Qadimgi Bobil podsholigi.
Yangi Bobil podsholigi
Bobilning yuksalishi
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi
kabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi
siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad
davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib
bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya
janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va
Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari
podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida amoriy
hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida)
davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar
bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil
(Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi.
Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi
hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi
Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi.
Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar
shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar
sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga
xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda
199
Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim
bilan birlashib yanchib tashladi.
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi.
Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin
(er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar
barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin
va Larsa unga qaram bo’ladi.
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi
markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki
daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha
sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning
quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda
o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz
bo’lishiga qulay omillar bo’ladi.
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining
oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750
yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono,
uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat,
yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir
tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali
bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu
ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz
kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq
tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi.
Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib
oladi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani
o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil
Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib
200
qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur
va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar.
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida
Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani
birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old
Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy
markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat
tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad
tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga
sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori
Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga
olgan viloyatga bo`ldi.
Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-
1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar
kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq
to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-
yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda
avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind-
yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy
fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan)
Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar.
Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi.
Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga
keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va
Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan
yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan
201
avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I
Bobil sulolasini tugatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |