«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

8.5-rasm. 
Gaz 
va 
suv 
quduqlaridagi bosim ma’lu-
motlariga ko’ra gaz-suv tutash 
yuzasini aniqlash sxemasi
1 – 
gaz; 2 – suv
8.6-rasm. Quduqlardagi bosim 
ma’lumotlariga ko’ra gaz-neft 
va neft-suv tutash yuzalarini 
aniqlash sxemasi 
1 – gaz; 2 – neft; 3 – suv


203 
Qatlamdagi boshlang’ich tabiiy barqarorlik uyumni ishlatishda yoki uni uzoq muddat 
sinov tariqasida ishlatish buzilganda bu formulalar qo’llanilmaydi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, hisoblash ma’lumotlariga asoslanib belgilangan 
tutash yuzalarning to’g’riligi quduqdagi bosimning to’g’ri aniqlanganligiga (birinchi 
galda monometrlar yordamida) bog’liq. Hisoblash yo’li bilan aniqlangan neft-suv 
tutash yuzasi holatining to’g’riligi qatlamning gazli va suvli zonalaridagi gaz-neft va 
ayniqsa gaz-suv tutash yuzalari holatini quduqdagi bosimni o’lchab olingan 
ma’lumotlarga asoslanib aniqlanganlariga nisbatan ishonchli bo’lmaydi. 
Hali foydalanishga topshirilmagan neft va gaz konlarida boshlang’ich bosimning 
taqsimlanishi uning turli qismlarida har xil bo’lishi mumkin. Boshlang’ich bosim 
qiymatlari orasidagi bu farq qatlamdagi suvlarning regional harakati bilan bog’liq. 
Holbuki, bosim gradientining qiymati ozgina o’garsa ham neft-suv yoki gaz-suv 
tutash yuzasining gorizontal holatining o’zgarishiga olib keladi (8.7-rasm). 
Masalan, G’arbiy Boshqirdiston va Janubi-SHarqiy Tataristondagi Tuymazin, 
Bavlin, Romashkin neft konlarida devon davri yotqiziqlaridagi suv-neft tutash 
yuzasining qiyaligi yaqqol kuzatiladi; shu bilan birga hamma konlardagi tutash 
yuzaning qiyaligi shimoli-sharqdan janubi-g’arbga, yer osti suvlarining regional 
harakatlanish tomoniga qaragan. Rossiya Federatsiyasining Stavropol o’lkasi, 
Kuybishev va Orenburg viloyatlari hududlaridagi gaz konlarida gaz-suv tutash 
yuzasining qiya holati qayd qilingan. Uyumning siljish balandligini yer osti 
suvlarining oqim yo’nalishi bo’yicha bosimining o’zgarishiga ko’ra gidrostatik 
bosim tenglamasidan foydalanib aniqlasa bo’ladi. 
Aytaylik I-I chiziqda (8.7-rasm) bosim r ga teng bo’lsin, u holda ushbu 
chiziqdan h
n
balandlikdagi V qanotda r
1
bosim quyidagiga teng: 
100
ρ
h
р
р
n
n
1



xuddi shu balandlikda A qanotdagi 
bosim r
2
esa mana bunday: 
100
ρ
h
р
р
s
n
2



u holda bosimlar farqi quyidagicha 
hisoblanadi: 
100
ρ
h
р
100
ρ
h
р
р
р
s
n
n
s
2
1






bunda neft uyumining siljish balandligi h
N
quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
n
s
2
1
n
ρ
ρ
)
р
100(р
h




(8.11) 
Gaz uyumining siljish balandligi h
g
esa 
g
s
2
1
g
ρ
ρ
)
р
100(р
h



tenglama orqali aniqlanadi. 
8.7-rasm. Neft uyumini siljishi 1 – suv; 2 – 
neft.


204 
Sof gaz uyumidagi gaz asosan metandan iborat bo’lgani uchun qatlam 
sharoitidagi gaz zichligini (suv bo’yicha) bosim 3 MPa bo’lganda 0,02, bosim 10 
MPa 

0,07 va bosim 15 MPa 

0,11 g/sm
3
ga teng deb qabul qilsa bo’ladi. 
Qatlam bosimi 15 MPa, qatlam suvi zichligi 1,11 g/sm
3
va bosimlar farqi 0,01 
MPa bo’lganda gaz-suv tutash yuzasining siljish qiymati quyidagiga teng: 
1
0,11
1,11
0,01
100
h
g




m. 
Bosimlar farqi 0,01 MPa va qatlam nefti zichligi 0,7 g/sm
3
bo’lganda neft-suv 
tutash yuzasining siljish qiymati quyidagicha aniqlanadi: 
2,5
0,7
1,1
0,01
100
h
n




m, 
neft zichligi 0,9 g/sm
3
ga teng bo’lganda esa 
5
0,9
1,1
0,01
100
h
n




m. 
Demak, qatlamdagi bosimlar farqi bir xil bo’lgan holatda tutash yuzaning siljish 
qiymati gaz uyumida eng kichik, engil neft uyumida katta va og’ir neft uyumida eng 
katta miqdorga ega bo’ladi. 
Rossiya Federatsiyasining Romashkin konida qatlam nefti zichligi 

0,815 g/sm
3
va qatlam suvlari zichligi 1,18 g/sm
3
bo’lganda neft-suv tutash yuzasining 7 m ga 
siljigani kuzatilgan. Buning uchun bosimlar farqi quyidagi qiymatga ega bo’lishi 
lozim: 
0,0256
100
0,815)
7(1,18
100
)
ρ
(
ρ
h
р
р
n
s
n
2
1






MPa. 
Shunday qilib, neft va gaz uyumlaridagi bosimlarni o’rganishdan ma’lum 
bo’lishicha, bosimning taqsimlanishi uyumni o’rab turgan qatlam suvlari bilan 
chambarchas bog’liq, bundan tashqari qatlam suvlarida bosim taqsimlanishining 
kichik o’zgarishi ham neft-suv yoki gaz-suv tutash yuzasiga sezilarli darajada ta’sir 
ko’rsatar ekan. 
Neft va gaz uyumlarini ishga solish va neft qazib chiqarishda yuqorida 
ko’rsatilgan qatlam bosimining taqsimlanishi buziladi. Neft va gaz uyumlarida bosim 
pasayadi, buning oqibatida atrofdagi maydonlarda qatlam suvlari bosimi kamayadi. 
Atrofdagi maydonlarda bosimning kamayishi Kuybishev va Orenburg viloyatlari 
hududlari chegarasida joylashgan Kalinov-Novostepanov konida bajarilgan maxsus 
tadqiqotlar natijasida isbotlangan. Uyum 10 yil ishlatilgandan so’ng 1951 yilda 
mazkur konning gaz qalpog’idagi bosim 1,3 MPa ga pasaygan. 1951 yilning 
oxirlarida kondan 2 km janubda razvedka qudug’i burg’ilanib, ushbu mahsuldor 
qatlamda joylashgan yangi gaz uyumi ochilgan. Uyumni tadqiq qilish natijasida shu 
narsa ma’lum bo’ldiki, undagi bosim Kalinov-Novostepanov konining boshlang’ich 
bosimidan 0,31 MPa past, gaz uyumining o’zi esa Kalinov-Novostepanov koni 
tomon siljib, qisqa vaqt mobaynida bu siljish vertikal yo’nalish bo’yicha 10 m ni 
tashkil etgan. 


205 
Bularning hammasi katta maydonlarda neft va gaz uyumlari mavjud bo’lgan 
qatlamning suvli qismidagi bosimning taqsimlanishini mukammal o’rganishni va 
qatlam bosimini nihoyatda aniqlik bilan o’lchashni taqozo etadi. SHu maqsadda 
qatlamning suvli qismidagi razvedka quduqlaridan suyuqlik oqimini olish uchun 
sinov ishlarini mukammal bajarish lozim, qolgan quduqlarni neft va gaz uyumlarini 
ishlatish jarayonida qatlam bosimi o’zgarishini uzoq muddat kuzatish maqsadida 
kuzatuv, ya’ni pezometrik quduqlarga aylantirish kerak. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish