Moddiy manbalar
|
Yozma manbalar
|
1
|
Mehnat qurollari
|
Yozuv belgilari
|
2
|
Harbiy qurol-yaroqlar
|
Toshga yozilgan bitiklar
|
3
|
Tanga pullar
|
Daraxt po‘stlog‘iga, teriga, qog‘ozga
yozilgan ma’lumotlar
|
4
|
Uy-joylar, qabrlar
|
Xalqlar hayotida yuz bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar
|
5
|
Uy – ro‘zg‘or buyumlari: idish – tovoqlar va boshqalar.
|
Davlat boshliqlarining yozma
shakldagi farmonlari
|
6
|
Devoriy tasvirlar
|
Yer, qimmatbaho narsalarni in’om qilish, meros qoldirish, sotib olish bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar
|
7
|
Qal’alar, shaharlar va boshqalar
|
Arxivlar (O‘zR Prezidenti devoni arxivi, O‘zR MDA va ularning viloyat, shahar va tumanlardagi bo‘limlari, hamda davlat strukturasidagi
turli idoralar va tarmoqlar)
|
8
|
|
Yordamchi «Narrativ» manbalar (esdaliklar, xotiralar, kundaliklar)
|
O‘zbekiston tarixini yaratish va o‘rganishdagi asosiy
manbalar:
1. Arxeologik, etnografik, epigrafik, numizmatik manba va materiallar, yozma manbalar – «Avesto», mixxat, fors yozuvlari, qadimgi yunon, xitoy, hind, rim va vizantiya tarixchilarining asarlari.
2. Ulug‘ ajdodlarimiz – buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, tarixchilar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan asarlar.
3. Turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar, hujjatlar, ashyolar.
4. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy memuar asarlar, darsliklar, qo‘lyozmalar, risolalar, to‘plamlar.
5. Muzeylarda saqlanayotgan ko‘rgazma zallari hujjatlari, birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari.
6. Muzey – shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar.
7. Kino, fono, foto hujjatlar va hokazolar.
Hozirgi kunga kelib bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalarning ahamiyati oshib bormoqda. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qo‘lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo‘lyozmalar xazinalaridan hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muhim qo‘lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo‘lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to‘laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog‘larning barham topishiga ko‘maklashadi.
4. Barkamol avlodni shakllantirishda O‘zbekiston tarixining ahamiyati. O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Yurtboshimiz ta’kidlab o‘taganidek, «Ma’naviyatini tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix sabog‘lari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi» (Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: Sharq, 1998. –B.8-9). Ushbu so‘zlar komil insonni tarbiyalashda O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sodiqlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab – avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota – ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash.
O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. O‘zbekiston tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoyat katta ekanligi qadim – qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch – qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir. Tarix – bu nafakat o‘tmish, uning taxlili bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo‘lib, u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |