Polis tizimining tushkunligi
599
Er. avv. V asr so’ngida yunon polislari uzoq
davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolarning
yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda
yer mulkchilik munosabatlarida keskin o’zgarishlar
boshlandi. Yerga ishlov berishdan keladigan
daromaddan ko’ra sudxo’rlik daromadi o’sib ketdi.
Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari
ayrim fuqarolarning qo’liga o’tib qoldi.
Kambag’allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o’z
fuqarolik majburiyatlarini bajarmay qo’ydilar. Ilgari
iqtisodiy o’sish davlatni boyishi bilan birga borar edi,
boy fuqarolar ko’pgina mablag’larini fuqarolik
jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o’z majburiyatlari deb
bilar edilar. Er. avv. V asrda esa boylik ayrim xususiy
kishilar qo’lida to’plandi va ular o’zlarini fuqarolik
majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlay
boshlaydilar. Ularning ko’pchiligi o’z mablag’larini
dengiz savdosiga qo’ya boshladilar. O’z polislaridan
boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga
egalik qila boshladilar hamda ma’lum bir polis
fuqarosi bo’lish ahamiyatsiz bo’lib qoldi. Bu davrda
yunon polislarida davlat xo’jaligining mavjud
emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan
belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy
jihatdan hech qanday mablag’ga ega emas edi.
Bundan tashqari polislarning moliyaviy
qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma
qo’shinlarni keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlarga
600
xarajatlarni muntazam ravishda o’sib borishi bilan
chuqurlashdi. Demokratik polislarda lavozimlarga
haq to’lash, kambag’al fuqarolarga muntazam nafaqa
berish tizimi bu qiyinchiliklarni yanada
chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o’z xarajatlarini
ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo’lsa er. avv. IV
asrda esa mulkdan olinadigan favqulodda soliq-
eysfora bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina
fuqarolari hech qanday soliq to’lamas edilar. Xalq
yig’ini eysfora to’g’risidagi qarorlarni kambag’al
fuqarolar manfaatlariga tekkani uchun istamay qabul
qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish
boylarning noroziligiga olib keldi.
Yer mulk munosabatlarida o’zgarishlar yuz berdi.
Er. avv. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi-
sotdisi keng tarqaldi. Ko’pgina fuqarolar nochorlikdan
o’z yerlarini sotishga majbur bo’ldilar, natijada bu
yerlarni fuqaroligi bo’lmagan kishilar ham sotib ola
boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va
garovga qo’yish keng tarqaldi.
Er. avv. V asr so’ngida meteklar va chet elliklarga
alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va
uylarga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan
kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg’a qilindi.
Polisni tushkunligi yollanma askarlarni
tarqalishida ham ko’rindi. Yer mulkidan ajralgan,
qarzga botib kambag’allashib qolgan fuqaro qurol-
yarog’ olishga mablag’ topa olmas edi, ko’pincha
601
begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas
edi. To’xtovsiz urushlar harbiy texnikaning
takomillashuvi yaxshi o’rgatilgan askarlarni talab
qilar edi. O’z yeridan mahrum bo’lgan, jismoniy
mehnat bilan shug’ullanishni istamaganlar o’z
polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini
to’ldirdilar.
Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimini
tushkunligi emas edi, chunki qulchilik yanada
rivojlandi, qullar mehmatidan foydalanish hajmi o’sdi.
Afinada davlat qurilishida erkin fuqarolarning
mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham
metek va qullarga ham baravar haq to’lanar edi.
Qullarni qishloq xo’jaligi, hunaemandchilik, uy-
ro’zg’or ishlarida ishlatish, boshqa kishilarga
yollanma mehnatga berish bilan birga quldor qulni
hunar va savdo bilan mustaqil shug’ullanishga ruxsat
berar edi. Bunday qullar mulk oilaga ega bo’lib
alohida yashar edilar. Ular pul to’plab o’z
ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi. Er. avv. IV
asrda ozod qo’yilgan qullarni soni o’sdi, ularni yunon
polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy
jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy
jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga
qo’shildilar. Mehnat va hayot kechirishning
o’xshashligi fuqaro va fuqaroligi bo’lmagan
kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi.
602
Er. avv. IV asrda polislarda turli ijtimoiy
tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va
kambag’allar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar davlat
hokimiyatini zaiflashuviga olib keldi.
Yunonistondagi er. avv. IV asrning birinchi
yarmida Spartaning mavqeini kuchaydi. Sparta
polislarni ichki ishlariga qo’pol ravishda aralasha
boshladi Bu ko’pchilik polislarni noroziligiga olib
keldi. Oqibatda Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy
harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi
yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga
yetakchiligi ham vaqtinchalik bo’ldi, Afina ittifoqini
qayta tiklashga urinish ham natijasiz tugadi. Biror-
bir yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni
tashkil qilish va unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega
emas edi. Yunon polislari endilikda o’zaro
kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay, qudratli
Eron davlatini vositachi sifatida taklif qila
boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |