Amaliy san'at.
Mustaqillik yillarida an'anaviy madaniyatga e'tibor
kuchayib, O'zbekiston Prezidenti farmoni bilan bir qator yangi korxonalar vujudga
keldi. 1997-yil “Musavvir” llmiy-tekshirish markazi qoshida “Hunarmand”
Assotsiatsiyasi tashkil qilinibб respublikadagi turli hunarmandchilikda ijod qilib
kelayotgan ustalarni qamrab oldi. Bugungi kunda an'anaviy hunarmandchilikning
yo'qolish arafasida turgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash jarayoni ketyapti.
Hozirgi kunda badiiy kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, zardo'zlik, an'anaviy
to'qimachilik, kashtachilik, gilamdo'zlik, do'ppichilik, yog'och va ganch
o'ymakorligi, naqqoshlik kabi turlar juda rivojlangan. Yetakchi kulollar
A.Rahimov, S.Otajonov. Sh.Yusupov, R.Usmonov, A.Isoqov, Narzullayevlar,
R.Zuhurov; kandakorlar M.Madaliyev, D.Holidova, G.Rahmatova, U.Aliyev,
O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov, G.Yo'ldosheva, G.Tosheva; ganchkorlar
M.Murodov, X.Abdullayev, A.Muxtorov; yog'och o'ymakorlar S.Xo'jayev,
M.Ibrohimov. O.Fayzullayev, A.Azlarov, S.Rahmatullayev; zardo'z B.Jumayev;
kashtachi Z.Obloberdiyeva va boshqalar samarali ijod qihnoqdalar.
Mustaqillik davrida noan'anaviy amaliy bezak san'at turlari ham rivojlanib
kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N.Qo'ziyevaning asarlari shu uslubda
mo'jazgina ishlangan. O'zbekiston zargarlik maktabining vakillari orasida
E.Gostyev, U.Xolmurodov, A.UIumbekovalar hozirda zamonaviy, noan'anaviy
yo'nalishda ijod qilmoqdalar.
Tasviriy san'at.
Mustaqillik davri rangtasvir san'ati turli-tuman uslublar
ko'lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, dekorativizm, milliy
romantizm, abstraksionizm, instalyatsiya ko'rinishlari ko'p jihatdan ijodiy
dunyoqarashning kengayishidan dalolat beradi. 1997-yilda O'zbekiston Badiiy
akademiyasining tashkil etilishi tasviriy san'atning turli sohalarini rivojlanishida
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san'atning turli sohalari va
janrlari rivojlanib bordi. Masalan. ushbu davr haykaltaroshligida, asosan, tarixiy
siymolar gavdalandi va ularning soni ko'payishi barobarida uslub jihatlarining
yangilanishi ham bir qator asarlarda ko'zga tashlandi. A.Rahmatullayev,
L.Ryabsev, F.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kuttimurodov, K.Norxo'rozov kabi
183
haykaltaroshlar mahobatli, A.Xotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi rassomlar esa
dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi.
Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo,
1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili
Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili
O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish
boshladi. Mamlakat Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va
amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish,
qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlashda davlat tomonidan madad
berilish choralari belgilandi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”
faxriy unvoni ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa,
hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi.
Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan o'ziga xos rassomlar guruhi shakllandi.
Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo'lmoqda. Yangi plastik izlanishlarda
ertagu dostonlar, xalq og'zaki ijodiyoti, turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan
bog'liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi,
Ushbu davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. Qo'ziboyev,
R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, S. Raxmetov, A. Mirzayev,
N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. Alibekov, A. Isayev, J. Usmonov, N.
Shoabdurahimovlami keltirib o'tishimiz mumkin. Bu davrdagi mahobatli
san'atning rivojlanishi ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an'analariga
murojaat qilish bilan bog'liq. Yangi ma'muriy-ijtimoiy inshootlar, ko'hna binolarni
qayta ta'mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo etish ishlarining
jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar ijod vositalarining yangi
imkoniyatlarini qidirib topishga bo'lgan yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi.
Mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov,
O. Xabibullin, “Sanoyi-nafisa” guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin kabi
rassomlarni aytishimiz mumkin.
184
Mustaqillik
yillaridagi
ko'rgazmalarda
M.Nabiyev,
A.Ikromjonov,
R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo'ziboyev, N.Shin, B.Boboyev, J.Umarbekov,
B.Jalolov, VBurmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar A. Hotamov, T.Tojixo'jayev,
D.Ro'ziboyev, M.Borodina, grafik rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov,
M.Sodiqovlar, yosh rassomlar D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev,
M.Aliyev, V.Nechayeva, X.Ziyoxonov, X.Inog'omova, G.Alimatova, A.Nurshina,
K.Boboyev kabi ko'plab taniqli san'atkorlar ijodi barchaga manzur bo'lmoqda.
Shuningdek, A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gagloyeva.
J.Usmonov, A.Isayev, E.Is'hoqovlarning yangi, qiziqarli asarlari tomoshabinda
katta qiziqish uyg'otmoqda.
Musavvirlarimiz yangi tarixiy bosqichda madaniy aloqalarni qayta tiklash,
yagona ma'naviy makon yaratishga yo'naltirilgan uslub va yo'nalishlarni
umuminsoniy tamoyillarga bo'ysundirishga intilmoqda. So’nggi yillarda kelajak
poydevorini bugundan barpo etish maqsadida, yoshlarga va o’sib kelayotgan yangi
avlodga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bulami bo'lib o'tayotgan festivallar,
tanlovlar, badiiy ko'rgazmalar misolida ko'rishimiz mumkin. An’ana tusiga aylanib
qolgan “San’at haftaligi”, “Ustoz-shogird” kabi qator ko'rgazmalar shular
jumlasidandir. Ushbu ko'rgazmalarning barchasida tanlovlar e'lon qilingan bo'lib,
bir-birlari bilan ijodiy raqobatga kirishgan yoshlarni ma'naviy rag'batlantirish
orqali iqtidorlar tanlab olinmoqda va ularga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shuni guvohi bo’lamizki, yosh rassomlar o'z qiziqishlari va intilishlariga
ko'ra hamohang mavzu va o'z uslublarini tanlashlari mumkin bo’lsa-da, akademik
san'at poydevor vazifasini o'tamoqda. Yosh rassomlar ijodida o'ziga xos milliy
san'at rivojlanganligi kishini quvontiradi. Shuningdek, jahon zamonaviy san'atining
yangi shakllari va konseptual g'oyalari bilan muloqotlari faolligini yuqori baholash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |