254
chegara ichra suv
bostirishni loyihalash zarur, aks holda ko’p sonli haydash
quduqlarini burg’ilash lozim bo’ladi, neftni chiqarib olish sur’ati boshlang’ich
olinadigan zaxiralarning 2,5% dan ko’p bo’lmaydi, bunday hollarda suvning katta
qismi neftlilik chegarasining tashqarisiga oqib o’tadi, shu sababli suyuqlik haydash
zonasini boshqa joyga ko’chirish ehtiyoji tug’iladi.
Chegara ichra suv bostirish
dastlab 1952-55 yillarda Rossiya Federatsiyasidagi Romashkino konida A.P.Krilov
tomonidan qo’llanilgan.
Bu metodda neftlilik chegarasi ichida
joylashgan
haydash
quduqlari
orqali
suv
haydaladi.
Uyumni
ishlatishning
bunday
sistemasi chegara tashqarisidagi va chegara
bo’ylab joylashgan zonalardagi qatlamning
o’tkazuvchanligi
yomon va neftlilik maydoni
juda katta bo’lganda qo’llaniladi, bunda faqat
chegara
tashqarisiga
suv
bostirish
bilan
chegaralanib bo’lmaydi (10.7-rasm).
Chegara ichra suv bostirish neft uyumini
ayrim maydonlarga,
bloklarga va uzunchoq
bo’laklarga bo’lib, mustaqil ishlatishda keng
qo’llaniladi. Uyumni ishlatishning bu metodi
neftli hamma maydonni bir yo’la samarali
ishlatish imkonini beradi.
Neft uyumini kesib
suv bostirish ko’p
afzalliklarga ega, bu metod konning markaziy qismlarini ishga tushirishda
ahamiyatli. Uyumni ishlatishning ushbu sistemasining samaradorligi uyumning
haydash quduqlari qatori bilan kesishgan joyini to’g’ri tanlashga bog’liq. Ular
yo’nalishini tanlashda, mahsuldor jinslarning litologik tarkibining regional o’zgarish
qonuniyatlarini va ularning kollektorlik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Kollektorlik xususiyatlari yo’l-yo’l ko’rinishda o’zgarsa, haydash quduqlari qatorini
ularni to’liq qamrab olish uchun ko’ndalang yo’nalishda joylashtirish kerak.
Agar mahsuldor qatlam yirik regional zonalarda qiyiqlansa yoki kollektor zich
jinslar bilan o’rin almashsa, u holda uyumni kesuvchi quduqlar qatorini qiyiqlanish
zonasi yoki kollektorlardagi o’rin almashish chegaralariga
perpendikulyar
joylashtirish lozim. Agar qatlamning litologik-kollektorlik xususiyatlari o’zgarishida
aniq qonuniyatlar kuzatilmasa, kesuvchi quduqlar qatori strukturaning uzun o’qiga
ko’ndalang yoki neftlilik chegarasi uzunligining asosiy yo’nalishiga perpendikulyar
joylashadi.
Haydash quduqlari qatorini juda qalin qatlamli, yaxshi kollektorlik xususiyatiga
ega bo’lgan erlarga joylashtirish lozim, bunday qilganda
haydash quduqlarini
o’zlashtirish jarayoni engillashadi hamda katta hajmdagi suvni qatlamga haydash
mumkin bo’ladi. Uyumni ishlatish jarayonining samaradorligi asosan qatlamga
haydalayotgan suv hajmi bilan belgilanadi.
Ishlatish quduqlari qatorini shunday joylashtirish kerakki,
toki haydalayotgan
suv egallagan maydon suv chiqarish maydoniga ro’para tursin. Ishlatish quduqlari
qatori orasidagi va quduqlar oralig’idagi masofalar kollektorlarning geologik tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: