O`zbekistonRespublikasiOliyvaO`rta MaxsusTa`limVazirligi BuxoroDavlatuniversiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiy ta`lim va turizmkafedrasi



Download 3,59 Mb.
bet2/3
Sana06.05.2017
Hajmi3,59 Mb.
#8354
1   2   3

Marina Barrage


8

Singapur hayvonot bog’i

18

Singapur tungi safari

9

Bukit timah tabiat qo’riqxonasi


19

Suv osti dunyosi

10

Markaziy catchment tabiat qo’riqxonasi


20

Baland dartaxtlar uchra sayohat macritchie qo’riqxonasi

Manba:To’plangan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi


Ko’rfaz bo’yidagi bog’ –singapurdagi eng katta yashil maskan hisoblanadi.

Ko’rfaz bo’yidagi bog’ singapur ko’rfazidagi katta ,rang-barang bo’gdir. Mashhur super daraxtlar bog’ bo’ylab falak uzra sayohat qilish imkonini beradi. Daraxtlarning balandligi 35 metrni tashkil etdi va buyerga piyoda yoki lift orqali chiqish mumkin. Bu daraxtlarda ovqatlanish joylari ham mavjud.Katta o’lchamidagi dengiz chig’anog’i shaklida qurilgan issiqxonalar chilli tog’laridagi iqlimni o’zida mujassamlashtirgan va buyerda yuzlab daraxt va o’simliklarni kashf etish mumkin.Bu destintsiya ham bolalar ,ham kattalar uchun juda qiziqarli .

Bog’da sayr qilish unchalik qimmat emas .Lekin dengiz chig’anog’i ichida sayr qilish va super ulkan daraxtlar ustida sayr qilish kattalar uchun 28 singapur dollarini va bolalar uchun 15 singapur dollarini tashkil etadi.bog’ soat 9:00 dan soat 21:00 gacha iashlaydi. Soat 19:00 va 20:45 da bog’da musiqali tomosha bo’ladi.

2.10-rasm

Ko’rfaz bo’yidagi bog’ning ko’rinishlari



inside the flower domegardens by the bay

the supertree grove

Manba:www.singapore.com

Singapur tungi safarisi dunyo standartlariga mos keluvchi atraksion bo’lib ,tashrif buyuruvchilar uchun sayr-tomosha va qiziqishni uyqotadi.Bundan ko’zlangan maqsad jonivorlarni yovvoyi tabiat qo’ynida va tutqunlikda yashash sharoituni yaxshilash va ularni qutqarib qolish yo’llarini yaxshilashdan iborat.Tungi safri davomida erkin tabiat qo’ynida yashayotgan Osiyo,Afrika,Yevropa va Amerikadan keltirilgan hayvonlarni ko’rish mumkin.Bu atraksionning o’zi Singapurni Osiyodagi eng g’amxur,samimiy ,do’stona mamlakat degan obro’ni olib keladi.Singapur tungi safarisi soat 19:30 dan 24:00 gacha ishlaydi.

2.11- rasm

Tungi safari xaritasi

http://cache.graphicslib.viator.com/graphicslib/3695/sitours/maps/singapore-zoo-night-safari-tour-with-optional-buffet-dinner-in-singapore-32735.jpg

Manba:www.singopore.com



2.3.Ekoturizm Kosta Rika davlati misolida

2.12- rasm

Kosta rika xaritasi

Kosta rika dunyoda ekoturizmni o’zining milliy boyligini saqlab qolish va rivojlanish strategiyasi sifatida qabul qilgan davlatlardan biri hisoblanadi.Kosta rika boshqa rivojlangan davlatlar bilan solishtirilganda ,ekoturizm industriyasi ko’lamining kengligi va rivojlanganligi bilan ajralib turadi.https://encrypted-tbn1.gstatic.com/images?q=tbn:and9gcq66yk-f9tj6gpit5gobx5tw58u4upgogo6yfj1rpkhtithe-kh0q

Yillar davomida kosta rika dunyodagi birinchi ekoturizm destinatsiyasi sifatida reputatsiyaga Manba :www.google map.com

ega bo’ldi.Kosta rikaning ekoturizm destinatsiyasida sifatida mashhur bo’lishiga asosiy sabablardan biri bu u yerda barcha tarkibiy qismlarning mavjud bo’lishidir. Kosta rika ajoyib milliy parklarga ,barqaror demokratik hukumatga,yoqimli iqlimga va samimiy ,g’amxo’r kishilarga ega.Kosta rika infrastrukturasi ham rivojlangan davlatlar bilan tenglasha oladi.U o’zining xalqaro aeroportiga ham ega. Kosta rika milliy resurslar ,sohillar,tog’lar,g’orlar, sharsharalar,vulqonlar ,daraxtlar va tropik o’rmonlar bilan siylangan. Tropik o’rmonlari Kosta rikani dunyodagi biologik xilma-xillikka ega maskanga aylantirdi.

Ekoturizm Kosta rikada 1970-yillarda muqobil ravishda o’sib kelayotgan edi.1980-yillarda hukumatning qo’llab –quvatlashi va xalqaro valyuta fondi,jahon banki yordamida yanada gulladiva dovrug’ qozondi.Kosta rika hukumati ekoturizm industriyasiga invistitsiya kiritdi va 1984-yilda muhim qonun majmuasini qabul qilshdi va bu mehmonxonalar,havo yo’llari,mashinalarni ijarga beruvchi agentliklarga,sayyohlik agentliklariga va dengiz transportlariga imtiyozlar va soliqlarning pasayishiga olib keldi.

2.13-rasm

Turistlar oqimi

http://www.umich.edu/~csfound/545/1998/narayans/fig01.gif
Manba:Costa rika tourizm board
EKOLOGIK TASIRLAR

Kosta rikaning milliy parklar sistemasi ekoturizm industriyasining tayanchi hisoblabadi.Birinchi qo’riqlanadigan joylar 1963-yilda ,birinchi 4ta milliy park 1970-1971-yillarda tashkil etilgan.Bugungi kunga kelib qo’riqxonalar soni 230dan ortiq milliy parklar 30tani tashkil etadi.Milliy parklar va qo’riqxonalar turli ekosistemalarga taluqli bo’lgan flora va faunaga ega .Kosta rikada qushlarning 850 turi,daraxtlarning 1260 turi ,arxideyaning 1200 turi,sut emuzivchilarning 270 turi sudralib yuruvchilarning 35000 dan ortiq turlari mavjud.


2.14- jadval

Kosta rika milliy parklari va qo’riqxonalari




Milliy parklar

Qo’riqxonalar

1

Santa Rosa

11

Manuel Antonio

A

Bolaños Island Refuge

J

Pájaros Islands

Reserve


2

Guanacaste

12

Ballena

Marine


B

Caño Negro Refuge

K

Carara Reserve

3

Rincón de la Vieja

13

Chirripó

C

Barra del Colorado

Refuge


L

GandocaManzanillo Refuge

4

Tortuguero

14

La Amistad

D

Lomas Barbudal

Reserve


M

Caño Island

Reserve


5

Las Baulas de

Guanacaste



15

Cahuita

E

Peñas Blancas Refuge

N

Golfito Refuge

6

Palo Verde

16

Corcovado

F

Ostional Refuge

O

Hitoy-Cerere

Reserve


7

Barra Honda

17

Juan Castro

Blanco


G

Cabo Blanco Absolute

Reserve


P

Dr. Rafael Lucas

Rodriguez

Caballero

Refuge


8

Poás Volcano

18

Arenal

H

Curú Refuge

Q

Guayabo National

Monument


9

Braulio Carrillo

19

Tapantí

I

Guayabo & Negritos

Islands Reserve



10

Irazú Volcano

20

Cocos Island

Manba: Costa rika tourism board


Ekoturizm sohasida milliy parklar va qo’riqxonalar muhim o’rin tutadi.Kosta rika da ekoturizm faolliyati milliy parklar va qo’riqonalarda yoki ularning yonida sodir bo’ladi.Shaxsiy qo’riqxonalar Kosta rikaning tabiiy resurslari va flora –faunasini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.28 ta shaxsiy qo’riqxonalarga ega bo’lgan kishilar ekoturizm bo’yicha ma’lum bir bilimga ega . La Selva, Rara Avis, va Monteverdebulutli o’rmoni kabi shaxsiy qo’riqxonalar muhim atraksionlar bo’lib davlat tomonidan rag’batlantirildi.San josedagi tropik fan markazi tomonidan tashkil etilgan Monteverde bulutli o’rmoni juda mashhur va ko’p tashrif buyuriladigan joylaridan biri .Monteverde har yili 50 000ta sayyohni xizmat ko’rsatadi.Bu ko’rsatgich yildan yilga o’sib kelmoqda.Ko’pchilik fikricha Monteverde omadli ekoturistik destinatsiya . Uning omad kalitlaridan biri bu parkdan keladigan 95% daromad ilmiy izlanishlarga, jamg’armalarga ,park ishlariga ishlatiladi.

Kosta rikadagi Langloz va Brandon nomli shaxsiy qo’riqxonasi 1.4million aqsh dollari miqdordagi mablag’ni ishlashga muavvaq bo’ldi. Bu qo’riqxona yuqori sifatli amaliyot ni taminlaydi va bu bir kechada o’rtacha 160$ni tasahkil etadi.Badavlat kishilarga bo’ljallangan bo’lib,O’rmon ichida dabdabali xizmat ko’rsatiladi va 14 ta bir qavatli uylar tashrif buyuruvchilar uchun xizmat qiladi

Ekoturizmning yana bir muhim bir tarkibiy qismlaridan biri bu ekologik bilimdir.

Tur operatorlar,milliy parklar, shaxsiy qo’riqxonalar yoki ekoturizmga bog’liq bo’lgan faoliyat turlariga ta’lim bir-birdan farq qiladi.Bilim ekoturizmda eng ahamiyatli element hisoblanadi chunki bilim kishilarning tabiat haqidagi dunyoqarashning kengayishiga olib keladi va ularning tabiat haqida boshqacha ko’z bilan qarashga undaydi.Ekologik bilimlarning oddiy shaklllarini bilimli tur gidlardan olish mumkin.Turistga bilim berish va mahhalliy aholiga iqtisodiy naf keltirishning eng samarali yo’li bu mahalliy gidni yollash hosoblanadi.Mahalliy gidlarning xorijiy gidlardan farqi va foydali tomoni shundan iboratki ,ular o’zlarining ekologiyalari,tabiatlari va madaniyatlari haqida yaxshiroq bilishadi.

Ekologik bilimning ortishi tabiatni asrash va saqlab qolish haqidagi muammolarni yechishga yordam beradi va bu tabiat manzalaridan kelajak avlod ham bahramand bo’ladi.jamiyatning o’qimishli bo’lishi va ekoturizmning Kosta Rika uchun naqadar muhimligini tushunishi , uzoq yillar davomida shahar iqtisodiyotining o’sib borishiga turtki bo’ladi.

IQTISODIY TA’SIRLAR

Ekoturizm bu tabiatni qadrlash yo’li ,ekologik iqtisodiyotning eng muhim tamoyilidir.Ekoturizm Kosta rikada rivojlanib ketdi. Buning asosiy sababi qishloq xo’jaligi,chorvachilik, ov qilish va ommaviy turizmdan ko’ra ko’proq foyda keltirdi. Parklarga kirish uchun to’lanadigan pullar va boshqa turgadi daromad himoya ostidagi yerlarga ko’proq iqtisodiy qiymat berdi va bu yog’och savdosidan ko’proq foyda keltirdi.Uzoq muddatli katta ko’lamdagi tabiiy resurslarini ekspluatsiya qilish jarayonida Kosta Rika tabiiy boyliklarining naqadar muhimligini tushundi, qaysiki maydoning to’rt bir qismi himoya ostiga olingan va bir qancha xalqaro tabiatni muhofaza qilish bo’yicha sovrinlarga ega bo’ldi.

Mahalliy jamiyat ekoturizm ularning yashash darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga ,mahilliy bisnesning rivojlanishi ,ish o’rinlarining ortishi va daromadlarining ortishiga ishonsagina bu sohani yaxshi kutib oladi.Buning eng yaxshi yo’llaridan biri bu sohasadan keladigan daromadni to’g’ri taqsimlash va mahalliy aholi va tashkilotlarni boshqaruv va bisnes foliyatidagi ulushini ko’pasytirishdan iborat.Monteverde bulutli o’rmoni xususiy qo’riqxonasi bunga misol bo’la oladi.

Izlanishlar shuni ko’rsatadiki,Monteverde bulutli o’rmoni xususiy qo’riqxonasi qilgan daromad Kosta Rikadagi barcha ekoturistik joylar daromadining yig’insidan ko’proqni tashkil etadi.Monteverdeda oilaviy daromadning ulushi juda yuqori va mahalliy aholining yashash sharoiti ham yaxshiroq boshqalarga nisbatan.Shu sababli chetdab keladigan kishiga emas mahalliy aholini ish bilan taminlab uni yaxshi maosh bilan taminlash kerak.

Ekoturizmning salbiy tasiri shundan iboratki u mahalliy aholi uchun narxlarning qimmat bo’lishiga olib keladi.Bu masalani Tortuguero misolida ko’rib chiqamiz.

Tortuguero milliy parki o’z faoliyatini 1975 yilda dengiz toshbaqalarini ashrash maqsadida boshlagan.Mahaliy korxonalar keladigam turistlarga xizmat ko’rsatish istagini bildirdilar,lekin ularda bunday imkoniyat yo’q edi.Xorijiy investirlarning kirib kelishi mahalliy korxonalarning mablag’ni yig’ib sohaga jalb qilishlariga imkon bermadi.Shuningdek hukumat mahalliy korxonalarni qo’llash o’rniga xorijiy investirlarni qo’llab quvatladi.Natijada foydani ko’roq xojiy investirlar qildi.Bundan tashqari to’g’ri marketing olib borish kerak.

IJTIMOIY TA’SIRLAR

Ekoturistik loyihalarni tuzishda mahalliy jamoat tashkilotlarininh qatnashuvi asosida olib borilishi kerak. Bu loyihaning shu hududda yashovchilarga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o’rgangan holda ishlab chiqish kerak bo’ladi.Agar rejalashtirish jarayoning boshidan mahaliy jamoa tashkilotlari jalb qilinsa kelajakda kelishmovchilik va noto’g’ri ma’lumot berish ehtimolligi kamayadi.

Ta’lim berish va mashq qilish sistemasi rivojlantirilishi kerak qachonki ular turizm sohasida ishlashga tayyor va qodir bo’lishsin.Til ,atrof muhit va tabiat tarixi haqida chuqur bilimlar berilishi lozim.Shunga mos ravishda ish ham paydo bo’ladi.

1980 - yillardan deri Kosta Rika turistik mamlakar sifatida har yili 1 millionda ortiq turistni o’ziga jalb qilib keladi.Yillik turizm industriyasidan kelgan daromad 1,200 million dollarni tashkil etadi. Mamlakat asosan tabiat ishqibozlariga xizmat ko’rsatdi.Ekoturizm mamlakatning rivojlantirish strategiyasining yetakchi g’oyasi hisoblanadi.Biz bo’limda Kosta Rikaning 4 ta hududi-Manuel Antonio regioni,Monteverde regioni,Tortuguero regioni,ASCOMAFOR(ekoturizm nodavlat tashkilotiAsociacio´n Comunal para el Manejo Forestal tomonidan yo’lga qo’yilgan ) regionlaridagi ekoturizmning rivojlanish holatini ko’rib chiqamiz.

Manuel Antonio regionida 1960chi yillardan,Monteverde va Tortuguero regionlarida 1980chi yillardan, ASCOMAFOR regionida esa 1990 –yilning oxiridan boshlab turizm rivojlana boshlagan.

Manuel Antonio regioni Kosta Rikaning tinch okeani sohilida joylashgan .1960-yilda San jose va Queposni birlastiruvchi yo’lning qurilishi hududda turizmning rivojlanishiga turtki bo’ldi.Kirish yo’llarining qulayligi invistisiyalarning ko’payishiga va shahar tabiatining go’zalligi Mamlakatdagi eng ko’p tuistlar tashrif buyuradigan maskanlardan biriga aylantirdi.Mahalliy jamoalar talabiga asosan hukumat sohil bo’yi o’simliklarni asrash maqsadida rekreatsion park tashkil etidi.Keyinchalik turizm ketiradigan zararni olindi olish maqsadida rekreatsion park milliy parkka aylantirildi.1979 yilda milliy parkka 30000 kishi tashrif buyurdi.1980-yillarda Manuel Antonio regionida shimoliy amerikaliklar turizm bisnesini boshladi va bu turizm industriyasining ommalashib ketishiga sabab bo’ldi.2003-yilda xorijiy turistlar soni 200000 ga yetdi.Shundan beri xorijiy turistlar soni yildan –yilga oshib kelmoqda.Manuel Antonio regioni faqatgina ekoturizmga asoslangan emas.Ankersmid va Kelderlarnig tadqiqot natijalariga ko’ra 61% turist tabiat va sohillarning birlashmasiga qiziqib kelgan bo’lsa ,17% turist faqatgina hududda mavjud bo’lgan tabiat manzarasini tomosha qilish uchun kelishlarini aytishgan.

Monteverde regioni Costa Rikaning shimoliy g’arbiy qismida,Tilaram tog’ tizmalarinig etagida joylashgan.Tropik Montane bulutli o’rmoni ,dunyodagi eng Qo’rqinchli ekosistema,Monteverde maydonining ko’pgina qismini qoplab olgan. Bu yerda 3 ta muhofaza qilinadigan joylar mavjud.Ular:Montane bulutli o’rmoni muhafazasi(MCFP 1972 til tashkil topgan) ,Bosque Eterno de los Nin˜os(BEN 1986 yil tashkil topgan) vaSanta Elena maxsus qo’riq hududi(SER 1992 yil tashkil topgan.) ilmiy turizm monteverdeda allaqachon boshlangan bo’lsada lekin 1980 yilgacha tijorat turizmi rivojlanmagandi.1978-yilda BBC tomonidan tayyorlangan ko’rsatuv ham turizmning rivojlanishiga turtki bo’ldi.Bosque Eterno de los Nin˜os vaSanta Elena maxsus qo’riq hududining tashkil etilishi hududda ekoturizmning rivojlanishifa turtki bo’ldi. Transport qatnovida mavjud bo’lgan muammolar tufayli bu hududda Manuel Antonio regionidagiday turistlar oqimi soni yuqori emas edi.Montane bulutli o’rmoni muhofazasiga 2000 yilda 55000 turist tashrif buyurdi.2004 yilda bu ko’rsatgich 75000 ga yetdi.

Tortuguero regioni Karib sohilida joylashgan . Bu hududga yetib borish uchun qayiqda 45 daqiqalik yo’l bosib o’tish kerak.Regionnig asosiy ekotizimi botqoqlik va tropik o’rmonlar birlashmasidan tashkil topgan.2600 turdagi o’simlik va daraxt turlarini uchratish mumkin.Tortuguero milliy parki dengiz toshbaqalarini himoya qilish maqsadida 1975 yilda tashkil etilgan.1980 chi yilarning oxirida hudud o’ziga kam sonli turistlarni jalb qila boshladi. 1996 yildan beri Tortuguero milly parkiga tashrif buyuruvchilar soni 9000 ni tashkil etgan bo’lsa ,2004 yilga kelib bu ko’rsatkich 80000 ga yetdi. Shu yilar davomoda tashrif buyurganlarning 90% xorijiy turistlar edi. Ular ekoturizm ishqibozlari edi.Tabiiy so’lim maskanlardan tashqari hududda hech qanday turistik atraksionlar mavjud emas.Bu yerga ko’pchilik turistlar San Xose tur paketi orqali kelishadi va buyerdagi sayohat 1 kecha kunduzni tashkil etadi.

ASCOMAFOR jamoaviy rivojlantirish va tropik past-tekisliklar va o’rmon himoyasiga yo’naltirilgan.ASCOMAFOR Alajuela provinsiyasida joylashgan bo’lib ,San Xosedan 3,5 soatlik yo’l.2001 yilda ASCOMAFORQuebrada Grande, Santa Elena, Garabito and San Marcos jamiyatlari bilan hamkorlikda jamoaga asoslangan turizm loyihasi bo’yicha ish boshladilar.Ular eko-ta’lim bilan birgalikda ishladilar.4 ta jamoa har biri mustaqil ravishda turistlarni qulayliklar bilan taminlashga harakat qildilar.ASCOMAFOR ularni turizmni rag’batlantirish va resurslar bilan taminlagan holda birlashtirdi. Har yili 850 ta turist Kosta Rikalik oilalar bilan yashadi va madaniy,ekolagik va bog’dorchilik dasturlari bo’yicha kuzatdilar. Barcha tashrif buyuruvchilar xorijiy turistlar hisoblanadi.

Manuel Antonio regionida tabiat turizmning iqtisodiy aspektlarida oldida ikkinchi darajali bo’lib qoladi ,ekoturizm instituti bo’lishiga qaramay.Turistlarning ekologik bilimlari ham juda past.

Monteverde regionida qo’riqlanadigan maydonlar mahalliy aholi shuningdek turistlar uchun ekologik bilim olish imkonini beradi.

Tortuguero regionida turistlar va shu yerlik bolalar ekologik jihatdan bilimdom lekin kattalar bu jihatdan ulardan orqada deyish mumkin.

ASCOMAFOR da ekologik bilimning oshishi turistlar tajribasi bilan birlashgan va bu turistlarning haqiqatdan ham ekologik bilimga ega bo’lishiga olib keladi. Turizmdan kelgan daromadning bir qismi bolalarda ekologik bilim va ko’nikma hosil qilishlari uchun mahally maktab fondlariga o’tkaziladi.

Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak:



  • Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak

  • Xususiy sektorlar tabiiy resurslarniasrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak

  • Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim

  • Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.

Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin.

2.15- jadval

Ekoturizmni rivojlantirishning potensial ijobiy va salbiy tomonlari





Ijobiy tomoni

Salbiy tomoni

Ekologik ta’sirlar

Tabiatning asralishi

Ekologik bilim va qiziqishning o’sishi



Yerning yemirilishi

Bioxilma xillikka zarar yetishi


Axlat va oqava suvning ko’payishi
Havoning ifloslanishi

Iqtisodiy ta’sirlar

Xorijiy valyuta almashinishi, ish
Iqtisodiy turli-tumanlik(diversifikatsiya)

Iqtisodiy oqsash
Resusrlar yo’qolishi va natijada qaramlikning o’sishi
Inflyasiya

Ijtimoiy ta’sirlar

Yaxshilangan ta’lim

Yaxshilangan shart-sharoitlar


Jamoaviy tashkilotlarni qo’llash
Mahalliy madaniyatning kuchayishi

Jamoaviy tadrijiylikning yo’qolishi
Mahalliy madaniyatning tahqirlanishi
Jinoyatchilik darajasining oshishi,giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar istemolining ko’payishi
Mahalliy aholining imkoniyatlardan foydalanish huquqidan mahrum bo’lishi

Manba:muallif ishlanmasi



III BOB.O’ZBEKISTONDA XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANGAN HOLDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

3.1.O’zbekistonda mavjud bo’lgan ekologik resurslar va ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy huquqiy jihatlari
Bugungi kunda muhofaza ostiga olingan tabiiy hududlar ekologik turizmning asosiy bo'g'ini hisoblanadi.O‘zbеkistоndа turli dаrаjаdа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiyhududlаrning umumiy mаydоni 20,6 ming km2 ni tashkil etadi.

Hоzirgi pаytdа muhоfаzа qilinаdigаn hududlаr tizimi tаrkibigа umumiy mаydоni 2164 km2 9 tа dаvlаt qo‘riqxоnаsi, mаydоni 6061 km2 bo‘lgаn 2 tа milliy pаrk, mаydоni 12186,5 km2 bo‘lgаn 9 tа dаvlаt buyurtmaxonalari, 1 tа rеspublikа nоyob hаyvоnlаri ko‘pаytirish mаrkаzi kirаdi.

Qo‘riqxоnаlаr mаmlаkаtning muhоfаzа qilinаdigаn xududlаri tizimini

10 % izini tаshkil qilаdi. O’zbekiston faunasining turlari ko’p bo’lib, sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruvchilarning 58 turi, qushlarning 424 turi mavjud. 2011-yilda chop etilgan O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi (kenja turlar bilan 51 ta), sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3turi, molluskalarning 14 turi, bo’g’imoyoqlilarning 61 turi (kenja turlar bilan 62 ta) kiritildi. Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma'lumotlariga qaraganda, Ozbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq osimlik turlari mavjud bo'lib, ulardan 9% endemiklar, ya'ni faqat bizning yurtimizga xosdir. Bulardan tashqari, Ozbekiston Osiyoning qoq markazida, joylashgani bois ekoturizm rivojlanishi uchun qulay geoturistik sharoitga ega.

Quyidagi jadvalda biz O`zbekiston Respublikasining muhofaza etadigan tabiiy hududlari ro`yxatini ko’rishimiz mumkin

O‘zbеkistоn rеspublikаsining muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаri 3.1-jadval






Rаsmiy nоmi, tаshkil etilgаnyili

Jоylаshgаn mаnzili

1

Chоtqоl tоg‘-o‘rmоn biоsfеrа

qo‘riqxоnаsi (1947 y.)



Tоshkеnt vil. Оhаngаrоn vа Tоshkеnt tumаnlаri.

2

Hisоr tоg‘ аrchа (1983 y.)

Qаshqаdаryo vilоyati Yakkаbоg‘vа Shаhrisаbz tumаnlаri.

3

Zоmin tоg‘ аrchа (1926, 1960 y.)

Jizzаx vilоyati Zоmin vа Bаxmаltumаnlаri.

4

Bаdаy to‘qаy tеkislik. To‘qаy(1971)

Qоrаqаlpоg‘istоn rеspublikаsi, Bеruniy tumаni.

5

Qizilqum to‘qаy, qum (1971)

Buxоrо, Rоmitаn tumаni, XоrаzmDo‘stlik tumаni.

6

Zаrаfshоn vоdiy, to‘qаy(1979)

Sаmаrqаnd vilоyati Bulung‘ur vа Jоmbоy tumаni.

7

Nurоtа biоsfеrа qo‘riqxоnаsi(1979)

Jizzаx vilоyati Fоrish tumаni.

8

Kitоb gеоlоgiya qo‘riqxоnаsi(1987)

Qаshqаdаryo vilоyati Kitоbtumаni.

9

Surxоn tоg‘-o‘rmоn (1987)

Surxоndаryo vilоyati Tеrmiz vа Shеrоbоd tumаni.

Dаvlаt milliy pаrklаri




Rаsmiy nоmi, tаshkiletilgаn yili

Jоylаshgаn mаnzili

1

Zоmin xаlq pаrki (1976)

Jizzаx, Zоmin tum

2

Ugоm-CHоtqоl tаbiiymilliy pаrki (1990)

Tоshkеnt vilоyati. Bo‘stоnliq, Pаrkеnt, Оhаngаrоn tumаni.

Nоyob yovvоyi hаyvоnlаr yеtishtirish mаrkаzi




Rаsmiy nоmi, tаshkiletilgаn yili

Jоylаshgаn mаnzili

1

Jаyrоn ekоmаrkаzi

Buxоrо vilоyati.

Dаvlаt tаbiаt yodgоrliklаri




Rаsmiy nоmi, tаshkiletilgаn yili

Jоylаshgаn mаnzili

1

Vаrdаnzе (1975-1983)

Buxоrо vilоyati.

2

Yozyovоn (1991)

Fаrg‘оnа vа Nаmаngаn vilоyati

Dаvlаt buyurtmaxonalari




Rаsmiy nоmi, tаshkiletilgаn yili

Jоylаshgаn mаnzili

1

Аrnаsоy (1983)

Jizzаx vilоyati

2

Qоrаko‘l (1980)

Buxоrо vilоyati.

3

Sаyg‘оq (1991)

Qоrаqаlpоg‘istоn rеsp.

4

Sudоchi (1991

Qоrаqаlpоg‘istоn rеsp.

5

Sаrmish (1991)

Nаvоiy vilоyati

6

Qоrаqir

Buxоrо vilоyati.

7

Qаrnоb cho‘l

Sаmаrqаnd vilоyati

8

Qo‘shrаbоt

Sаmаrqаnd vilоyati

9

Dеngiz ko‘l

Buxоrо vilоyati.

Manba:Ekоlоgikturizm .R.Hayitboyev,U.Matyoqubov.O‘quvqo‘llаnmа Tоshkеnt-2011

Buyurtmaxonalar аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаrning 3-tipi

hisоblаnаdi. Ulаrning qo‘riqxоnаlаrdаn fаrqi tаbiаt оb’еktlаridаn vа

ulаrning rеsurslаridаn xo‘jаlik mаqsаdlаridа mа’lum mаvsumlаrdа tаbiаtgа

zаrаr еtkаzmаsdаn fоydаlаnishgа ruxsаt bеrilаdi. Bir vаqtning o‘zidа tаbiаt

оb’еktlаrni vа ulаrning bo‘limlаri, аyrim hаyvоn vа o‘simlik turаlаri

muhоfаzа qilinаdi.

Dаvlаt buyurtmaxonalari muhоfаzа xududlаrini 39% izini tаshkil qilаdi.

Bu buyurtmaxonalargа tаshrif burаyotgаn turistlаrning tаshrifi yildаn yilgа оrtib

bоrishi kuzаtilmоqdа. Bu esа ulаrning mоddiy tеxnik bаzаsini yanаdа

rivоjlаntirishgа xizmаt qilmоqdа.

Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda. Respublikamizda ekoturizm bilan bog’liq betakror go`zal tabiat, turfa xil hayvonot va nabotot dunyosi, noyob arxeologik topilmalar, poleontolik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar, shuningdek, betakror me`moriy obidalar mavjudki, bular turizm bilan birga ekoturizmning ham keng miqyosda rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu tabiiy va inson bunyodkorligi evaziga yaratilgan turistik resurslar insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatini hamda olam va odam birligini mustahkamlovchi tafakkur tarzini tiklashda foydalanish vositalari bo`lib xizmat qiladi.



Statistik ma’lumotlarga qaraganda, yurtimizga kelayotgan sayyohlarning 41 foizi O‘zbekistonning aynan ekologik boyliklari bilan tanishish maqsadida tashrif buyuradi

Jahon Turistik Tashkiloti ma'lumotlariga kora, Ozbekistonga 2012-yilda 1,6 mln ,2013-yilda esa 1977600 turist kelib ketgan, amalda esa O'zbekiston turistik resurslari har yili 2 mln dan ortiq turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.

«O’zbekturizm» Milliy Kompaniyasi ma'lumotlariga kora, 2012-yilda turistik xizmatning hissasi O'zbekiston Yalpi Milliy mahsulotining bor yo'gi 5,6% tashkil etdi. O`zbekistonda ekologik turizmning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi asosiy omillaridan biri - muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturistlar uchun qulay ekoturlarning yaratilmaganligidadir.

Mаmlаkаtimizdа kеyingi yillаrdаоnа-tаbiаtni аsrаsh, biоlоgik turlаrni sаqlаb qоlish bоrаsidа bir qаtоr tаdbirlаr аmаlgаоshirildi. O‘zbеkistоndа 2001-2005 yillаrdа G‘аrbiy Tyan-Shаnning biоlоgik turlаrini аsrаsh bo‘yichа xаlqаrо bаnk-GEF lоyihаlаri vа xаlqаrо lоyihа EuropeAid lоyihаsi аmаldа bo‘ldi. Bu lоyihаlаr аtrоf muhitni muhоfаzа qilish, mаhаlliy аhоlini turizmgа jаlb qilish bilаn bеvоsitа bоg‘lаngаn.

2006-yil 17-aprelda Prezident Islom Karimovning «Ozbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari togrisida» gi 325-sonli qarori qabul qilindi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Mirzo Ulug'bek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti olimlari bilan birgalikda «Ozbekistonda ekotruizmni rivojlantirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqdi.

O‘zbеkistоn rеspublikаsi tаbiаtni muhоfаzа qilish, tаbiаtdаn fоydаlаnish vа ikki tоmоnlаmа hаmkоrlik to‘g‘risidа judа ko‘p shаrtnоmаlаrni imzоlаdi. Bulаrgа Turkiya rеspublikаsi bilаn (8 mаy 1996 i.), Xitоy Xаlq, Rеspublikаsi bilаn (11 dеkаbrь 1997 yil). Nidеrlаndiya qirоlligi, Vеngriya, Slоvаkiya Rеspublikаsi, Isrоil, Lyuksеmburg, Litvа dаvlаtlаri bilаn shаrtnоmаlаr imzоlаnildi. Tаshqi ishlаr vаzirligining Gеrmаniya vаЕvrоpа Ittifоqi bilаn tаbiаtni muhоfаzа qilish sоhаsidа hаmkоrligi to‘g‘risidаgi tаkliflаri qаbul qilindi.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi tаbiаt dаvlаt qo‘mitаsi Xаlqаrо Ekоlоgik kеngаsh (XEK) ning а’zоsi hisоblаnаdi. XEK tаshkil etilgаndаn buyon 8 tа sеssiya o‘tkаzildi (3-sеssiya Tоshkеntdа 1993 y. Mаy оyidа). Ulаrdа ekоlоgiya sоhаsigаоid kеlishuvlаr vа nizоmlаr qаbul qilingаn. MDH dаvlаtlаri dоrаsidа hаm ko‘p ikki tоmоnlаmа kеlishuvlаr imzоlаngаn. Ulаrgа Tоjikistоn, Qоzоg‘istоn, Qirg‘izistоn, Turkmаnistоn, Gruziya bilаn imzоlаngаn shаrtnоmаlаr misоl bo‘lаdi. Hаr bir mаmlаkаtdа bo‘lgаni kаbi аtrоf muhitni muhоfаzа qilishning vа tаbiiy rеsurslаrdаn fоydаlаnishning stаndаrtlаri vа nоrmаtiv huquqiy tizimi O‘zbеkistоndа hаm yarаtilgаndir. Mаzkur stаndаrt vа nоrmаtivlаr аtrоf muhit sifаtigа qo‘yilgаn chеklаshlаr vа tаlаblаrning o‘zаrо bоg‘liq kоmplеksi,

shuningdеk ishlаb chiqаrilаdigаn mаhsulоt vа xizmаtlаrning ishlаb chiqаrish tеxnоlоgik vа tаshkiliy bоshqаruv jаrаyonlаrigа tаlаblаr bo‘lib, ulаr vоsitаsidааhоli vа ishlаb chiqаrishning ekоlоgik xаvfsizligi kаfоlаtlаnаdi. Gеnеtik fоndni sаqlаsh, iqtisоdiyotning bаrqаrоr rivоjlаnishi, tаbiiy rеsurslаrdаn оqilоnа fоydаlаnish, ulаrni tаkrоr ishlаb chiqаrishni tа’minlаsh hаm uning аsоsiy vаzifаlаridаn hisоblаnаdi.

O‘zbеkistоndа qаbul qilingаn stаndаrt vа nоrmаtivlаrgа quyidаgilаr kirаdi:


  • iflоslаntirishning turg‘un vа hаrаkаtdаgi mаnbаlаri

chiqаrаdigаn iflоslаntiruvchi mоddаlаrigа nоrmаtiv vа limitlаr;

  • zаhаrli chiqindilаrning shаkllаnishi vа jоylаshish nоrmаtivi;

  • suv оlish vа o‘rmоndаn fоydаlаnish limitlаri;

  • biоrеsurslаrdаn fоydаlаnishgа kvоtаlаr;

  • muhоfаzа qilinаdigаn hududlаrdаn fоydаlаnish vа bоrib ko‘rish

nоrmаtivlаri;

  • yovvоyi o‘simlikni yig‘ish vа hаyvоnlаrni оvlаsh nоrmаtivlаri ;

  • аlоhidа xududlаrdа iflоslаntiruvchi hаmdа zаhаrli mоddаlаrdаn

fоydаlаnishni tаqiqlаsh nоrmаlаri.

3.1-rasm

O’zbekistonning betakror tabiat manzarasi

http://uzekoolam.uz/uploads/posts/2012-07/1341305279_5.jpg“zomin” tog’-o’rmon qo’riqxonasi

Manba:www.ekojurnal.uz



3.2. O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda mavjud bo’lgan muammolar va ularning yechimlari.(O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish vaBuxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi)

Ekoturizm o’zbekistonda katta patensialga ega sohalardan biri hisoblanadi.Lekin bugungi kunda boshqa turizm turlari bilan solishtirganda ekoturizmning turizm sohasidadi ulushi juda kam.O’zbekiston nafaqat o’zining tarixiy obidalari va arxitekturasi bilan dunyoga mashhur balki o’zining betakror tabiat maskanlari bilan turistlarni o’ziga jalb qilish imkoniga ega.Cho’llar bo’ylab turlar,tog’larga chiqish,qo’riqxonalarga borish va boshqalar shular jumlasidandir. Mamlakatda ekoturizmni rivojlantirshga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda.Oliy Majlisda ”Ekologik harakat”tashkil etilgan bo’lib,mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish bo’yicha ishlarni amalga oshiryapti.Misol uchun Qizilqum cho’lida to’rta yurtali lagerlar mavjud bo’lib, ularda vaqtni juda mazmunli o’tkazish mumkin.Suv bo’yida piknik uyushtirish ,Haydarko’lda katerda sayohat qilish ,teleskop orqali yulduzlarni kuzatish,gulxan atrofida qo’shiq aytish, jipda qizilqum bo’ylab sayohat,tuyalarga minish va sayr qilish va yana bir qancha qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish mumkin.

3.2- rasm

Qizilqumdagi o’tovli lager va Haydarko’l



http://www.review.uz/ckfinder/userfiles/images/urta.jpghttp://www.review.uz/ckfinder/userfiles/images/ozero.jpgManba:www.ekojurnal.uz
Ekologik turlar alohida tur yoki aralash tipdagi tur sifatida olib borilishi mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,aralash tipidagi turlar, madaniy turizm va ekoturizm birgalikda, umumiy hajmda 15-23% ni tashkil etadi.Misol uchun

turistlar Toshkentga kelgach 1 kunga  Ugоm-CHоtqоl tаbiiy milliy pаrki borishlari mumkin.Keyin mashhur 3 tarixiy shahar –Samarqand,Buxoro,Xiva-bo’ylab o’z sayohatlarini davom ettirishlari mumkin.Bir sahardan ikkinchi shaharga borish paytida qishloqlar va o’tovli lagerlarga kirib o’tishlari mumkin.

 .Albatta ,bu sohada ham o’ziga xos muammolar va qiyinchiliklar mavjud va bular quyidagilar:


  • Infrastrukturaning talab darajasiga javob bermasligi

  • Ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini

  • Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmaganligi

  • Ekologik turizmni rivojlantirishda ekologik turizm maskanlaridagi mahalliy aholini ish bilan band bo’lishidagi ta`lim – targ’ibot, qiziqtirish ishlarining yaxshi olib borilmayotganligi.

  • Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozorida ham tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmaganligi

  • Kishilarda ekologik bilimning pastligi

Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir. Uni ommalashtirish kerak.Birinchinavbatdaekoturizmnafaqatiqtisodiyotgabalkimahalliyaholiuchunhamfoydaliekanligini,shuningdekekoturizmtabiatnisaqlashningengoqilonato’liekanligihaqidatushuntirishishlariniolibborishkerak. O’sha hududda yashovchi aholini shu sohada ishlashga jalb qilish lozim ya’ni ular mutaxassis kadr sifatida ish olib borishlari lozim. Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida fuqarolarda ekologik madaniyatni, ta`lim-tarbiyani shakllantirish talab etiladi. Ayni paytda ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to`g’risida to`laqonli ma’lumot beraoladigan axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish lozim.Shu bilan birgalikda shahar tashqarisida joylashgan kichik mehmonxonalar va guesthouselarga litsenziya olish tartibini soddalashtirish kerak. Va asosiysi, bu yerda turizmning rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasligiga,keluvchi kapital urf-odatlar va asosiy elementlarning yo’qolib ketishiga olib kelmasligini nazorat qilish talab etiladi .Mamlakatda Ekoturizmni rivojlantirish orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz:

  • Aholining ekologik savodxonlik darajasining oshishiga ;

  • Mahalliy aholining Qo’riqlanadigan joylarga estetik va iqtisodiy qiymatga ega joy sifatida qarashlariga va ekoturizmni rivojlanishi hamkorlikda ishlashga turtki bo’ladi ;

  • Hududlarga ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning yaxshilanishiga shuningdek, mahalliy aholi uchun yangi ish joylarining yaralishiga ;

  • Moliyaviy jihatdan qo’llab- quvatlovchi qo’shimcha fondlarning paydo bo’lishiga .


O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish
Brend o’zida mahsulotning nomi ,timsoli,dizayni va boshqa xususiyatlarini o’zida mujassam etadi.Brend orqali xaridor mahsulotni bir biridan ajrata oladi.Shuningdek brend inson xotirasida tez muxrlanib qoladi va iste’molchiga mahsulot haqida qisqacha ma’lumot beradi.

Brend quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

-nom (kompaniya mahsuloti,xizmatini ifodalovchi so’z yoki so’zlar)

-rang


-tovush

-hid


-shakllar va boshqalar.

O’zbekistonning eko brendini yaratish orqali biz hududda mavjud bo’lgan barcha ekologik destinatsiyalarni bir brend ostida xorijiy sayyohlarga va mahalliy aholiga yetkazish imkoniga ega bo’lamiz.

Biz yuqorida O’zbekistonning ekoturistik brendini ko’rib chiqdik.Maskur brendda O’zbekiston so’zi yashil rangda yozilgan.Yashil tabiat rangi bo’lganligi uchun shu rang tanlandi.

Gul orqali O’zbekiston florasiga ,uchayotgan laylak orqali esa O’zbekistonning faunasiga urg’u berilgan.

To’q sariq rangda cho’llar,och sariq rangda serquyosh o’lkamiz tasvirlangan. Moviy rang orqali esa mamlakatimizning sarvqomat tog’lari aks ettirilgan.Shuningdek brend shiori ( tabiat bilan birga bo’l)ga muvofiq ravishda ’a’ harfining ichiga inson va uni o’rab turgan tabiat aksi tushirilgan. Kamalak orqali tabiat mo’jilaridan bahramand bo’lish imkonini yoritilgan.

Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi.

Hududiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Buxoro viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etish zarur. Ayni paytda, mamlakatimizga va viloyatimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi yildan yilga oshib borayaotib, mahalliy turizm jami turizm oqimida 60% atrofida hissaga ega bo'lmoqda.

Mahalliy turistlarni Buxoro viloyatida uzoqroq saqlab qolishda milliy park, xiyobonlarni ko'paytirish va ularda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish muhimdir.Biz imkoniyatlardan kelib chiqqan holda,Buxoroda yirik hayvonot bog'i tashkil etishni taklif qilamiz.Ushbu hayvonot bog'ida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar saqlanishi nazarda tutiladi. Albatta,mazkur jarayon juda katta mehnat,mablag' va vaqtni talab etadi. Ammo quyidagi qo'shimcha afzalliklarni beradi:


  • hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish,sayyohlarga O'zbekistonning o'ziga xos hayvonot olami haqida ma'lummot berish;

  • ushbu bog'da ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, mazkur soha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga amaliyot maskani sifatida xizmat qilishi;

  • qo'shimcha ishchi o'rinlari(zootexnik,veterinar,melioratsiya xodimlari, haydovchi va hokazo) tashkil etiladi.Ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kadrlarga talab shakllanadi;

  • qo'shimcha daromad hajmlari oshadi;

  • ushbu bog'da elektr-energiyasi va issiq suv ta'minotida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir;

  • xushmanzara joylarda alohida dam olish joylari, tamaddixonalar tashkil etish, qo'shimcha xizmat sifatida yosh bolalar uchun velosiped, aravachalarni hayvonot bog'i hududida ijaraga berish,ular uchun batut kabi ko'ngilochar xizmatlar,suratga tushish xizmatini taklif qilish, xullas sayohat, sport,san'at va madaniyat sohalari bir-biri bilan ma'lum bog'liqlik asosida ish olib borish imkoniyati paydo bo'ladi.

Biz mazkur hayvonot bogini shaharning chekka qismida, masalan ''Boqiy Buxoro'' majmuasining foydalanilmayotgan qismida tashkil qilishni tavsiya etamiz.Biz bejizga hayvonot bog'ini tashkil etish taklifini kiritmayapmiz; xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, ekoturizmga qilingan xarajat 4-5 martagacha ko'p daromad keltiradi.

Xushmanzara sun’iy daraxtlar

Bizga ma’lumki yoz faslida ob- havo bizning mamalakatimizda juda issiq bo’ladi.Shu sababli bizning yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar uchun tarixiy obidalar atrofida sun’iy daraxtlar qurishni taklif etamiz. Bu sun’iy daraxtlarning balandligi tarixiy obidalarning tashqi ko’rinishini to’sib qo’ymasligini inobatga olgan holda 20-30 metr atrofida qilib quriladi.Daraxtlarning ustida quyosh batarelari qo’yiladi. Daraxt osti kunduz kunlari salqin bo’lishini daraxtlarda maxsus suv purkagichlarning qo’yilishi bilan ta’minlash mumkin.Kechqurun esa maskur daraxtlar o’z barglarini yig’gan holda atrofga nur taratadilar.Bunga ularga o’rnatilgan kichik yoritgichlar sabab bo’ladi.

Shuningdek daraxtlar ostida dam oluvchilar uchun o’rindiqlar ham tashkil etiladi.Bu turdagi daraxtlar Ark atrofida,Chor minor ,Chashgmi Ayub, Somoniylar maqbarasi kabi obidalar atrofida qurilsa ayni muddao bo’lar edi.
3.3. Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish
Biz ikkinchi bobda xorijiy mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribalari bilan tanishib o’tdik.Tatqiqot obyekti sifatida Singapur va Kosta Rika davlatlari ekoturizmini ko’rib chiqdik.

Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak:



  • Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak

  • Xususiy sektorlar tabiiy resurslarni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak

  • Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim

  • Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.

Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin.

Singapur tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizmni rivojlantirish uchun:



  • ekologik bilimni oshirish;

  • ekologik talimni bir umrlik jarayonga aylantirish ;

  • Tabiatni asrashga katta etibor berish;

  • Davlar tomanidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi;

Shuningdek,insonlar shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitni,balki global atrof muhitni ham asrash haqida qayg’urishadi.

Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo’lgan munosabati ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi,keyinchalik mahsulot ekologik jihatdan qanday ishlab chiqarilishiga bog’liq bo’ladi.Hukumat 1992-yil yashil sxemali yorliqlarni ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar yorlig’i sifatida chiqardi.1998-yilga kelib 611 ta mahsulot shunday yorliqlar bilan taqdirlandi.

1991-yil atrof muhitni asrashga o’z hissasini qo’shgan tashkilotlar va shaxslarni taqdirlash maqsadida ”yashil barg” mukofoti tashkil etildi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kishilarda ekologik bilimni shakllantirmay turib mamlakatda ekoturizmni rivojlantirib bo’lmaydi.Hozirgi kunda O’zbekistonda ekolagik bilimni oshirish maqsadida bir muncha ishlar qilinmoqda .Televidiniya orqali mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiat maskanlari haqida ma’lumotlar berilmoqda.Bu kishilarda ekologik bilimlarning o’shiga turtki bo’ladi.Shuningdek bolalarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun ekologik toza mahsulotlar aniqrog’i o’yinchoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yaxshi natijalarni beradi deb o’ylayman. Quyida Mansur Kurzayev tomonidan yasalgan o’yinchoqni ko’rishimiz mumkin.Bu o’yinchoq yog’och qirindisidan yasalgan bo’lib,o’yinchoq hayvonning qoshlari,usti maysa urug’lari bilan qoplangan.O’yinchoqni bir kun davomida suvga bo’ktirib qo’yiladi,keyinchalik ikki kunda bir yarim piyola miqdorida suv quyish orqali maysa asta sekinlik bilan o’sa boshlaydi.Maysa ikki yil davomida o’zining yashil tusini yo’qotmaydi.Shuningdek bu o’yinchoq sinmaydi va bolalarga hech qanday zarar yetkazmaydi. Bu albatta o’z navbatida bolalarda tabiatga bo’lgan muhabbatni oshiradi va ekologik madaniyatning shakllanishiga zamin yaratadi.



d:\surayyo\eko\eko rasm\01052010094.jpgd:\surayyo\eko\eko rasm\img_0472.jpg

Manba:www.mtrk.uz

Qolaversa maktablarda jonli burchaklar yaratish orqali ya’ni maktabning ma’lum bir hududida turli xildagi hayvonlarni boqish va o’simliklarni o’stirishni yo’lga qo’yish kerak. Tabiat.botanika,zoologiya kabi tabiatga bog’liq fanlarda ulardan foydalanish mumkin.Yoki bolalarni bog’larga olib borib yovvoyi hayvonlar va qushlarni qanday parvarishlanishi ko’rishlarini va bu jarayonda bevosita ishtirok etishlarini taminlash kerak . Bu albatta ularda tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi.

Sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvatlanyapti.Misol tariqasida shuni aytish mumkinki«Oʻzbyekturizm» Milliy kompaniyasi, Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konfyeryentsiya tavsiyalariga koʻra «Ekosan-tur» Markazi tuzilgan. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdyek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etilgan.

Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim.

Xulosa va takliflar

Xulosa o`rnida shuni takidlash mumkinki, mamlakatimiz o`zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to`liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko`zga tashlanmoqda. hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir.Ko`pchilikni mamlakatimizning ekoturizm imkoniyatlari borasida to`laqonli axborotlarning etishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi.. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo`lgan ish-harakatlar izchil tartibda olib borilmoqda. SHunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, tarqib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi sayyohlarni mamlakatimizga tashrifini bir necha barobarga oshiradi.

Mamlakatimiz ekoturistik salohiyati juda yuqori bo’lib,uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.Bu salohiyat va imkoniyatlardan ekoturizm rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalangan holda ,tabiatga zara yetkazmagan holda rivojlantirish hamda kelajak avlodga yetkazish lozim.Shuninhgdek turistik tashkilotlar ,turli xil qo’mitalar ,fondlar va mahalliy aholi bir butun bo’lib ,hamkorlikda ishlashlari lozim.Hozirgi kundaO`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibidagi 9 ta davlat qo`riqxonasi, 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud bo`lib, ular dunyo bo`ylab ko`pgina ekoturistlarni ohanrabo misol o`ziga tortadi. Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda.

Tadqiqotlar natijasida quyidagilarni taklif etaman:

1. Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, jahon talablariga javob beraoladigan yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligini hisobga olgan holda, yosh mutaxassislarni ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga malakalarini oshirish va tajriba almashish maqsadida o`qishgayuborish lozim.

2. Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va iqtisodiy asoslangan katta -kichik, qisqa va uzoq muddatga mo`ljallangan loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqib amalga oshirish lozim.Bunda asosan bisnes rejaning nechog’lik tabiat bilan hamohangligi va atrof-muhitga zar yetkazmasligiga ahamiyat berish lozim (imtiyozli kredit asosida).

3. Vatanimizning tarixiy yodgorliklari, go`zal va betakror tabiati, landshafti, nobotat va hayvonot dunyosi haqida bukletlar, turistik atlas va xaritalar yordamida dunyo ekoturizm bozorida targ’ibot ishlarini amalga oshirish lozim.

4. O`zbekiston viloyatlari bo`yicha yangi ekoturistik dasturlar, yo`nalishlar va xaritalar tuzish kerak..Ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to’g’risida to’laqonli tasavvur bera oladigan axborot resurslarini sonini ko’paytirish lozim.

5.Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tadbirlar sababli mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyatlari respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining yagona o’zarobog’liqlik tizimini tashkil etishi lozim
6. Elektr energiyasining muqobil variyanti sifatida quyosh energiyasidan foydalanish

7. Infratuzilmani rivojlantirish lozim (yo’llar, transport,eko uylar)

8.Ekologik hududlar web sahifasini yaratish ,mavjud web sahifalarni takomillashtirish lozim. Shu orqali turistlar va mahalliy aholi O’zbekiston ekoturizmi haqida tez va oson ma’lumot olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari

1.1. 2006-yil 17-aprelda Prezident Islom Karimovning «Ozbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari togrisida» gi 325-sonli qarori.



2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar

2.1.1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan va amaldagi O'zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish tog'risida»gi Qonunning 4-moddasi

2.2. Atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish. Qonunlar va normativ hujjatlar. -T.: «Adolat», 2004.

3.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari


Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish