206
Qatlam bosimining turli sanalardagi o’lchov
natijalari grafikda nuqtalarda belgilanadi (8.8-rasm).
Hosil bo’lgan nuqtalardan («pashsha» nuqtalar
diagrammasi)
bosimning o’rtacha (xronologik)
pasayish egri chizig’i tuziladi. So’ngra bu egri chiziq
bosimning pasayish sur’atini butun uyum uchun
tavsiflaydi, degan faraz bilan,
zarur sanada har
qanday quduq uchun taqribiy bosim qiymatini
aniqlash mumkin. Masalan, izobaralar xaritasi tuzish
kuniga (joriy yilning yanvar oyi uchun) 1 va 2
quduqdagi bosimni aniqlash talab etiladi. Bunday
holatda quduqlar bosimiga mos keluvchi nuqta orqali
bosimning o’rtacha pasayish egri chizig’iga
parallel
chiziq o’tkaziladi va talab qilingan bosim aniqlanadi.
Ravshanki, tavsiya etilgan usul taqribiydir.
Shuning uchun bosimni izobaralar xaritasini tuzish
sanasiga keltirish maqsadida bir-biriga yaqin bo’lgan
quduqlar ma’lumotidan foydalanish kerak. Agar
ma’lumotlar xarita tuzish sanasidan ancha avval
(mas., 6 oy oldin) olingan bo’lsa, ulardan
foydalanilmagani ma’qul. Quduqlarda qatlam bosimi
notekis o’lchangan va to’plangan
dalillarga
asoslangan ma’lumotlar qatlamning alohida mahalliy uchastkalariga tegishli bo’lsa, u
holda bosimni bir sanaga keltirishda ijobiy natijaga erishish uchun har bir quduqda
o’lchangan qatlam bosimining o’zgarish egri chizig’idan foydalaniladi. Ayrim
quduqlarning egri chiziqlari bo’yicha bosimni aniqlanayotgan sanaga keltirish usuli
yuqorida keltirilgan usulga o’xshash.
Ayrim quduqlarda bosimning notekis o’zgarishini ma’lum
sanaga keltirish
uchun qatlam bosimini o’rtacha pasayish egri chizig’idan foydalanish noto’g’ri
natijaga olib kelishi mumkin. Chunki quduqlardan suyuqlikning bir maromda
chiqarib olinmasligi va kollektorlarning litologik-fizik xususiyatlari (asosan uning
o’tkazuvchanligi)ning har xilligi ayrim quduqlarda bosimning pasayish sur’atining
turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.
Qatlamning yotish chuqurligi (tog’ jinsining qiyalik burchagi) quduq tubi
bosimiga ta’sir etadi (8.9-rasm). Bundan ko’rinib
turibdiki, pezometrik yuza
gorizontal holatda bo’lsa ham, ayrim quduqlar tubidagi bosim qiymati tog’
jinslarining qiyalik burchagi ta’sirida turlicha bo’ladi. Bosimning taqsimlanish
tafsilotini aniqlash uchun uni shartli yuza sifatida qabul qilingan dengiz sathiga
keltiramiz. Bunday holatda pezometrik yuza gorizontal bo’lsa, barcha quduqlardagi
keltirilgan
bosim qiymatiga
teng bo’ladi va keltirilgan bosimdagi har qanday,
hattoki juda oz miqdordagi nome’yorlikni ham oson aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: