184
Shumer tarixi u yoki bu markazning siyosiy
yetakchiligiga qarab er. avv. III ming yillikning
birinchi yarmida ilk sulola davrini tashkil qilgan uch
bosqichga bo’lish qabul qilingan.
Bu davrda Kish shahri yuksalib I Kish sulolasi
hukmronlik qiladi. Uning
hokimlari orasida shumer
afsonalari qahramonlaridan biri Etana ko’zga
tashlanadi. Kishining qudrati juda uzoq vaqt xotirada
qolib keyinchalik ko’p hokimlar «Kish lugali»
unvonga ega bo’lishga harakat qilganlar, bu
unvonning egasi lugal-“yetakchi” bo’lgan. Kishning
hokimlaridan biri Etana (er. avv. XXVIII asr)
to`g`risida epik rivoyat shakllanib,
rivoyatda u ilohiy
burgutda o`zi uchun “tug`ilish maysasi”ga ega bo`lish
va voris merosxo`r olish uchun osmonga xudolar
oldiga ko`tariladi hikoya qilinadi.
Kishning zaiflashuvi Urukning yuksalishi bilan
boshlangan.
Er. avv. 2600-yillar atrofida Kish
shahrining podshosi Aggi, Uruk
shahrining podshosi
Gilgamesh (mashhur doston qahramoni) tomonidan
taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni
birlashtiradi. Rivoyatlarga ko’ra u xudoning o’g’li
bo’lib, o’limidan keyin xudo deb ulug’langan.
Ilk sulola davrining uchinchi bosqichida er. avv.
2550-yillar atrofida Urukni yetakchiligi o`rniga
o`zining shaxta sog`onalari bilan ma`lum bo`lgan Ur
sulolasi keladi. Ur shahri janubiy Mesopotamiyada
yetakchilik qila boshlaydi. Ur shahrida podsho
185
hokimiyati kuchayadi, hukmdorlar uchun hashamatli
sog`onalar qurila boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan
ziddiyatlar kuchayib, Ur zaiflashib qo’shni Lagash
shahri kuchayib ketadi. Lagash
deyarli barcha
Shumer shaharlarini bo`ysundiradi, Elam ustidan
g`alaba qiladi. Er. avv. XXIV asrda Lagashda ensi
hokimiyati kuchayadi va u Lagash bosh xudosi
Ningirsunning bosh kohini bo’ladi. Uning hokimiyati
urug’chilik
munosabatlarini yemirilishi, savdo-
hunarmandchilikni rivojlanishi natijasida shahar
aholisini turli tabaqalari tomonidan qo’llab-
quvvatlanadi.
Ibodatxona xo’jaliklariga ham soliq solinadi,
hunarmand, jamoachilardan turli majburiyatlarni
o’tash talab qilinadi. Daromad solig’i ko’payadi.
Lagashda ijtimoiy ziddiyat kuchayadi. Yangi «ensi»
Urukagina ijtimoiy ziddiyatlarni bo`shashtirish
uchun
islohot o’tkazadi. Oliy kohinlar soliqlardan ozod
qilinadi, ibodatxonalarning qaram kishilarga natural
mahsulot to`lovi miqdori oshirilib,
ularning huquqlari
kafolatlanadi. Aholidan olinadigan soliq-to’lovlar bir
qadar kamaytiriladi. Urukagina «Lugal» unvonini
qabul qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagashni
zaiflashtiradi. Lagashning ichki qiyinchiliklaridan
foydalangan Umma shahri podshosi Lugalzagissi er.
avv. XXIV asr oxirida Lagashni bosib olib, butun
Shumerda chorak asr yetakchilik mavqeiga ega
bo’ladi. Umma shahar-davlati hududi O`rtayer
186
dengizidan Fors qo`ltig`igacha (shumercha “Yuqori
dengizdan to quyi dengizgacha”) cho`zilib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: