O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo 
bo’lishi. 
Shumer shahar davlatlari, Shumer-akkad 
davlatlari 
 
Mesopotamiya sivilizatsiyasi
Mesopotamiya (yunoncha-“ikki daryo oralig’i”, 
Dajla va Frot oralig’idagi o’lka) Fors qo’ltig’idan 


180 
Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan 
cheklangan. Hudud Quyi va Yuqori 
Mesopotamiyaga bo’linadi. Quyi Mesopotamiya Old 
Osiyoning eng unumdor qismi, lekin u mineral xom-
ashyo va yog’ochga kambag’al. Keng miqyosdagi 
suniy sug’orish ishlarini amalga oshirilishi tuproqni 
sho’rlanishi va hosilni pasayishiga olib keldi.
Er. avv. XI-VIII ming yilliklarda mezolit davrida 
Dajla va Frot daryolarining vodiylariga qo’shni tog`li 
rayonlarida temirchilik, hayvonlarni, o’simliklarni
ilk madaniylashtirish jarayoni boradi: ilk paxsa
binolar paydo bo’ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-
Shanidar, Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud 
bo’lgan. 
Neolit davrida taraqqiyot sur'ati kuchayadi. 
Zagros vodiysida Jarmo madaniyati manzilgohlari 
paydo bo’ladi. Er. avv VII ming yillik oxiri VI ming 
yillik boshlarida Tel-Satto o’troq manzilgohlari 
shakllanadi. 
Er. avv VI ming yillik o’rtalarida Shimoliy 
Mesopotamiyada Xassun madaniyati rivojlanadi. Er. 
avv. IV ming yillik oxiri-III ming yillik boshlarida 
Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va qalay
mehnat qurollari ishlatila boshlaydi.
Er. avv III ming yillikda Mesopotamiya janubida 
shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o’rta oqimida 
akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam 
qadam tashlaydilar. Yirik shahar markazlari 


181 
Ashshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo bo’ldi. 
Er. avv III ming yillikning birinchi yarmida 
Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar Eredu, 
Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar paydo bo’ladi. 
Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. 
Metallurgiya sanoati birinchi o’ringa chiqib oladi. 
Metall quyish, kovsharlash, payvandlash usullari 
o’zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib 
chiqadi. Jamoada maxsus savdogarlar tamkarlar 
faqat tovar ayirboshlash bilan shug`ullana
boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlandi. 
Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urushlar 
qulchilik manba bo’lgan. Qullar «begona mamlakat
erkagi (ayoli)» degan ideogrammalar mavjud.
Qullar xo’jalikning turli sohalarida ishlatilgan. 
Ibodatxonalarda qul mehnatidan foydalanilgan, 
o’rtacha qullar soni podsho, ibodatxona xo`jaligida 
100-200 tani tashkil qilgan. Xususiy xo’jalikda 1-3 ta, 
podsho xo’jaligida bir necha o’n qul bo’lgan. 
Taxminlarga ko’ra, Lagash davlatida 80-100 ming 
erkin kishiga 30 ming, qul Shuruppakda 30-40 ming 
erkin kishiga 2-3 ming qul to’g`ri kelgan.
Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushga sotilgan.(1 
sikl-8 gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari 
o’z yeri bo’lmagan yoki yeridan ajralgan, boshqa 
jamoalardan kelganlar, kambag`al oilaning kichik 
a'zosi ibodatxonaga bag`ishlangan qaram kishilar 
ko’p bo’lgan. Bu qaram kishilar ibodatxona va 


182 
xususiy xo’jaliklarda qullar qatorida mehnat 
qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining 
hukmron qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu 
qatlamga urug` zodagonlari, oliy kohinlar, ma'muriyat 
vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda ishlab 
chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega
bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy 
jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer 
egaligi ikki qismdan jamoa va ibodatxona yerlaridan
iborat bo’lgan. Ilk sulola davrida er. avv. XXVIII-
XXVII asrlarda shahar-davlat tepasida «En» (janob)-
oliy kohin turgan, ehtimol u saylab qo`yilgan. 
«En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma'muriyatini 
boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-sug`orish 
inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda 
uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. Er. avv. III 
ming yillik o’rtalarida “En” unvoni o’rniga “Ensi” 
(“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va
“Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha 
“sharru”) paydo bo’ladi. 
«Ensi» vazifasi sug`orish inshootlari va 
ibodatxonalar qurishga rahbarlik qilish bo’lgan, shu 
sababli u ko’pincha boshida qandaydir qurilish
materiallari bilan to’ldirilgan savat ko`targan tarzda 
tasvirlangan;jamoani, ibodatxonani boshqarish
soliqlar to’plash, ba'zida ibodatxona harbiy qismini 
boshqargan. «Ensi» vazifasi saylanadigan bo’lib shu 
sababli uning hukmronligi «navbat» deb atalgan.


183 
«Lugal» funksiyasi «Ensi»dan obro`liroq va 
mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba'zida shaharlar 
birlashmasi hukmdoriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola 
davrida oqsoqollar kengashi va yig`ini hokimni 
saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati 
ustidan nazorat qilgan, jamoa a'zoligiga qabul qilgan, 
hukmdor oldida maslahat organi bo’lgan.
Mulkiy tabaqalanishni kuchayishi natijasida xalq
yig`inning roli tusha boradi. Hukmdorning iqtisodiy-
siyosiy mavqei o’sib boradi. Uning tayanchi qo’shin 
bo’ladi. Bu yaxshi qurollantirilgan 5-6 ming kishini 
tashkil qilgan.
Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo’lib, 
odatda u kichik shahar, atrofdagi qishloq xo’jalik 
okrugidan iborat bo’lgan. Eng qadimgi Shumer shahri 
Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda
shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish