Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini
tushkunligi
Peloponnes urushlari
596
Yunon-fors urushlaridan keyin Yunonistonda
iqtisodiyotning umumiy o’sishi kuzatildi. Polislar
o’rtasidagi va xalqaro savdo rivojlandi. Bu Elladaning
savdo-hunarmandchilik polislari o’rtasida raqobat
kuchaydi, ayniqsa kuchli savdo-hunarmandchilik,
dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Afinaning Korinf
va Megara bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta
boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy ittifoqlar
o’rtasidagi muvozanat buzildi. Afina yunon
polislaridagi demokratik tuzumlarni Sparta esa
oligarxiya hukm surgan polislarni qo’llab-
quvvatlashga harakat qildilar. Yana shuningdek Sparta
va Afina o’rtasida Yunonistonda yetakchilik uchun
raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes
urushlariga olib keldi. Urush er. avv. 431-yilda Sparta
qo’shinlarini Attika hududiga bostirib kirishi bilan
boshlandi. Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl
quruqlikda mudofaa taktikasini qo’llash kerak deb
hisobladi. Sparta qo’shinlari Attika hududini talon-
taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga
kirib jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat
tanqisligi boshlanib, turli xil yuqumli kasalliklar
tarqaldi. Xalq norozi bo’ldi, er. avv. 430-yilda 15 yil
davomida birinchi marta Perikl arxont etib
saylanmadi. Keyingi yil u qandaydir yuqumli
kasallikdan vafot etdi.
Davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib
borish tarafdori bo’lgan Afina demokratiyasining
597
vakillari qo’liga o’tdi. Shunday rahbarlardan biri
Kleon-kelib chiqishi hunarmandlardan bo’lgan
ustaxona egasi, ajoyib notiq, shijoatli siyosatchi va
urushni g’alabagacha davom ettirish tarafdori edi.
Uning davrida afina floti Peloponnes qirg’oqlarida
faol urush harakatlarini boshladi. Afinaliklar er. avv.
425-yil Messeniyadagi muhim. Pilosni va uning
qarshisidagi Sifakteriya orolchasini bosib oldilar.
Spartaliklarning ahvoli og’irlashib qoldi. Ular
urush harakatlarini shimolga Frakiyaga ko’chirdilar.
Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan
ittifoqdan chiqdilar. Er. avv. 422-yilda Amfiopol
shahri yaqinida katta jang bo’lib, har ikki tomondan
ko’plab qurbonliklar berildi. Bu jangdan so’ng Afina
bilan Sparta o’rtasida 50 yil muddatga tinchlik
shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning
elchisi Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb
ataldi.
Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada er.
avv. 420-yilda Sparta bilan urushni davom ettirish
tarafdorlari Periklning jiyani Alkiviad boshchiligida
hokimiyatga keldilar va bir necha peloponnes
polislarida Spartaga qarshi fuqarolarni chiqishini
uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish
g’oyasini ilgari surdi, bundan tashqari janubiy Italiya
hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning
istilochilik rejalari Afinada keng qo’llab-quvvatlandi.
Er. avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya oralig’idagi
598
Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz
ekspeditsiyasini uyushtirdilar. Afinaliklarni Sirakuza
Sparta yordami bilan tor-mor qildi. Natijada 7000
afinalik asirga olinib, qul qilindi. Sitsiliya halokati
natijasida Afinani dengiz davlati mavqeiga putur
yetdi. Afina ittifoqchilari bo’lgan bir necha yirik
shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan
ajralib ketdilar.
Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi
yunon shaharlariga o’z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada
hokimiyatni oligarxlar bosib oldilar va ular Sparta
bilan tezda tinchlik o’rnatish harakatini boshladilar.
Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi (Dekeley
urushi er. avv. 415-404-yillar.)deb ataldi. Spartaliklar
Qora dengizga boradigan yo’llardagi bo’g’ozlarni
bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan
ta’minlashni qiyinlashtirdi. Urushda eng katta zararni
Afina ko’rdi. Afinani yunon dunyosidagi obro’-
e’tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning
gegemonligi o’rnatildi. Peloponnes urushlari davrida
vaziyatga qarab har ikki tomonga yordam berib
turgan, aslida Afina bilan Sparta munosabatlarini
keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o’z
ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda biror-bir yunon
polisi bu urushdan foyda ko’rmadi, aksincha
Yunoniston polislari tushkunligi boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |