«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
 
 
 
12.5.3. Konning ishlatish sur’atini tahlil qilish 
 
Konning 
ishlatish sur’ati deb
uyumdan bir yil mobaynida olingan suyuqlik 
miqdoriga aytilib, boshlang’ich chiqarib olinadigan neft zaxirasiga (yoki 
boshlang’ich balans zaxirasiga) nisbatan foizda ifodalanadi. Keyinroq bajarilgan 
tahlil natijalariga qarab konni ishlatish sur’ati boshlang’ich olinadigan neft zaxirasiga 
nisbatan ko’rib chiqiladi. 
1988 yilda konning ishlatish sur’atini bir yilda 10-12% gacha etkazish maqsadga 
muvofiq, deb qabul qilingan. Ammo bunday ishlatish sur’atiga o’lchami katta 
bo’lmagan, geologik tuzilishi qulay bo’lgan yoki foydali tabiiy suv bosimli rejimdagi 
uyumlarga suv bostirish orqali erishish mumkin. 
Geologik tavsifi o’rtacha ko’pgina uyumlarda boshlang’ich chiqarib olinadigan 
neft zaxiralaridan odatda yiliga 6-8% olinadi. Kollektorlarining o’tkazuvchanligi 
kam, neftining qovushqoqligi yuqori darajada (4-5 mPa

s dan ortiq) bo’lgan 
uyumlardagi qatlamga jadal sur’atda ta’sir etish orqali bir yilda 4-5% miqdorda neft 
olish mumkin. Kollektorlik xususiyatlari yaxshi, neftining qovushqoqligi hatto past 


297 
bo’lgan juda yirik uyumlar uzoq vaqt ishlatilganda ham yiliga 4-5% miqdorda neft 
olinadi.
Uyumning suvlanishining tezlashishi va qazib olinayotgan neft miqdorining 
kamayishi sababli uni ishlatish jarayonida neft zaxirasini to’liqroq chiqarib olishga 
mos keladigan sur’atni tanlab olish lozim bo’ladi.
M.M. Ivanova tadqiqotlaridan) ma’lumki, neft olish sur’ati boshlang’ich 
chiqarib olinadigan zaxiralardan bir yilda 2% gacha kamayganda, uyumni 
ishlatishning uchinchi bosqichi tugallanadi. Shu boisdan konni ishlatishning uchinchi 
bosqichining oxirida qatlamdan bunday sur’atda suyuqlik olish miqdorini ta’minlash 
asosan mahsulotning qanday suvlangan davrda tugashiga bog’liq. Quyida M.M. 
Ivanova tomonidan tavsiya etilgan mazkur ko’rsatkichlarning miqdori keltiriladi: 
Uchinchi bosqich oxirida mahsulotning suvlanishi, % da 30 40 50 60 70 80 85 
90 95 97. Uchinchi bosqich oxirida suyuqlik olishning zarur bo’lgan minimal sur’ati, 
boshlang’ich chiqarib olinayotgan zaxiralardan % da .............................................. 
2,9 3,3 4 5 7 10 14 20 40 67. 
Keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, neftni chiqarib olishning eng 
qulay dinamikasini ta’minlash uchun, masalan, uyumni ishlatishning asosiy davrida 
suvlanganlik 70% ga etganda, uchinchi bosqichning oxirida suyuqlik olish sur’ati 7% 
dan kam bo’lmasligi zarur. Agar suyuqlikni chiqarib olish sur’ati ikkinchi bosqichda 
7% dan yuqori bo’lsa, u holda uchinchi bosqichda uning qiymati pasayishi mumkin. 
Shu bilan birga, suyuqlikni chiqarib olish sur’atining yil mobaynida o’rtacha 
kamayishi uni ishlatishning asosiy davrining oxirida neft zaxiralaridan etarli 
miqdorda chiqarib olishni ta’minlashi kerak. Suyuqlikni maksimal sur’atda, ya’ni 
miqdorda chiqarib olish uchinchi bosqichda ham saqlanib qolishi mumkin. Ikkinchi 
bosqichda uyumlardan suyuqlik chiqarib olish sur’ati 7% dan kam bo’lsa, u holda 
uchinchi bosqichda, ba’zan ikkinchi bosqichning oxirida uni ko’paytirish tadbirlarini 
belgilash lozim bo’ladi. 
Shunday qilib, suyuqlikni chiqarib olish dinamikasi ko’pincha uyumning 
geologik-fizik sharoitlariga qarab aniqlanadi. 
Uyumni ishlatishning uchinchi bosqichida suyuqlikni chiqarib olish sur’atini 
kamaytirish yoki bir me’yorda saqlab turish qovushqoqlik darajasi past neftli va 
mahsuldorligi yuqori uyumlar uchun xosdir. Neftning qovushqoqlik darajasi past, 
mahsuldor qatlamlarining tuzilishi turli tarkibli va suv-neftli zonalari yirik bo’lgan 
uyumlardan katta miqdorda suyuqlik chiqarib olish mumkin. Suyuqlikni chiqarib 
olish sur’atining keskin ortib borishi qovushqoqlik darajasi yuqori bo’lgan neftli 
uyumlarda kuzatiladi. SHuni nazarda tutish lozimki, ko’pincha neft chiqarib olish 
sur’atining keskin pasayib ketishi qazib olinayotgan neftning barvaqt kamayib 
ketishiga va uyumni ishlatishning oxirgi bosqichiga o’tishiga asosiy sabab bo’ladi. 
Suyuqlikni chiqarib olishning maksimal sur’ati Volga-Ural ob’ektlarida yil 
davomida olinadigan zaxiralarning 12,3-12,6% ni va minimal sur’ati 3,2-4,0% ni 
tashkil etgan. 
Qatlamning suyuqlik o’tkazuvchanligi qanchalik yuqori bo’lsa, undan 
foydalanishning asosiy davridagi (I, II, III bosqichlarda) suyuqlik chiqarib olish 
sur’ati shuncha yuqori bo’ladi. Odatda yirik ob’ektlardagi uyumni ishlatish sur’ati 


298 
o’rta va kichik ob’ektlaridagidan past bo’ladi. Qovushqoqlik darajasi past neftlarni 
chiqarib olish sur’ati qovushqoqligi yuqori bo’lgan neftlarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Umuman olganda, bir xil sharoitlardagi kollektorlarning geologik-geofizik 
tavsifini va maksimal neft beraolishligini ta’minlash zarurligini inobatga olgan holda, 
yirik uyumlarning bloklaridan olinadigan neftning eng qulay sur’atlarini quyidagicha 
belgilash mumkin: 
1) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari 

chiqarib olinadigan neft 
zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 6-12% ortiq bo’lmasligi kerak; 
2) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari noqulay bo’lganda 

chiqarib 
olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 4% atrofida bo’lishi kerak. 
Uyumni ishlatishning ikkinchi bosqichining so’nggida (neftni chiqarib olish 
darajasi kamayishining boshlanishida) olinadigan neft zaxirasining 40-70%, 
uyumdan foydalanishning asosiy davrida esa 70-90% chiqarib olinishi kerak. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish