1-MAVZU. MENEJMENTNING RIVOJLANISH TARIXI VA
ZAMONAVIY
H
OLATI.
Reja:
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari
1.3. Mamlakatimizda
boshqaruvni rivojlanishi
1.4. Menejmentning xorijiy modellari
Tayanch iboralar: menejment, tarixiy sharoitlar, ilmiy maktablar, xorijiy
modellar, Amerika modeli, Yaponiya modeli, O‘zbek modeli
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatni taqsimlanishi va
kooperasiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan.
Bu odamlarning
ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan
asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning
tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo‘ladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi bo‘lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar.
6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil
qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar,
hamda
boshqaruvni markazlash-tirmaslik haqida masalani qo‘yganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo‘shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv
va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko‘rsatmalarini
qo‘llagan, amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni o‘z tobelariga o‘tkazishga yo‘l
ko‘ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat
bitimlari haqidagi ma’lumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda
boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.
Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo‘shilgan, bizning eramizdan 400 yil
avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi
Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya’ni motivasiyani maxsus tadqiqot
qilish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv
axborotlarini ishlab
chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko‘rib chiqqan. Biroz keyinroq Gresiyada
mehnat operasiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan
shug‘ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn
birinchi marta jangovar
harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq:
Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o‘sishi, mulk
egasi va tadbirkorni boshqaruvning o‘sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir
emasligi;
Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o‘sishi va bozor
aloqalarini kuchayishi;
Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va
bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
Yirik korporasiyalarni paydo bo‘lishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning maxsus
apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko‘payishi,. Xuddi
korporasiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishidan butunlay
ajraladi;
Mulkni aksiyadorlar o‘rtasida
jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo‘ladi;
Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan
foydalanishga
harakat qilishlari;
Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini
yaratish istagi.