8
– Quduq №. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Quduqning qazilgan oralig’i . . . m dan ___ m gacha. . . . . . . . . . . .
– Kernni chiqqan uzunligi. . . . . . . . . . . . . m . . . . . . . . . . . . . . . . . .%
– Namuna № . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Kern olingan muddat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Ochilgan jinslarning qisqacha litologik tavsifi. . . . . . . . . . . .
Yorliq oddiy qora qalamda to’ldiriladi. Agar belgilangan intervaldan kern
olishning iloji bo’lmasa yashikka yorliq qo’yilib, kern olinmaganligining sababi
yoziladi. Yashikka kern taxlangandan so’ng qopqog’i yopiladi.
Uning har ikkala
yoniga quduq raqami, kern olingan interval chuqurligi yoziladi, strelka bilan
kernning taxlash yo’nalishi ko’rsatiladi. So’ngra yashik kern o’rganiladigan
geologiya bo’limiga yuboriladi.
Kern olishda turli tipdagi kolonkali snaryadlardan foydalaniladi. Tarkibida
qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilmalar bo’lgan jinslarni burg’ilashda,
odatda
bir boshli kolonkali snaryad ishlatiladi. Bunday snaryadlar ishlatilishining
samaradorligi asosan jinsni maydalaydigan uskunaning turiga bog’liq. Odatda qattiq
foydali qazilmalarni burg’ilashda O’zbekiston Respublikasida qattiq qotishmali, pitra
(drob)li va olmosli koronkalar hamda kolonkali sharoshkali dolotolardan
foydalaniladi. Chaqiq va yumshoq jinslarni burg’ilashda esa tishli va qirrali
koronkalar ishlatiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan dolotolar konstruktsiyasi va
burg’ilash texnologiyasi kernni 100% olish imkonini bermaydi. Burg’ilanayotgan
jinslarning litologik tarkibiga va burg’ilash texnologiyasiga bog’liq holda
kolonkali
dolotolar yordamida 40-90% kern olish mumkin. Amaliyotda esa kern faqat 30-
40%gina chiqarib olinadi. Chaqiq terrigen jinslardan, ayniqsa mahsuldor
qumtoshlardan kern chiqishi 5-10%ga tushib qoladi, ba’zan qattiq gil va karbonat
jinslarda 60-80%ga etadi.
Burg’ilash oddiy dolotolarda olib borilganda
kern juda kam chiqadi, bunday
hollarda quduq devoridan yonlama namunaolgich yordamida jins namunalari olinadi.
Yonlama namunaolgich bilan quduq kesimining xohlagan chuqurligidan namuna
olish mumkin. Lekin, olingan namunaning o’lchami juda kichik (uzunligi 70 mm,
diametri - 30 mm) bo’lganligidan kolonkali doloto bilan olinadigan kern o’rnini bosa
olmaydi va o’rganilayotgan qatlam jinslari to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi.
Jinslarning neft-gazga to’yinganlik ehtimoli geofizik metodlar yordamida aniqlansa,
kesimning ushbu intervallarini yanada mufassalroq o’rganish zarur bo’ladi. Buning
uchun burg’ilash tugagandan so’ng quduq devoridan jins namunalari olinadi. Ba’zan
grunt namunalari burg’ilash jarayonida hamda quduqda kon-geofizikasi yoki boshqa
ko’rinishdagi tadqiqotlar o’tkazilganda ham olinadi.
Hozirgi vaqtda amaliyotda otuvchi yonlama namunaolgichlardan keng
foydalanilmoqda. Namuna nihoyatda tez olinishi bilan birga u ko’pincha bo’laklarga
bo’linib
yoki maydalanib, kukun holiga kelib qolishi yoki o’lchami juda kichik
bo’lishi mumkin. Bunday namunaolgichlar qo’llanganda kern chiqishi 50%ga etadi.
Yumshoq (qum-gilli) jinslardan kern chiqishi 100%ga etishi va o’z navbatida qattiq
9
(zich qumtosh, zich ohaktosh, angidrit va b.) jinslardan namunani umuman olib
bo’lmasligi mumkin. Shuningdek, parmalovchi yonlama
namunaolgichli snaryadlar
ham ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: