O`zbkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus


Spirt Eritma kontsentratsiyasi, M



Download 1,69 Mb.
bet20/51
Sana17.09.2021
Hajmi1,69 Mb.
#176427
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
Toshboyeva sh. K

Spirt

Eritma kontsentratsiyasi, M

Sirt taranglik, 10-3 J/m2

Metil spirt

1,0




Etil spirt

1,0




Amil spirt

1,0






Laboratoriya ishi №7.1
Sirt taranglikni Rebinder usulida aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: Vakuum hosil qilish uchun aspirator, yon trubkali va tiqinli keng probirka. Spirtli monometr, 800-1000 ml. li stakan, 400-500 ml.li stakan, har bir 1 shk. 0,5oC ga teng bo’lgan termometr (10-100 haroratgacha), keng halqali shtativ, asbest to’r, aspiratorni mahkamlash uchun halkali shtativ.

Rebinder usulida sirt taranglikni aniqlash uchun mo’ljallangan qurilmani tuzilishi. Asbob yon trubkasi (4) bo’lgan shisha idish (1) yoki keng probirkadan iborat. Monometr (5) ga ulangan idish(1)ning o/zi uchi kapillyar qilib cho’zilgan shisha trubka (2) o’tkazilgan probka (3) bilan mahkamlanadi. Trubka (4) ning qayrilgan uchi aspirator (6) ni zich qilib bekitib turadigan probkadan o’tkaziladi. Idish (1) dagi suyuqlikni kerakli haroratgacha qizdirish uchun uni suv solingan kattaroq stakanga tushiriladi va suvning harorati doimiy qilib ushlab turiladi.

Sirt taranglik nafaqat suyuqlikning tabiatiga balki haroratga ham bog`liq bo’ladi. Harorat ortishi bilan sirt taranglik kamayadi. Bu bog`liqlikni Rebinder asbobi bilan aniqlash qulaydir.

Rebinder usuli bo’yicha sirt taranglikni aniqlashda uchida kapilyari bor vertikal trubkadan suyuqlik o’tkaziladi Bunda trubkaning yuqorisidan havo yuborib turiladi. Trubkaning kopilyar qismidan havo pufakchalar ajralib chiqayotganda bosim R o’lchanadi. Tekshirilayotgan moddaning sirt tarangligi qanchalik katta bo’lsa (sirt taranglik hosil qilish uchun) pufakcha hosil qilish uchun shunchalik katta bosim kerak bo’ladi. U holda sirt taranglik bilan bosimni quyidagi formula orqali o’zaro bog`lash mumkin:

(1)

k- trubkaning kapilyar uchi radiusi bilan bog’liq bo’lgan, berilgan asbob uchun doimiy proportsionallik koeffitsienti.

Pufakcha uzilish vaqtidagi bosim monometr orqali o’lchanadi. Kapilyar doimiysini aniqlash uchun tekshirilayotgan suyuqlik sifatida dastlab sirt tarangligi ma’lum bulgan suyuqlik ishlatiladi (masalan, suv). Agar bunda pufakchaning uzilish vaqtidagi maksimal bosim R0 ni aniqlansa, asbobning doimiysi quyidagi formula orqali hisoblab topiladi.

(2)

Asbob doimiysi hisoblab topilgandan so’ng undan tekshirilayotgan suyuqlikning turli haroratlardagi sirt tarangligini aniqlashda foydalanish mumkin.

Ishning bajarilishi: Aspiratorga rasmda ko’rsatilgandek qilib suv to’ldiriladi va tagiga chashka qo’yiladi. Tajriba boshida manometrning ikkala ustunida ham suyuqlik bir xil balandlikda turishi kerak. Idish (1) 1/4 qismigacha disstillangan suv solinadi. So’ngra uni og`zi trubka (2) o’tkazilgan probka (3) bilan berkitiladi. Bunda trubkaning kapillyar uchi idish (1)dagi suvga ozgina tushib turishi kerak.

So’ngra idish (1) rasmda ko’rsatilgandek qilib isitilgan suv solingan stakanga yarmigacha tushirib qo’yiladi. Kerakli haroratga erishilgach aspiratorning jo’mragi (7) ochiladi. Bunda kapillyar (2) uchidan chiqayotgan havo pufakchalari shunday tezlikda ajralib chiqishi kerakki, uni sanab turish mumkin bo’lsin. Pufakchalarning muayyan chastotasiga erishilgach, manometr ustunlaridagi suyuqlik sathi farqi kamida 3 marta belgilab olinadi. Olingan natijalarning o’rtacha arifmetik qiymati hisoblab topiladi. So’ngra jumrak (7) bekitiladi va stakandagi suvning harorati o’lchanadi. Darslikdagi jadval orqali tajriba o’tkazilayotgan paytdagi harorat uchun suvning sirt tarangligi qiymati topiladi. So’ngra formula (2)dan foydalanib asbobning kapillyar trubkasi doimiysi hisoblab topiladi.

Idish (1) dagi suv to’kiladi, uni va trubka (2) quritiladi, keyin esa idishga suvning o’rniga sirt tarangligi aniqlanishi kerak bo’lgan suyuqlik solinadi. Biroq bundan oldin idish (1) va trubka (2)ni shu suyuqlik bilan chayilgan bo’lishi kerak. Stakandagi suv 30oC gacha qizdiriladi. Keyin stakanni idish (1) tagiga qo’yiladi va idish (1) dagi suyuqlik harorati stakandagi suvning haroratga teng bo’lgunicha 10 minut davomida ushlab turiladi. Aspirator ishga tushirilgach xuddi distillangan suv uchun ko’rsatilgandek qilib manometr ustunidagi sathlar farqi h aniqlanadi va (1) formula orqali tekshirilayotgan suyuqlikning sirt taranglik qiymati 30oS uchun hisoblab topiladi. Ish xuddi shu tartibda 40oC, 60oC, 80oC lar uchun ham bajariladi.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish