«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 ERKIN GAZ ZAXIRALARINI BOSIMNING PASAYISHI



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

19.2. ERKIN GAZ ZAXIRALARINI BOSIMNING PASAYISHI 
BO’YICHA HISOBLASH METODLARI 
 
Bosim pasayishi bo’yicha zaxiralarni hisoblash metodi gaz bilan band bo’lgan 
g’ovaklar hajmining dastlabki qiymati uyumdan foydalanish jarayonida 
o’zgarmaydigan qatlamlarda qo’llaniladi. Demak, suv bosimli rejimda bu metodni 
qo’llab bo’lmaydi, ammo suv bosimli rejim samarasiz bo’lgan vaqtda (qatlamga suv 
oz miqdorda kirib kelganda) undan foydalansa bo’ladi. 
Bosim pasayishi bo’yicha erkin gaz zaxirasini hisoblash formulasi gaz uyumini 
ishlatishning hamma bosqichlarida bosim 0,1 MPa ga kamayishida chiqarib 
olinadigan gaz miqdorining doimiyligi haqidagi taxminlarga asoslanadi. 
Agar ma’lum bir sanada (konni ishlatish boshlanganidan beri) gaz uyumidan Q
1
miqdordagi gaz chiqarib olingan bo’lsa va uyumdagi bosim r
1
ga teng bo’lsa, 
ikkinchi sanada esa (konni ishlatish boshlanganidan beri) Q
2
miqdordagi gaz chiqarib 
olingan bo’lsa va uyumdagi bosim r
2
ga teng bo’lsa, u holda birinchi sanadan 
ikkinchi sanagacha konni ishlatish mobaynida bosimning pasayishi 0,1 MPa ga teng 
bo’lsa, chiqarib olingan gaz miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
2
1
1
2
p
p
Q
Q
Q




Konni ishlatish mobaynida bosim qandaydir oxirgi qiymat r
o
gacha pasayadi 
desak, u holda bosimning 0,1 MPa ga pasayishiga chiqarib olinadigan gaz miqdorini 
hisoblash mumkin. Bunda qoldiq olinadigan gaz zaxirasini ikkinchi sana uchun 
bosimni pasayishi metodi bilan hisoblashda 

1
va 

2
ideal gazlar holati qonunidan 


426 
og’ishga tuzatishni hisobga olib, quyidagi formuladan foydalanamiz (tegishlicha r
1
va r
2
bosimlar uchun): 
2
2
1
1
о
2
2
1
2
)
)(
(




p
p
p
p
Q
Q
V
о





(19.5) 
bunda V 

chiqarib olinadigan (sanoat miqyosidagi) qoldiq gaz zaxiralari, m
3
.
Boshlang’ich gaz zaxiralarini hisoblashda kasr suratidagi (r
2

2
−r
o

o
) o’rniga 
(r
boshl.

boshl.
-r
o

o
) ni qo’yish kerak. 
Bosim pasayishi bo’yicha hisoblash metodida maydon yuzasi, gazli qatlamning 
g’ovakliligi va qalinligi haqidagi ma’lumotlar zarur bo’lmaydi, lekin qalinlikni va 
umuman qatlamning hajmiy tavsiflarini (qatlam bosimining o’rtacha qiymatini 
hisoblashda) hisobga olmaslik, ayrim hollarda ayniqsa qatlam bo’ylab bosim sezilarli 
o’zgarganda katta xatoliklarga olib keladi. Bundan ma’lum bo’ladiki, ushbu 
metoddan gaz uyumi yaxlit, ya’ni alohida mustaqil uchastkalarga ajralmaganda 
foydalanish mumkin. 
Agar suv bosimli bo’lsa, (19.5) formulaga ma’lum bir vaqt oralig’ida suv bosimi 
ta’sirida siqib chiqarilgan gaz miqdoriga tuzatish kiritiladi. 
Bosimning r
1
dan r
2
gacha pasayishida suv bosimi ta’sirida siqib chiqarilgan gaz 
miqdorini Q' bosim o’zgarishini kuzatish va uning miqdori doimiy 

o’zgarmas 
bo’lgan vaqt oralig’ini belgilash orqali aniqlanadi. SHu vaqtga Q' suv bosimi bilan 
siqib chiqarilgan gaz miqdorini aniqlash kerak. 
Bu holda (19.5) formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi (suv bosimli rejim 
uchun qoldiq bosimni inobatga olish zaruriyati yo’q): 
2
2
1
1
2
2
1
2
)
Q'
(



p
p
p
Q
Q
V




.
(19.6) 
Agar suv bosimi bilan siqib chiqarilgan gaz miqdorini aniqlab bo’lmasa, u holda 
zaxiralarni hisoblash uchun hajmiy metodni qo’llash kerak. Bosim pasayishi 
bo’yicha hisoblash metodi quduq og’zidagi bosimni (quduqni qisqa muddatga yopish 
orqali) muntazam kuzatish va uglevodorod gazlarini Boyl-Mariott qonunidan 
og’ishini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlari orqali o’rganishni taqazo etadi. 
Bosim pasayishi metodi bilan sanoat ahamiyatiga molik neft zaxiralari yo’qligi 
isbotlangan uyumlarda gaz zaxiralarini hisoblash mumkin. 
Bosim pasayishi metodi bilan gaz zaxiralarini hisoblash uchun quduqda sinash-
ekspluatatsiya ishlari bajariladi, bunda ishlayotgan quduqlardagi gazning ishchi va 
statik bosimlarining o’zgarishi, kuzatuv quduqlaridagi statik bosim va pezometrik 
quduqlardagi suvning statik sathi sinchkovlik bilan kuzatib boriladi. Gaz bosimi 
xatoligi 0,05-0,03% dan katta bo’lmagan, o’ta aniq nazorat manometri yoki yuk 
manometri bilan o’lchanishi kerak, ular yordamida bosimning 0,2-0,3 MPa ga 
pasayishini ishonchli belgilash va o’z navbatida uncha katta bo’lmagan va o’rtacha 
kon (uyum)lar gaz zaxiralarini ishonchli aniqlash mumkin bo’ladi. Gaz quduqlarida 
suyuqlik bor bo’lganda quduq tubi bosimini chuqur manometrlar bilan o’lchash 


427 
hamda quduqning turli rejimlarda ishlashida gaz bilan birga chiqariladigan suvlar va 
jinslar miqdorini aniqlash zarur. 
Erkin gaz zaxiralarini hisoblashda o’rtacha qatlam bosimini aniq o’lchash 
ayniqsa muhim. Quduqni tajriba 

sanoat maqsadida ishlatish jarayonida o’rtacha 
qatlam bosimini izobaralar xaritalari bo’yicha, g’ovak bo’shlig’ini hajmi bo’yicha 
aniqlash mumkin: 



)
(
)
(
r
o'
hmS
рhmS
p

(19.7) 
bunda r
ur
- gazli qatlamning o’rta qismi qalinligiga mos keluvchi quduqdagi 
bosim, MPa; h - gazli qatlamning foydali qalinligi, m; m - ochiq g’ovaklilik 
koeffitsienti; S - izochiziqlar orasidagi elementar maydon. 
Bunday hisoblashlarni bajarish uchun qatlam bosimi xaritasi (izobara xaritasi) 
tuziladi; izobara xaritasi ustiga hm ko’paytmasi xaritasi qo’yiladi; bunday 
xaritalardagi izochiziqlarning kesishishida hosil bo’lgan nuqtalar bo’yicha rhm 
xaritasi yuzaga keladi; bu xarita bo’yicha o’rtacha qatlam bosimi r
ur
aniqlanadi. 
Ko’rsatilgan formula bo’yicha o’rtacha qatlam bosimini hisoblash gazlilikning 
nisbatan uncha chuqur bo’lmagan qavatlarida (200 m gacha) va uncha yuqori 
bo’lmagan bosimlarda (10 MPa atrofida) etarli darajada ishonchli natijalar beradi. 
Agar gazlilik qavati katta - 500 m va undan ko’p bo’lsa (ayniqsa qatlam qalinligi 
o’zgaruvchan bo’lsa), r
ur
ni aniqlashda temperaturaning o’zgarishini t
pl
va uyum 
hajmi bo’yicha gazning siqiluvchanlik koeffitsienti z ni hisobga olish lozim. Bunday 
hollarda izobara xaritalaridan foydalanish mumkin emas va r
ur
ni hisoblash uchun 
mahsuldor qatlamning to’liq hajmini parallel tekisliklar bilan qator elementar 
hajmlarga bo’lish lozim, har qaysi shunday hajm uchun t
pl
, r/z va V
r
qiymatini 
aniqlash kerak bo’ladi 



р
р
V
V
z
p
p
)
(
r
o'
.
(19.8) 
Bunday hollarda gaz zaxiralari qatlamning har bir elementar hajmi uchun 
hisoblanadi, elementar hajmlar bo’yicha hisoblangan zaxiralar yig’indisi esa, 
mahsuldor qatlamning gaz zaxiralarini tashkil qiladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish