371
Natijada zaxiralarni hisoblashning hajmiy metodiga aniqlik kiritilib, uning
hajmiy-statistik varianti ishlab chiqildi. V.V. Bilibin neft zaxiralarini hisoblashda
matematik statistika asoslaridan foydalanishni taklif etdi.
XVII Xalqaro Geologik kongressda (XGK) (Moskva, 1937 y.) I.M.Gubkin
rahabarligida sobiq Ittifoqdagi neft zaxiralarini hisoblash bo’yicha juda katta
metodik, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ishlar bajarildi.
Neft zaxiralarini hisoblash metodlari rivojlanishi bilan
birga gaz zaxiralarini
hisoblash metodikasi ham takomillashtirildi. Ilmiy Akademiyaning Energetika
instituti tashabbusi bilan 1937 y.da M.A.Jdanov va S.V. SHumilinlar tomonidan
sobiq Ittifoq bo’yicha gaz zaxiralari birinchi marta hisoblab chiqildi. Gaz zaxiralarini
hisoblashda hajmiy metoddan tashqari bosim pasayish metodi ham keng qo’llanila
boshlandi.
Neft zaxiralarini statistik metod bilan hisoblashda boshlang’ich debitlarni
aniqlash muhimdir. Boshlang’ich debitlarni aniqlashda ishlab turgan qo’shni
quduqlar ma’lumotlaridan yoki qo’shni o’xshash qatlamlarda burg’ilangan quduqlar
bo’yicha to’plangan ma’lumotlardan foydalanish taklif etildi. SHuningdek,
quduqning ehtimoliy unumdorlik egri chizig’ini tuzish
metodikasiga ham ayrim
aniqliklar kiritildi.
Keyinchalik, yangi neft hududlarida zaxiralarni hisoblashning hajmiy metodi
kengroq qo’llanila boshlandi. Bu metodni takomillashtirish ishlari asosan hisob-kitob
qilish uchun dastlabki ma’lumotlarni aniqlash, ularga ishlov berish va o’rtacha
qiymatni hisoblash metodikasiga aniqlik kiritish yo’nalishlarida olib borildi. 1949
yilda M.A.Jdanov tomonidan material balans metodining asosiy holatlari chop etildi,
lekin bu metoddan etarli darajada foydalanilmadi.
1959 yilda M.A.Jdanov neft va gazning istiqbolli (bashorat) zaxiralarini sifat
jihatdan va miqdoriy baholash metodikasi bo’yicha to’plangan ma’lumotlarni
umumlashtirib nashr etdi.
Zaxiralar bo’yicha tuzilgan sobiq Ittifoq Markaziy komissiyasi, so’ngra zaxiralar
bo’yicha tuzilgan Umumittifoq komissiyasi va keyinchalik qayta nomlangan foydali
qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasi 1960-80 yillarda neft va gaz
zaxiralarini hisoblash metodikasining takomillashuviga yordam berdi.
Hozirgi vaqtda sobiq Ittifoqda va O’zbekiston Respublikasida 1983 yilda qabul
qilingan «Konlar, neft va yonuvchi gaz manbalarining
istiqbolli va bashorat
zaxiralari tasnifi» qo’llanilmoqda.
Zaxiralar tasnifi yer qa’ridagi neft va gaz zaxiralarini ularni geologik jihatdan
o’rganilganlik darajasiga va sanoat miqyosida o’zlashtirishga tayyorlanganligiga
ko’ra umumiy printsiplarga asoslanib hisoblash imkonini beradi. Zaxiralarni u yoki
bu toifaga kiritish ularning aniqlanganligining ishonchligiga, geologik sharoitlarni va
hisoblash ob’ektini o’rganilganlik darajasiga bog’liqdir.
1984 yilda sobiq Ittifoqda zaxiralar tasnifini qo’llash bo’yicha ishlab chiqilgan
yo’riqnoma talablarida neft va gaz konlarini
razvedka qilish va ishlatishda, ularni
qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarini loyihalashda hamda neft va gaz konlari
zaxiralarini hisoblash va Davlat Zaxiralar Komissiyasiga (DZK) taqdim etishda unga
rioya qilish majburiy deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: