, bu quruvchi 
o’limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini 
muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning
barmoqlari chopilgan (218-modda).
Savdoning rivojlanishiga
butun 
Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi 
muhim omil bo’ldi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut 


203 
yog`i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport 
qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, qullar va 
zeb-ziynat buyumlari import qilingan.
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – 
tamkarlar shug`ullangan, o’z xizmatlari uchun ular 
yer, bog`, uy olganlar va sudxo’rlik bilan ham
shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik
shaharlar, katta savdo markazlari bo’lgan. Erkin kishi 
«avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning
barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan.
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga 
tushadigan soliqlarni to’lovchisi mayda ishlab 
chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu
sababli ularning huquqlari qonun moddalari bilan 
himoyalangan.
Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo’rlar 
zo’ravonligidan himoya qilgan: sudxo’rga qarz uchun 
hosilni olishi ta'qiqlangan, kumush uchun qarz foizi 
20, g`alla qarzi uchun 33 foiz bilan cheklangan. 
Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz
muomala uchun qat'iy chora o’lim jazosi qo`llangan, 
qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. 
Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari 
«mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini 
bildirgan. Mushkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan
yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan
fuqarolik huquqiga ega bo’lganlar. Ular podsho 
xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli 


204 
olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa,
qoidaga ko’ra pul jarimasi to’langan, erkin kishiga 
nisbatan talion huquqi (ko’z uchun ko’z, tish uchun 
tish) qo`llanilgan. Mushkenumni davolash erkin 
kishiga nisbatan ikki marta arzon bo’lgan. 
Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va 
mulkka egalik qilganlar.
Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar 
(«vardum») bo’lgan. Qullikning manbasi urushlar, 
mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, 
otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a'zolarining 
huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, 
qullikka sotish huquqi, ba'zi jinoyatlari uchun qul 
qilish (misol uchun, asrandi o’g`ilning o’z ota-
onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, 
jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd 
qaragani) va qullarning tabiiy ko’payishi bo’lgan. 
Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega 
bo’lgan, qul uncha katta bo’lmagan mulkka ega 
bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga
mulk vasiyat qilish mumkin bo’lgan.
Bobil oilasi ota va er hukmron bo’lgan
patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh shartnomasi 
asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep 
keltirgan. Xotin o’z sepiga va erining sovg`asiga o’z 
huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng, bolalar 
balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik 
qilgan. Qonunlar ayolning sog`ligini himoya qilgan, 


205 
agar ayol eriga yomon muomala qilsa, va uni mol-
mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga 
xiyonat qilsa, o’lim jazosiga hukm qilingan. Ajralish 
va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona
mulkiga «somondan oltingacha egalik qilish» 
huquqiga o’g`il-qiz ega bo’lgan, ammo o’g`ilga 
ko’proq moyillik bildirilgan.
Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat 
boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik, sud va 
ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer 
zahirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va 
xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati mukammal 
shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda turgan, 
ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari 
mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga 
birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar 
kabi sud xodimlari bo`ysungan.
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, 
chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan 
soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati 
og`ir qurollangan, (redum) yengil janchilardan iborat 
qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari
Hammurapi qonunlar to’plamining 16-moddasida 
belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk 
olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar 
zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan 
qutqarish uchun to’lov belgilangan, jangchi oilasi 
moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni 


206 
sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular 
o’lim jazosiga hukm qilinganlar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish