5.4.5 Qatlamlar xaritasini tuzish
Dengiz sathidan ma’lum chuqurlikda joylashgan va konning tuzilishida
qatnashgan qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishgan yuzasini ifodalaydigan
xarita
qatlam xaritasi
nomi bilan yuritiladi. Bunday
5.24 rasm. Qatlam xaritasini tuzish ushun bo’ylama
va ko’ndalang yo’nalishlarda tuzilgan geologik
kesmalar
(A.M.Agadjanov, 1958)
5.25 rasm. Shartli qatlam
xaritasini tuzishga misol
(A.M.Agadjanov, 1958)
89
xarita ko’ndalang va bo’ylama geologik kesmalar asosida tuziladi (5.24-rasm). Bu
kesmalar yordamida xaritada alohida qatlam va svitalarning chegaralari aniqlanadi.
SHuningdek, xarita tuzishda kesmaga tushmay qolgan quduqlar kesimlarining
barchasidan foydalaniladi. Buning uchun quduq kesimini kesib o’tuvchi gorizontal
tekislikning dengiz sathidan o’lchangan balandlik belgisini quduq og’zining dengiz
sathidan balandligi belgisi bilan qo’shib, quduq kesimi tekisligining kesib o’tadigan
joyi aniqlanadi (5.1-jadvalga qarang). So’ngra shu nuqtada qanday qatlam yotganligi
aniqlanadi va qatlamning nomi shartli belgi bilan quduqqa yaqin joyda xaritada o’z
aksini topadi.
Keyinchalik shu qatlamning maydoni chegaralanadi (5.25-rasm). Litologik
tarkibi o’zgaruvchan bo’lgan qatlamlarni o’rganishda qatlam xaritalari alohida
ahamiyatga ega.
5.4.6. Qatlamning litologik tarkibining o’zgaruvchanligini tavsiflovchi
xarita
Qatlamning
har
xilligini
ifodalash
maqsadida
litologik
tarkibning
o’zgaruvchanligi va zonal xaritalari tuziladi.
a) Kollektorlar litologik tarkibining o’zgaruvchanlik xaritasi
Ma’lumki, konlardagi mahsuldor qatlamlarning litologik tarkibi o’zgaruvchan
bo’ladi. Bu hodisa ayniqsa Ural va O’rta Osiyo konlarining mahsuldor qatlamlariga
xosdir. Ko’pchilik yirik neft konlaridagi mahsuldor qatlamlardagi qumtosh qatlarni
alevrolit, gilli alevrolit va argillitlarga o’tishi Tatariston va Boshqirdistondagi devon
davri neft konlarida yaxshi kuzatiladi.
Qumtosh va alevrolitlarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi har xil bo’ladi.
SHu sababli ularning neftga to’yinganligi ham turlicha bo’ladi, shunga ko’ra neft
quduqlarining mahsuldorligi ham bir-biridan farqlanadi.
Kollektorlarning litologik tarkibining o’zgaruvchanligini ifodalovchi xaritalarda
litologik tarkibi bir xil uchastkalar ajratib ko’rsatiladi, turli jinslar esa shtrixlar yoki
rang bilan ifodalanadi (5.26-rasm). Ko’pincha kollektorlar qalinligi haqidagi
ma’lumotlar bunday xaritalarga kiritiladi, ya’ni kollektorlarning litologik tarkibining
o’zgaruvchanlik xaritasi bilan qalinligini ko’rsatuvchi xaritalar birga qo’shiladi.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |