O'zbekistonning yangi tarixi fanidan 2021/2022 0'quv Yili uchun yakuniy nazorat savollari


Mahallaning manzilli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi roli



Download 64,54 Kb.
bet14/20
Sana10.07.2022
Hajmi64,54 Kb.
#770728
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
якуний назорат саволлари тасдикланган

14.Mahallaning manzilli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi roli.

MAHALLA — Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki i. ch. manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali hal qilishgan.


Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi b-n birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab Mahallaning vazifalari ham oʻzgarib turgan.
Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. Mahalla rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va Mahalla obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Mahalla larga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. OʻzR Konstitutsiyasining 105moddasiga va 1993-y. sent. da qabul qilingan «Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi qonunga binoan, Mahallalar oʻz huquqiy maqomiga ega boʻlib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. Mahallalar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida oʻz molmulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamgʻarmasiga egadir. Bu qonunga asosan, har bir Mahalla oʻz hududida i. ch. ni tashkil etishi, kichik korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini Mahalla dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, oʻz hududidagi aholini ish b-n taʼminlashi, aholiga madaniymaishiy xizmat koʻrsatishi mumkin.
Hoz. paytda Mahalla larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik Mahalla larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va b.) mavjud. 90-y. larda Mahalla hokimiyatning rasman quyi yuridik organiga aylandi. Mahalla vazi-falari ancha kengaydi, u demokratik davlatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri.
Mahalla va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuksalishiga har tomonlama yordam berish, milliy anʼana va urf-odatlarni boyitish, Mahalla qoʻmitalari ishlarini muvofiklashtirish, Mahalla lardagi kam taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar, nogironlar, koʻp bolali oilalar, yetim-yesirlar, baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993-y. 17 avg. da Oʻzbekiston «Mahalla» xayriya jamgʻarmasi tashkil etidsi. «Mahama» gaz. chiqa boshladi.
Har bir Mahalla aniq tashkiliy tuzilmaga ega. Unga Mahallaning umumiy yigʻilishida saylanadigan Mahalla kengashi rahbarlik qiladi. Kengash oʻz tarkibidan rasman Mahalla yigʻini raisi (oqsoqol)ni, oʻrinbosari va kotibini saylaydi. Bundan tashqari, Mahalla kengashiga keksa, tajribali kishilardan Mahalla oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida toʻy marosimlarini oʻtkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va mehnat faxriylari bilan ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h. k. boʻyicha komissiyalar tuziladi.
Mahalla rahbariyati 2,5 y. ga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy masalalarni hal etish uchun Mahalla kengashi oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinadi.
Mahalla bajarishi zarur boʻlgan vazifalar belgilab berilgan. Mahallaga yuqorida sanab oʻtilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U oʻz hududida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga koʻmaklashadi, yongʻin xavfsizligi, turar joy fondini saklash, aholidan soliq va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻshishini taʼminlashga yordam beradi. Ana shu pul mablagʻlari tushumining muayyan miqdori oʻz-oʻzini boshqarish organlari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bu mablagʻ kam taʼminlangan oilalarning uy-joy, kommunal xizmatlari toʻlovlariga, shuningdek, Mahallani obodonlashtirishga sarflanadi. Endilikda, har bir Mahalla oʻz madaniy markazini, guzarini qurib, shu yerda choyxona, novvoyxona, doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari, turli sport oʻyinlari maskanini barpo etmoqda. Mahalla qoʻmitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. Mahallada xoʻjalikmadaniy qurilish tadbirlarini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xoʻjaligini saqlash, ozodalikni taʼmin etish, tartibqoidani mustahkamlash va h. k. uchun sharoit mavjud. Mahalla larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin oʻsib bormoqda. Ular mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼmin etishda, omma kuch-gʻayratini bunyodkorlikka yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi faoliyat koʻrsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega.


Download 64,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish