O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Iqtisodiyotning gullab yashnashi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Iqtisodiyotning gullab yashnashi 
Misrning g`olibona yurishlari natijasida 
mamlakatga minglab asirlar haydab kelingan va 
qulga aylantirilgan. Qullar fir`avn, ibodatxona va 
zodagonlarning xo’jaliklari ekin yerlarida, 
ustaxonalarida ishlaganlar. Asirlardan tashqari 
Misrga juda katta moddiy boyliklar oqib kelgan.
Misr bosib olingan hududlarda har yili belgilangan 
miqdorda xiroj to’lovini joriy qilgan. jumladan,
Efiopiya oltin qumi, fil suyagi, Falastin va Suriya
kumush, qo`rg`oshin, qalay, bo`yoq, gazlama, lazurit, 
qimmatbaxo toshlar, kemasozlik yog`ochi, noyob kedr 
yog`ochini yetkazib berish majburiyatini olganlar.
Misrda qo`shimcha ishchi kuchi, turli xil xom 
ashyolarning mo`l-ko`lligi iqtisodiyotga ijobiy ta'sir 
qilgan. Xo’jalik ishlab chiqarishi va uning 
texnologiyasi takomillashgan. XIX sulola davridan 
boshlab jezdan foydalanish keng tarqalgan. Uning 
xom ashyosi Suriyadan o’zlashtirib olingan, metall 
ishlab chiqarish texnologiyasi ham bilan
takomillashtirilgan. Vertikal ip yigiradigan to`quv 
dastgohi kashf qilingan. Bu vaqtda xira rangli shisha 
tayyorlash alohida xo’jalik sohasiga aylanadi.


90 
Omoch takomillashadi, suvni yuqoriga chiqarib 
beradigan mexanizm «shoduf» ixtiro qilingan. Yangi 
o’simliklar o’zlashtirilgan. (Chechevisa, smola 
daraxtlari). Chorvaning yangi zoti (xachir, tuya)
yilkichilik mustaqil sohaga aylanadi.
Sun'iy sug`orish inshootlarini qurish, ta'mirlash va 
tartibga solish, yangi yerlarga suv chiqarish 
fir'avnlarning diqqat-markazida turgan. Fayum 
vohasida yangi yerlar ko’plab ochilib, voha
Misrning g`alla omboriga aylangan. Eski kanal, 
to’gon va ariq-anhorlar tozalangan. Nil daryosining 
toshqin suvlarini chiqishi ustidan muntazam nazorat 
o’rnatilgan. Nil vodiysida uzumchilik, asalchilik va 
bog`dorchilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik 
davrida Misr iqtisodiyotida dehqonchilik va 
chorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni 
ko’plab yetkazib bergan.
Fir'avnlar kuchli iqtisodiyotga tayanib tashqi 
siyosatda jiddiy yutuqlarga erishdilar, me'morchilik, 
qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Bir 
necha yangi shaharlar jumladan, Per-Ramzes nomli 
yangi shahar qurilgan. Noyob san'at namunalari 
hisoblangan me'morchilik inshootlari barpo qilindi: 
Luksor va Fivada Amon ibodatxonalari, fir'avn 
sog`ona-ibodatxonasi, Fir`avn Ramzes Abidosda 
Osiris ibodatxonasini qurgan. Nubiyada qoya toshda 
Abu-Simbel ibodatxonasi (balandligi 33 m., kengligi 
38 m., uzunligi 65 m.) bunyod qilinadi. Bundan 


91 
tashqari bu yerda Ramzes II ning balandligi 24 m. 
bo`lgan haykali va uning oyog`i ostida bolalarining 
200 haykallari barpo qilingan. 
Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti 
uchun qulay ichki va tashqi imkoniyatlar
yaratilgan. Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
rivojlanishi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga 
sabab bo’lgan.Yangi savdo aloqasi tobora kengaygan. 
Suriyaning ayrim viloyatlari bilan Misrning savdo 
aloqalari mustahkamlangan. Misrliklar bu hududdan
qishloq xo’jalik mahsulotlari: don, sharob,asal hamda 
chorva mollari olib kelganlar. Livandan binokorlik 
yog`ochlari keltirilgan. Misrga Suriya orqali uzoq 
mamlakatlardan, xett davlatidan Egey dengizlaridagi 
orollardan va Mesopotamiyadan juda ko’plab 
mahsulot olib kelingan. Suriya bilan savdo-sotiq 
ishlari quruqlikdagi yo`llar orqali ham olib 
borilgan.Bu davrda misrliklarning dengiz floti bo’lgan 
va shuning uchun ular mahsulotlarni Suriyadan 
yelkanli kemalarda olib kelganlar. Suriyadan keyin 
Misr savdosining eng muhim tayanch nuqtalaridan 
biri Bobil shahri bo’lgan. 
Bu davrda misrliklar bir qator yangi 
mamlakatlarga: Kipr, Kichik Osiyo, Mesopatamiyaga 
savdo ekspedisiyalari va istilochilik niyatida qo’shin 
yuborganlar. Bu vaqtga kelib Sinaydagi mis konlari 
xom ashyosi tugay deb qolganligi sababli misrliklar 
o’zlariga zarur bo’lgan misning yangi manbalarini 


92 
qidirishga majbur bo’lganlar. Yangi podsholik davrida 
misrliklar o’zlariga zarur bo’lgan misni Kipr orolidan 
olib kelganlar. Kipr oroli qadim zamonlardan o’zining 
juda katta mis konlari bilan ham nom chiqargan. 
O`sha vaqtdan saqlanib qolgan ba'zi hujjatlarda Kipr 
orolidan Misrga juda ko’plab mis yuborilgani haqida 
malumot beriladi. Masalan: Kipr podshosi Misr 
fir'avniga bunday deb yozgan: «Men senga 500 
talant(150000 kg) mis yubordim.Men buni
birodarimga sovg`a qilib yubordim. Birodar misning 
kamligini ko`nglingga olma. Mening mamlakatimda 
egam Nergalning qo`li (vabo) mamlakatimdagi 
odamlarning hammasini qirib yubordi. Endi misni 
tayyorlaydigan hech kim yo’q». 
Bu davrda Kichik Osiyodan, xususan uning xettlar 
joylashgan sharqiy viloyatlaridan Misrga temir 
keltirilgan. Temir o`sha vaqtlarda Misrda nodir 
hisoblangan. 
Misr savdosi shimoli-sharqqa Mesopotamiya 
viloyatlariga kirib borgan. Ikki daryo oralig`ining 
shimoli-g`arbida joylashgan Mitanni davlatidan jez, 
lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, moy, jang aravalari 
,otlar va qullar olib kelingan. Misrliklar Bobildan ham 
xuddi shunday tovarlar ya'ni kumush, yog`ochdan 
tortib oltin va fil suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho 
buyumlar keltirganlar. Misr bilan Osuriya o’rtasida 
ham savdo aloqalari o’rnatilgan. Yozma manbalardagi 
ma'lumotlarga qaraganda misrliklar Osuriyadan jang 


93 
aravalari, otlar va lojuvard keltirganlar. Misrliklar Old 
Osiyodan olgan mahsulotlari evaziga bu 
mamlakatlarga asosan quyma oltin yoki tilla 
buyumlar,fil suyagi yoki lojuvard bilan bezatilgan 
buyumlar, gazmol, kiyim-kechak, asosan qimmatbaho 
metallar yuborganlar. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish