O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Xalq an'analari. 
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq milliy qadriyatlar
xalq an'analarini tiklash O'zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim 
vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy an'analarni tiklash borasida amalga 
oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. An'analar – xalqning 
tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan avlodlarga 
muqaddas meros sifatida o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy boyligi hisoblanadi. 
Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish 
har bir avlodning muqaddas burchidir. Ajdodlarimiz an'analari barhayot bo'lishi 
uchun, 
eng 
avvalo, 
uni 
kelajagimiz 
bunyodkorlari-yoshlarimiz 
ongida 
barqarorlashtirish lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an'analarini qadrlanmay 
qo'yilishi avlodlar o'rtasida ma'naviy uzilishni vujudga keltiradi.
 
Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o'zbeklarning an'analari tarixiy 
zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chig'iriqlaridan o'tib, muhim ma'naviy 
qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan avlodga o'tib kelayotgan xalq 
an'analari sobiq sho'rolar davrida jiddiy to'siqlarga uchragan bo'lsa ham, o'zbek 
xalqi mustaqillikka erishgandan so'ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana 
boshlandi. Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an'analar jiddiy tadqiqot 
obyektlariga aylanib, milliy an'analar haqida qator kitoblar chop etilmoqda. Bu 
bejiz emas, atbatta. Chunki an'analar xalq ma'naviyatining tarkibiy qismi, muhim 
axloqiy qadriyat, tarbiya vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an'analari, 
marosimlar jarayonida namoyon bo'layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-ikrom 
kabi xislatlar yoshlar ma'naviyatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va 
kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga aylangan. An’anaviy xalq 
bayramlarining tikianishi o'zbek madaniyati tarixida o'ta muhim voqea bo'lib 
qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o'zida 
mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko'zgu sifatida xalq madaniyatining yirik 


181 
va muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli 
tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi. 
Mustaqillikka erishilgandan so'ng O'zbekiston rahbariyati, eng avvalo, 
xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va 
yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e'tibor bera boshladi. Jumladan, 
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida 
“Navro'z”, “Ro'za hayiti”, “Qurbon hayit”lari rasman tiklanib, xalq o'rtasida keng 
nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik 
kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. O'z navbatida, O'zbekiston rahbariyati 
sobiq mustabid tuzumi davrida paydo bo'lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. 
Ular orasida umuminsoniy g'oya va qadriyatlarni targ'ib qiluvchi “Yangi yil 
bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi. 
Hozirgi vaqtda O'zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan shakllangan 
bo'lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, deb hisoblash noto'g'ri 
bo'ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar ham kam emas. Bir tomondan, azaliy 
bayramlar bilan birga ularga xos odatlar va an'analar tiklanishi darkor. Ikkinchi 
tomondan, mustaqillik davrida paydo bo'tgan tarixiy - ma'naviy qadriyatlar bilan 
ham boyitilmog'i lozim. 
Xalq an'analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo 
xalqlarining ming yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga oid to'plangan 
ma'lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma'lum bo'ldi: insonning tabiiy-hayotiy 
ehtiyojlari asosida paydo bo'lgan marosim va bayramlar asrlar davomida o'z 
ahamiyatini yoqotmaydi. Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv 
etilishi, hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi aholi 
tarkibiy o'zgarishlari ham ta'sir etmaydi. Ikkinchi turkum bayram-marosimlar esa 
ma'lum vaqtdan so'ng o'zgarishi yoki boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga 
asos bo'lishi mumkin. Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr 
siyosati, davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi, 
o'shalar bilan birgalikda yashaydi va o'z tarixiy vazifasini bajarib bo'lganidan so'ng 
barham topadi. 


182 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish