406
Hindistonda yozuv kechroq paydo bo’lgan, uning ilk
namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir.
Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta
yutuqlarga erishdilar.
Matematika, astronomiya fanlari
bo’yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa
harakatning nisbiyligi asosida yerning o’z o`qi
atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida
aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolni
kiritilishi, arab raqamlari
deb aytiladigan raqamlar
Hindistondan kelib chiqdi.
Eramizning I asrlarida turli adabiy janrlar
mavjud bo’lgan. Bu davrda mashhur dramaturg
Shakun Kalidasa ijod qiladi. «Panchatatra» deb
atalgan kitobda masallar to’planadi, uning arabcha
tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi.
Me'morchilik va san'at
Maurilar davridan so’ng, g`isht va toshdan
qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan
obidalar g`arbiy Hindistondagi budda monastirlari
diqqatga sazovor.
Yer ustidagi monastirlardan
biri Sanchida bunyod
qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan budda
monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi
Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.
Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning mahalliy
maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari
shimoliy g`arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy
407
Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va
Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi
asridan Gandxara maktabi
ellin va Rim madaniyati
ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar
davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda
madaniyatiga ta'sir qildi.
Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy
san'ati an'analari bilan ko’proq bog`langan. Ana shu
maktablar asosida o’rta asrlar
hind va janubiy sharqiy
Osiyo mamlakatlari madaniyati shakllandi.
Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind
tasviriy san'atining noyob yodgorligi g`ordagi Ajanta
ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi.
Monastirlarning ba'zi zallari devorlarida budda
afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek
noyob tasvirlarga o`xshash
tasvirlar Shri-Lankadan
ham topilgan.
Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi
veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga
tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda
yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab
qolish,
uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va
mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo’ldi.
Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng, turli davlatlarni
gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya
va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning
noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. I
ming yillikning o’rtalarida (shimoliy
Hindiston
408
Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat
taraqqiyotining yakuni bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: