Seminar №5 10
- Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari.
Reja
1.
Saylov tushunchasi va turlari
2.
Fuqarolarning ijtimoiy siyosoy jihatdan yetukligi uning ijtimoiy hayotda
faol ishtirok etishi bilan belgilanishi
3.
Erkin saylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarining o’rni
Tayanch so’zlar: erkin saylovlar, saylov huquqi, saylov prinsiplari,teng
saylov huquqi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
saylash huquqi; yashirin ovoz berish huquqi,
saylov oldi tashviqoti, saylov komissiyalari, ovoz berish
Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik
jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. «Saylovlar - bu mamlakatimizda. amalda bo‘lgan
huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan,
demokratik
huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining,
fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va
hal
qiluvchi
ahamiyatga
ega
masaladir» .
Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli
vakili
hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-
umidlari ro‘yobga chiqadi.2.O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini
rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi kunda takomillashuv
jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi
uchun etakchi demokratik
mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa
uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. SHuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning
mazmuni
bilan
birga
amalga
kiritish
mexanizmlarini
ham
mukammal
darajada
takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni
o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik,
ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyatma’suliyatli
vazifadir.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy
saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida “Xalq
davlat
hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq
manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul
qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muhim
konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida
mustahkamlandi.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi
Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari
orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish,
referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga
oshiriladi”. Saylov huquqiga oid yana bir - 60-moddasida “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va
guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan
vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar”, deb belgilangan. SHuningdek,
Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyalik
53
asosida o‘tishi ko‘zda tutilgan .
Eng
asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag‘ishlangan maxsus bobning
mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning
XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-moddada “O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolaridavlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
Har bir
saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi
qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muh
im konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi.