O’zbekistonning yangi tarixi


O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati



Download 28,25 Kb.
bet3/4
Sana26.08.2021
Hajmi28,25 Kb.
#156230
1   2   3   4
Bog'liq
Miraxmedov Qahramon

O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati

SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.

1991— yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.

Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:

"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi".

Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.

O'zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan voqea sodir bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004— yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi.

Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991— yil noyabrda bo'lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo'yicha referendum o'tkazish haqidagi masalani ko'rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991— yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida referendum hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish to'g'risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: "O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat mus-taqilligini ma'qullaysizmi?". Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" Qonun qabul qilindi.

1991— yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo'lib o'tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro'yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlaming 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasi mustaqiJligini ma'qullaymiz, deb ovoz berdi.

O'zbekiston Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obyektiv va qonuniy hodisadir.

Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat'iyatliligi, uzoqni ko'ra bilishi natijasida uning davlat mustaqil-ligiga erishuvi.

Islom Karimov O'zbekistonning birinchi Prezidenti

Tinch, Demokratik, Parlament yo'Ii bilan Ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.

1991— yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti saylovi ham bo'lib o'tdi. Prezident -likka nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlaming 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko'rib chiqib, I.A.Karimovni 1991— yil 29-dekabrdan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992— yil yanvarda bo'lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozirnini bajarishga kirishar ekanmarr, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman". Islom Karimov O'zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.



Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y – harakatlari.



Dunyoda suveren deb e’tirof etilgan har bir mamlakat o‘zi¬ning Konstitutsiyasi, davlat ramzlari — gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e’tibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, ma’naviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi. Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, mus- taqil demokratik huquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qo‘lga kiri¬tilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni ta’minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi¬ning xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. „Mustaqillik deklaratsiyasi“ qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990- yil 20- iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tay¬yorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991- yil 12- aprelda bo‘lgan yig‘ilishida komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi.

1991- yil 31- avgustda O‘zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuq¬lar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Тemur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Kons¬titutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayo-nida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo‘lgan XI sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. „Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, — degan edi Prezident I. A. Karimov sessiyada so‘zlagan nutqida, — yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Тashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Тurkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi“. (I. A. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Xulosa

Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasini tashkil topishi, uning tarixiy ahamiyati. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y – harakatlari mavzusidagi kontrol topshiriqni bajarishda SSR ning tanazzulga uchrashidan boshladim bu jaroyonlarda birinchi Prezidentimizning olib brogan hatti bharakatlari alohida to’xtalib o’tdim. Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmonlari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yillarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.

O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qo’yish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi.

Keyingi o’rinlarda Mustaqil O’zbekistonimizning suverentitenini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga to’xtalib o’tdim.Bunda Konstitutsiyamizning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, Davlat gerbi, Davlat bayrog’I, madhiyamizning va davlat pul birligini tashkil etilishi yoritildi.




Download 28,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish