Standartlashtirish - xom ashyo, ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar va h. k. larga nis- batan davlat miqyosida yagona, qat`iy belgilangan me`yor va talablarni o`rnatish.
Proteksionizm siyosati (lotincha protectio - himoya, yashirish) - ichki bozorni chet eliiklardan eksportni oshirish va importni cheklash, katta bojxona soiiqlari belgilash va boshqa qator choralar vositasida himoya qilish siyosati.
Antisemitizm -millatchilikning semit xalqi - yahudiylarga qarshi qaratilgan ko`rinishlaridan biri.
Iqtisodiyot barqarorlashishi (lotincha «stabilis» - barqaror) - iqtisodiyotni mustahkamlash, muntazam barqaror holatga keltirish yoki bu holatni ancha uzoq muddat mobaynida saqlab turish.
Plebissit (lotinchadan «plebiscitum» - xalq ahdu qarori) - umumxalq muhokamasi, ovoz berish.
Investitsiya - sarmoyaning biror-bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirilishi.
Konsorsium (lotincha consortium - qatnashuv, uyushma) - bir necha bank yoki sanoat kompaniyalarining qarzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy qimmat turuvchi loyihani birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik kelishuvi.
Avtarkiya -odatda, ma`lum mamlakat doirasidagi alohida xo`jalik. Avtarkizm sharoitida mamlakat yo boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilmaydi, yoki bu aloqalar o`ta chegaralangan bo`ladi.