Tuzuvchilar: H. Husanov
FarDU "Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchisi: H.Husanov
Taqrizchi:
FarDU Chet tillar fakulteti dekani:
2021 yil “___ ” “____” _____________________________A. Qosimov
“Ingliz tili” kafedrasi mudiri:
2021 yil “____” “____” _____________________________D. Usmanova
“Chet tilini egallashda umumevropa kompetensiyalari” (Common Europian Framework of Reference)
Ushbu fan talabalarga Evropa CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
CEFR asosidagi tilni bilish darajasini aniqlash imtihonlari asosan foydalanuvchilarni to’rt yo’nalish: gapirish, o’qish, tinglab tushunish va yozish ko’nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga qarab baholaydi. Tizimda bu turdagi imtihonlarning har bir yo’nalishi uchun mahsus yo’riqnomalar, qoidalar va talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ushbu turdagi imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish uchun ham alohida yo’nalish va ko’rsatmalar nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, CEFR – Yevropadagi barcha gaplashiladigan, amalda bo’lgan tillarni bilish darajasini aniqlash, o’rganish va o’rgatish usullarini targ’ib qiluvchi til ko’nikmasi qolipi.
Talaba:
CEFR haqida umimiy tushunchaga ega bo’ladi
Ushbu fanning dolzarbligi va umummuhimligini anglab yetadi
Til mahoratlarini bir vaqtda oshirib borish metodikasini o’rganadi
Har bir modul kompetensiyasini egallash va amaliyotda uni to’g’ri qo’llash tushunchasiga ega bo’ladi
Bular bilan bir qatorda bakalavr:
matnlarni lingvistik xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
qiyoslash, solishtirish va tahlil qilish;
xorijiy mutaxassislar bilan kasbiy va maishiy vaziyatlarda jonli muloqot olib borish;
soha bo‘yicha, suhbat, nutq va ma’ruzalarni tinglab zarur bo‘lgan
axborotni yozib olish;
tili o‘rganilayotgan mamlakat ta’lim sohasi haqida ma’lumotlar to‘plab ,til o’qitish va o’rganish amaliy bosqichlariko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
yangi informatsion texnologiyalardan CEFR ga yo’naltirish
Do'stlaringiz bilan baham: |