O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi 2016 yil 26 avgust Hurmatli tadbir qatnashchilari, Aziz mehmonlar!



Download 13.39 Kb.
Sana09.04.2017
Hajmi13.39 Kb.
Ozbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi

2016 yil 26 avgust

Hurmatli tadbir qatnashchilari, Aziz mehmonlar!

Xabaringiz bor, Vatanimiz istiqlolining 25 yilligini keng nishonlash munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida, muhtaram Prezidentimizning shu yil 1 iyuldagi Farmonlari bilan «O’zbekiston Mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni ta’sis etildi.

Bugungi tantanali tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad “O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlarning bir guruh rahbar va xodimlarini «O’zbekiston Mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlashdir.

Shuning munosabati bilan bugungi tadbirimizga:

- Vazirlar Mahkamasidan Davron Nig‘matovich Ilxomjonov va O’tkirbek Marimbayevich Qodirov tashrif buyurganlar;

- shuningdek, bugungi tadbirga Xolding kompaniyamiz va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlardan o’zlarining fidokorona mehnatlari bilan o‘rnak ko’rsatib, Respublikamiz oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissalarini qo‘shgan kasbdoshlarimiz taklif etilganlar.

Shu o‘rinda, joriy yilning o‘tgan davrida oziq-ovqat sanoati sohasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tish joiz.

Barchamizga ma’lumki, korporativ boshqaruvning jahon amaliyotida qabul qilingan tamoyillari va usullariga muvofiq respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni keng jalb etish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lgan sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni va eksportni ko‘paytirish maqsadida, shu yilning fevral-iyun oylari mobaynida Prezidentimiz tomonidan 5 ta qaror qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan belgilangan vazifalar doirasida:

- Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tugatilib, uning huquqiy vorisi hisoblanadigan “O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tashkil etildi;

- “2016-2020 yillarda xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish hamda


meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo-logistika markazlari va muzlatish quvvatlarini, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish Dasturi” tasdiqlanib, izchil amalga oshirilmoqda;

- yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O’zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

- qayta ishlash, g‘amlash va eksport qilish maqsadlari uchun 2016 yilgi hosildan boshlab ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilindi;

- shu yil 12-16 iyul kunlari navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazildi va uni har yili oktabr oyida o‘tkazib turish belgilandi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan 2016 yil 15 yanvardagi respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan oziq-ovqat sanoati tizimida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida I yarim yillikda iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, kompaniya tarkibiga kiruvchi 182 ta sanoat korxonasi tomonidan taqqoslama narxlarda 2 trln. 177 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109 foizni tashkil etdi.

Ayniqsa, meva-sabzavot konservalari (162%), sariyog‘ (142%) va qandolat (141%) mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori o’sish sur’atlariga erishildi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash borasida Davlat investitsiya dasturi doirasida 36 ta loyiha bo‘yicha 28 mln. dollar yoki prognozga nisbatan 106 foiz mablag‘ o‘zlashtirildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida qandolat va go‘sht-sut sanoati korxonalarida 40,5 mlrd. so‘mlik yoki prognozga nisbatan 1,7 martaga ko‘p mahsulot ishlab chiqarildi.

Eksport prognozi 138 foizga bajarilib, jami 46 mln. dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan holda, import hajmi 29 foizga qisqardi.



Albatta, ushbu yutuqlarga erishish zamirida kasbdoshlarimizning tashabbuskorligi va samarali mehnati yotibdi, – desam aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Hurmatli kasbdoshlar, Aziz mehmonlar! Fursatdan foydalanib, barchangizni Vatanimiz Mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman. Ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa