252
Uyumni ishlatish chog’ida ishlatish quduqlari
qatori neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi,
bunda birinchi to’rt qatorning tashqi tomonidagi
ishlatish quduqlari samarali ishlaydi.
Agar uyum
o’lchami katta bo’lib, burmaning har bir qanotiga
to’rt qatordan ko’p ishlatish quduqlarini loyihalash
imkonini bersa ham, barcha quduqlar baravar
ishlagandagi samaradorlik
neftlilik chegarasidan
eng uzoqda joylashgan qatorlarda kam bo’ladi,
samaradorlikni oshirish uchun esa qatlamga
qo’shimcha energiya kiritish kerak bo’ladi.
Bunday holat to’rtinchi qatordagi quduqlar chekka
suvlarning tabiiy bosimini to’sib qo’yishi
natijasida yuzaga keladi.
Chegara tashqarisiga suv bostirish.
Suv
bostirish usullarining bir turi bo’lib, haydash
quduqlari mahsuldor qatlamning tashqi neftlilik chegarasidan ma’lum masofada
joylashtiriladi. Bunday suv bostirish usuli nisbatan
bir xil geologik tuzilishdagi,
kengligi kichik, neftining qovushqoqligi past va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan
qatlamlardagi uyumlar uchun alohida yoki yirik uyumlarni ishlatishda chegara ichra
suv bostirish usuli bilan birga qo’llaniladi.
Uyumni ishlatishning bu sistemasi dastlab 1948 yilda Rossiya Federatsiyasining
Tuymazin konida devon davri (D
1
va D
2
) qatlamlarini sanoat miqyosida ishlatishda
qo’llanilgan. Keyinchalik chegara tashqarisiga suv bostirish sistemasi Zolniy, Ovrag,
Bavlina, Shkapova va b. konlarda ham joriy etildi. Uyumni ishlatishning bu usuli
bilan tabiiy suv bostirish usuli orasida umumiylik mavjud bo’lib, ikkinchi usul
birinchisidan faqat qatlamning suvli qismida neftlilik chegarasi bo’ylab
qazilgan
maxsus haydash quduqlari mavjudligi bilan farqlanadi (10.5-rasm).
Hozir neft uyumini ishlatishda chegara tashqarisiga suv bostirish amaliyotda
keng qo’llaniladi. Bunda haydash va ishlatish quduqlari neftlilik chegarasi bo’ylab
halqasimon qatorlar ko’rinishida joylashtiriladi. Uyumni ishlatishning bunday
sistemasi platformada joylashgan yassi strukturalardagi maydoni kichik uyumlarni
ishlatishda samarali hisoblanadi. Chegara tashqarisiga suv bostirish yo’li
bilan
uyumni ishlatish sistemasini chegara tashqarisidagi maydonning neft olish zonasi
bilan gidrodinamik bog’liqligi yaxshi bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiq.
Chegara tashqarisiga suv bostirish metodini amaliyotda qo’llash oblasti xuddi
tabiiy suv bostirish oblastidagi kabi sabablarga muvofiq chegaralangandir,
chunonchi: neftlilik maydonining kengligi 5 km gacha bo’lganda burmaning har bir
qanotiga quduqlarni uch qatordan ko’p
qilib loyihalash mumkin, bunday hollarda
chegara tashqarisiga haydalgan suv markaziy quduqlarni energiya bilan ta’minlay
olmaydi. Odatda uyumning eng chekka qismlari yuqori mahsuldor hisoblanadi.
Kengligi 4-5 km dan katta bo’lgan uyumlarda chegara ichra suv bostirish yaxshi
natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: