O‘zbekistonning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi


O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi



Download 54,41 Kb.
bet6/7
Sana01.07.2022
Hajmi54,41 Kb.
#722003
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`lumot

O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. 1996- yil 21- iyunda Florensiya shahrida imzolangan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi „Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim“, uning 1999- yil 1- iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildanyilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. Bugungi kungacha respublikamizda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta korxona ishlayapti, ulardan 111 tasi yuz foizlik Yevropa kapitaliga ega. 1995—2002- yilladga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd AQSh dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002- yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd 65,8 mln AQSh dollarini, 2003- yilda esa 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga 1993-yil 28- aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda bu safar respublikamizga Yevropa sari katta yo‘lni ochdi. I. Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kansleri Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida, ishonch va qat’iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sanoatini o‘rganishga katta e’tibor berishdi. Safar samarali bo‘ldi, jiddiy va istiqbolli munosabatlar o‘rnatishga, bo‘lajak hamkorlik imoratiga poydevor qo‘yildi. „Doyche-bank“, „Mercedes-Benz“ va „Simens“ kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston— Germaniya hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994- yil 1- sentabrda GFR poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. „Toshkent-Frankfurt“ havo yo‘li yo‘lga qo‘yildi, O‘zbekistonda „Doyche-bank“ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1995- yil aprelda Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning O‘zbekistonda bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Roman Gersog O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan ortiqroq nemis millatiga mansub O‘zbekiston fuqarolarining hayoti bilan tanishib, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan mamnun bo‘ldi. Germaniyaning „Geydelberg“ firmasi O‘zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. „Geydelberg“ firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi „Tong“ nashriyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi „Rastr“ va „Groteks“ nashriyotlari „Geydelberg“ firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001- yilda O‘zbekiston—Germaniya—Rossiya hamkorligidagi „Namangan qog‘oz“ qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushirildi. O‘zbekistonning Germaniya bilan hamkorligi boshqa sohalarda ham kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 2001- yil 2—5- aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shryoderning 2002- yil 9—10- may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekistonGermaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o‘rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997- yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari „Xobas TAPO“, „Xiva Karpet“ va boshqalardir. 2003- yilda germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbekistonga kiritilayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001- yildayoq 1 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2001- yilda 283,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir. 1994- yil 9—12- iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo‘ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig‘i — bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida suhbatlar bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari kun davomida dehqonlar va chorvadorlar xo‘jaligida bo‘ldi, ular bilan suhbatlashdi, ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Safar natijasida O‘zbekiston va Gollandiya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo‘jaligi texnologiyasi, urug‘ va nasllari, mehnat usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib mo‘l hosil yetishtirilmoqda. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993- yil 28—30- oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab: „Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan mustaqil O‘zbekiston Sharq bilan G‘arb o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi mumkin. Ko‘p asrlik tarix teran an’analarga ega bo‘lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O‘zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo‘lib qoldi“, deb ta’kidladi. Bu Vatanimiz to‘g‘risida, uning shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda „O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“, madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim imzolandi. Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublikamizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik „Kredit Kommersial de Frans“ banki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko‘zda tutildi. Taniqli „Elf-akiten“ neft-kimyo konserni, „Texnip“ firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan „Kredit kommersial de Frans“ banki zavod qurilishini ham mablag‘ bilan ta’minladi. O‘zbekiston bu bankka mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. Ana shu hamkorlik va hujjatlar qatoriga 1994- yil 25—27- aprel kunlari Fransiya Prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar qo‘shildi. 1996-yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligidagi davlat delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to‘g‘risida konvensiya hamda moliyaviy protokol imzolandi. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17—19-iyul kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o‘lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15-oktabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas Xogning O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 1993- yil 22—25- noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbarini qirolicha Yelizaveta II, bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq, o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar samarali bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim, havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar banki hamda Yevropa tiklash va taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan o‘zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki O‘zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150 mln AQSh dollari ajratishga qaror qildi. O‘zbekiston va „Lonro“ kompaniyasi o‘rtasida imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadbirlar amalga oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi rahbarlari bilan O‘zbekiston paxta tolasini jahon bozorida sotish masalalari bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. „Toshkent—London“ havo yo‘lida samolyot qatnovining yo‘lga qo‘yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1996- yilning boshlarida O‘zbekistonda — Britaniya Kengashi bo‘limining ish boshlashi ham-korlikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat — Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995-yil oktabrda Jenevada „O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar“ mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa Londonda o‘tgan „O‘zbekistonda biznes“ konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtutgartda bo‘lib o‘tgan „Buyuk ipak yo‘li merosi: O‘zbekiston“ ko‘rgazmasi O‘zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o‘rniga va salohiyatiga berilgan katta baho bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidentining Davosda har yili o‘tadigan jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etishi va anjumanda so‘zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va hukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniyalarning rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O‘zbekiston bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston tashqi siyosatining jo‘g‘rofiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. U mustaqillikni mustahkamlashga, xalq farovonligini va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbek diplomatiyasi xorijiy mamlakatlardan sadaqa so‘rashga emas, ikki tomonlama manfaatdorlikka, insonparvarlikning yuksak va oliyjanob prinsiplariga tayanadi. Respublika Prezidenti I. Karimov qaysi mamlakatda bo‘lmasin, avvalo, ulardagi ilg‘or tajribani o‘rganishga, foydali narsalarni topishga, ulardan foydalanishga alohida e’tibor beradi. O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir.
2003- yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2000 ta qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aholiga xizmat ko‘rsatdi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonga kiritilgan chet el sarmoyalari 14 mlrd AQSh dollaridan2003- yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2000 ta qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aholiga xizmat ko‘rsatdi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan.

Download 54,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish