O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Amaliy san'at.
Mustaqillik yillarida an'anaviy madaniyatga e'tibor 
kuchayib, O'zbekiston Prezidenti farmoni bilan bir qator yangi korxonalar vujudga 
keldi. 1997-yil “Musavvir” llmiy-tekshirish markazi qoshida “Hunarmand” 
Assotsiatsiyasi tashkil qilinibб respublikadagi turli hunarmandchilikda ijod qilib 
kelayotgan ustalarni qamrab oldi. Bugungi kunda an'anaviy hunarmandchilikning 
yo'qolish arafasida turgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash jarayoni ketyapti. 
Hozirgi kunda badiiy kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, zardo'zlik, an'anaviy 
to'qimachilik, kashtachilik, gilamdo'zlik, do'ppichilik, yog'och va ganch 
o'ymakorligi, naqqoshlik kabi turlar juda rivojlangan. Yetakchi kulollar 
A.Rahimov, S.Otajonov. Sh.Yusupov, R.Usmonov, A.Isoqov, Narzullayevlar, 
R.Zuhurov; kandakorlar M.Madaliyev, D.Holidova, G.Rahmatova, U.Aliyev, 
O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov, G.Yo'ldosheva, G.Tosheva; ganchkorlar 
M.Murodov, X.Abdullayev, A.Muxtorov; yog'och o'ymakorlar S.Xo'jayev, 
M.Ibrohimov. O.Fayzullayev, A.Azlarov, S.Rahmatullayev; zardo'z B.Jumayev; 
kashtachi Z.Obloberdiyeva va boshqalar samarali ijod qihnoqdalar. 
Mustaqillik davrida noan'anaviy amaliy bezak san'at turlari ham rivojlanib 
kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N.Qo'ziyevaning asarlari shu uslubda 
mo'jazgina ishlangan. O'zbekiston zargarlik maktabining vakillari orasida 
E.Gostyev, U.Xolmurodov, A.UIumbekovalar hozirda zamonaviy, noan'anaviy 
yo'nalishda ijod qilmoqdalar.
Tasviriy san'at.
Mustaqillik davri rangtasvir san'ati turli-tuman uslublar 
ko'lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, dekorativizm, milliy 
romantizm, abstraksionizm, instalyatsiya ko'rinishlari ko'p jihatdan ijodiy 
dunyoqarashning kengayishidan dalolat beradi. 1997-yilda O'zbekiston Badiiy 
akademiyasining tashkil etilishi tasviriy san'atning turli sohalarini rivojlanishida 
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san'atning turli sohalari va 
janrlari rivojlanib bordi. Masalan. ushbu davr haykaltaroshligida, asosan, tarixiy 
siymolar gavdalandi va ularning soni ko'payishi barobarida uslub jihatlarining 
yangilanishi ham bir qator asarlarda ko'zga tashlandi. A.Rahmatullayev, 
L.Ryabsev, F.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kuttimurodov, K.Norxo'rozov kabi 


183 
haykaltaroshlar mahobatli, A.Xotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi rassomlar esa 
dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi. 
Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 
1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili 
Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili 
O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish 
boshladi. Mamlakat Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va 
amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, 
qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlashda davlat tomonidan madad 
berilish choralari belgilandi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” 
faxriy unvoni ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa, 
hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi.
Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan o'ziga xos rassomlar guruhi shakllandi. 
Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo'lmoqda. Yangi plastik izlanishlarda 
ertagu dostonlar, xalq og'zaki ijodiyoti, turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan 
bog'liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi, 
Ushbu davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. Qo'ziboyev, 
R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, S. Raxmetov, A. Mirzayev, 
N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. Alibekov, A. Isayev, J. Usmonov, N. 
Shoabdurahimovlami keltirib o'tishimiz mumkin. Bu davrdagi mahobatli 
san'atning rivojlanishi ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an'analariga 
murojaat qilish bilan bog'liq. Yangi ma'muriy-ijtimoiy inshootlar, ko'hna binolarni 
qayta ta'mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo etish ishlarining 
jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar ijod vositalarining yangi 
imkoniyatlarini qidirib topishga bo'lgan yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. 
Mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, 
O. Xabibullin, “Sanoyi-nafisa” guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin kabi 
rassomlarni aytishimiz mumkin. 


184 
Mustaqillik 
yillaridagi 
ko'rgazmalarda 
M.Nabiyev, 
A.Ikromjonov, 
R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo'ziboyev, N.Shin, B.Boboyev, J.Umarbekov, 
B.Jalolov, VBurmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar A. Hotamov, T.Tojixo'jayev, 
D.Ro'ziboyev, M.Borodina, grafik rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov, 
M.Sodiqovlar, yosh rassomlar D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev, 
M.Aliyev, V.Nechayeva, X.Ziyoxonov, X.Inog'omova, G.Alimatova, A.Nurshina, 
K.Boboyev kabi ko'plab taniqli san'atkorlar ijodi barchaga manzur bo'lmoqda. 
Shuningdek, A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gagloyeva. 
J.Usmonov, A.Isayev, E.Is'hoqovlarning yangi, qiziqarli asarlari tomoshabinda 
katta qiziqish uyg'otmoqda.
Musavvirlarimiz yangi tarixiy bosqichda madaniy aloqalarni qayta tiklash, 
yagona ma'naviy makon yaratishga yo'naltirilgan uslub va yo'nalishlarni 
umuminsoniy tamoyillarga bo'ysundirishga intilmoqda. So’nggi yillarda kelajak 
poydevorini bugundan barpo etish maqsadida, yoshlarga va o’sib kelayotgan yangi 
avlodga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bulami bo'lib o'tayotgan festivallar, 
tanlovlar, badiiy ko'rgazmalar misolida ko'rishimiz mumkin. An’ana tusiga aylanib 
qolgan “San’at haftaligi”, “Ustoz-shogird” kabi qator ko'rgazmalar shular 
jumlasidandir. Ushbu ko'rgazmalarning barchasida tanlovlar e'lon qilingan bo'lib, 
bir-birlari bilan ijodiy raqobatga kirishgan yoshlarni ma'naviy rag'batlantirish 
orqali iqtidorlar tanlab olinmoqda va ularga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shuni guvohi bo’lamizki, yosh rassomlar o'z qiziqishlari va intilishlariga 
ko'ra hamohang mavzu va o'z uslublarini tanlashlari mumkin bo’lsa-da, akademik 
san'at poydevor vazifasini o'tamoqda. Yosh rassomlar ijodida o'ziga xos milliy 
san'at rivojlanganligi kishini quvontiradi. Shuningdek, jahon zamonaviy san'atining 
yangi shakllari va konseptual g'oyalari bilan muloqotlari faolligini yuqori baholash 
mumkin. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish