O'zbekistonning yangi tarixi fanidan 2021/2022 0'quv Yili uchun yakuniy nazorat savollari


Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati



Download 64,54 Kb.
bet12/20
Sana10.07.2022
Hajmi64,54 Kb.
#770728
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
якуний назорат саволлари тасдикланган

Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi.
Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi : «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 2) 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi. Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 sentyabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan voqea sodir bo’ldi.Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishni ma’qulladi va 1992 yil 8 sentabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilishga qaror qildi. Ushbu yig‘ilishda loyihani oxiriga yetkazish va tahrir qilish uchun ishchi guruh tuzildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentabr kuni tayyor bo‘ldi va shu kuni matbuotda chop etildi.
Loyiha e’lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Bu ochiq-oshkora muhokamalar 1992 yilning sentabr oyi oxiridan dekabr oyi boshlarigacha fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy ko‘tarinkiligi ruhida o‘tdi hamda O‘zbekistonda demokratiya rivojining samarali va amaliy maktabi bo‘ldi.
Muhokamada mamlakatimiz katta yoshdagi aholisining deyarli hammasi ishtirok etdi. Matbuotda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda qizg‘in bahs-munozaralar bo‘ldi. Ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazildi, Konstitutsiya loyihasiga doir masalalar bo‘yicha suhbatlar, anjumanlar tashkil qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi. Respublika matbuotining o‘zida Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan yuzdan ortiq materiallar e’lon qilindi. Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan oshib ketdi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘qqizinchi huquqiy qadam – Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilinishidir.
Konstitutsiya loyihasi o‘tkazilgan muokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida ancha tuzatildi va qayta ishlandi. So‘ngra, 1992 yil 21 noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda chop etildi.
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992 yil 6 dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi.
Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o‘zgarishlar, qo‘shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi.
Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o‘zgartishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.




  1. Download 64,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish