301
solishtirish orqali quduqqa haydalayotgan suvning harakatlanadigan yo’llarini
kuzatish va suv shimilayotgan qatlamlarni aniqlash mumkin bo’ladi (12.7-rasm).
12.7-rasmdan ma’lum bo’lishicha, kollektorlik xususiyatlari bir xil bo’lgan
to’rtta qatlam quduqda teshilgan.
Shu bilan birga, diagrammadan ma’lum
bo’lishicha, haydalgan suvni faqat ikki qatlam
pastki va yuqoridagisi qabul qilgan.
Bir vaqtning o’zida quduqni sementlash ishlarining sifati past bo’lganligi sababli shu
quduqda ikki teshilmagan pastki qatlamlar ham suvni shimgan. Suyuqlikni
shimuvchi qatlamlarni aniqlashda qo’llaniladigan radioaktiv izotoplar metodini
kamchiligi ham mavjud. Mazkur metod faqat qatlamni sifat tavsifini ifodalaydi, lekin
u qatlamlarni qanday miqdorda suv qabul qilaolishini bilishga imkon bermaydi.
Qatlamlarning suvni qabul qilaolishligini miqdoriy
baholash uchun chuqurlik
debito’lchagichi va sarfo’lchagichi ishlatiladi. Chuqurlik debit o’lchagichi va
sarfo’lchagichi bilan haydash
qudug’idagi har qaysi
teshilgan
qatlamga oqib kirgan suvning va
ishlatish qudug’idagi teshilgan
qatlam berayotgan suyuqlikning
miqdori o’lchanadi (12.8-rasm).
12.8-rasmda
haydash
qudug’ining
suvni
qabul
qilaolishligining
kesmasi
ko’rsatilgan.
Kesmada
quyi
qatlamlarning
suvni
qabul
qilmagani
ko’zga
yaqqol
tashlanadi.
Sarfo’lchagich
va
debito’lchagichlarning
ham
kamchiligi bor. Chunki bular qatlamlar ishini emas, balki
quvurlar birikmasining
teshilgan qismining ishlashini, ya’ni quduq filtrini ko’rsatadi. Binobarin,
olingan
ma’lumotlar qatlamning tekshirilayotgan qismiga nisbatan quduqning texnik holatini
ham anglatadi.
Shunday qilib, chuqurlik debito’lchagichi va sarfo’lchagichlaridan olingan
ma’lumotlar mahsuldor qatlamlarning ishlanganlik darajasini ishonchli nazorat qilish
imkonini bersa-da, ulardan
faqat neft radiometriyasi, termometriyasi va
fotokalorimetriyasi metodlari bilan birgalikda foydalanilganda yaxshi natijalar
olinadi. Shu sababli ishlatish va ayniqsa haydash quduqlari
yordamida qatlamlar
ishlatilishini nazorat qilishda termometriya metodidan muvaffaqiyatli foydalanish
mumkin. Mazkur metod quduqning mustahkamlash quvurlari devori bilan tutashib
turgan o’tkazuvchan jinslarning yer yuzasidagi sovuq
suvlarni qatlamga haydash
natijasida turli darajada sovib ketishini yoki qatlamda harakatlanayotgan qaynoq
suvlar oqimining quduq tubiga oqib kirishi natijasida isib ketishini o’lchashga
asoslangan (12.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: