Standartlashtirish - xom ashyo, ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar va h. k. larga nis- batan davlat miqyosida yagona, qat`iy belgilangan me`yor va talablarni o`rnatish.
Proteksionizm siyosati (lotincha protectio - himoya, yashirish) - ichki bozorni chet eliiklardan eksportni oshirish va importni cheklash, katta bojxona soiiqlari belgilash va boshqa qator choralar vositasida himoya qilish siyosati.
Antisemitizm -millatchilikning semit xalqi - yahudiylarga qarshi qaratilgan ko`rinishlaridan biri.
Iqtisodiyot barqarorlashishi (lotincha «stabilis» - barqaror) - iqtisodiyotni mustahkamlash, muntazam barqaror holatga keltirish yoki bu holatni ancha uzoq muddat mobaynida saqlab turish.
Plebissit (lotinchadan «plebiscitum» - xalq ahdu qarori) - umumxalq muhokamasi, ovoz berish.
Investitsiya - sarmoyaning biror-bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirilishi.
Konsorsium (lotincha consortium - qatnashuv, uyushma) - bir necha bank yoki sanoat kompaniyalarining qarzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy qimmat turuvchi loyihani birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik kelishuvi.
Avtarkiya -odatda, ma`lum mamlakat doirasidagi alohida xo`jalik. Avtarkizm sharoitida mamlakat yo boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilmaydi, yoki bu aloqalar o`ta chegaralangan bo`ladi.
O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi fanidan referat mavzulari
1.O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi.
2.Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi.
3.O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li.
4.O’zbekistonda ikki palatali Parlamentning shakllanishi.
5.Huquqiy davlat tizimining shakllanishi va yaratilishi.
6.Yangi milliy davlat tizimining tuzulishi.
7.Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar.
8.Davlat mulkini hususiylashtirish va mulkdorlar sinfining shakllanishi.
9.Qaroqalpog’iston Respublikasida ijtimoiy sohaning rivojlanishi.
10.Qaroqalpog’iston Respublikasida xalq ta’limi va madaniyat.
11.Ma’mun Akademiyasining qayta tiklanish va faoliyati.
12.Qadimiy shaharlarning yubileylarining o’tkazilishi va bunyodkorlik ishlarini amalgam oshirilishi.
13.O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatini yaratilishi.
14.Sud hokimiyati islohatlari.
15.O’zbekistonda Oliy ta’lim va talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar.
16.O’zbekistonda xalq ta’limi sohasidagi islohatlar.
17.O’zbekistonda uch bosqichli sport musabaqalarining tashkil etilishi va faoliyati.
18.Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda O’zbekistonning tutgan yo’li.
19.Mustaqillik yillarida din va diniy qadriyatlarning qayta tiklanishi.
20.Milliy havfsizlikni ta’minlash borasida amalgam oshirilayotgan ishlar.