O‘zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish strategiyasi


HUDUDLARNING JADAL IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI TA’MINLASHGA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA



Download 44,29 Kb.
bet4/7
Sana11.04.2022
Hajmi44,29 Kb.
#542008
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
reja strategiya 1

HUDUDLARNING JADAL IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI TA’MINLASHGA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amaliy ro‘yobga chiqarish doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash hozirgi bosqichda ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Xususan,
birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha uyg‘un faoliyatni ta’minlamaydi. Aksariyat hollarda ularning faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘lib qolgan. Buning ustiga, joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha lozim darajada tashabbus ko‘rsatilmayapti;
ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda, mahalliy davlat hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalg‘itmoqda;
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy ta’sir etayotganligiga qat’iy baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, asoslantirilgan va har tomonlama puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bermayapti;
to‘rtinchidan, respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni ta’minlamayapti;
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish o‘rniga aksariyat hollarda ko‘plab yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda va ularning yakuni bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan qarorlar qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, aholini arzon uy-joy va ish bilan ta’minlash, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar ko‘tarilgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish, ishni tashkil etish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va uslublarini tubdan takomillashtirish, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish, davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatsizligi holatlarining yuzaga kelishiga qat’iy ravishda barham berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar va topshiriqlarning ijrosini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarga, shuningdek, ko‘rilayotgan choralarning kutilayotgan natijalarni bermayotganligiga qaratilsin.
Ko‘rsatilgan rahbarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida belgilangan vazifalarning so‘zsiz va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgarligi haqida ogohlantirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ishlarni tashkil etishning quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimini joriy qilish haqidagi takliflari qabul qilinsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga (keyingi o‘rinlarda sektorlar deb yuritiladi) bo‘lish;
sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklash hamda vakolatlar berish;
hududlarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlariga 1-ilovaga muvofiq biriktirish;
sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga:
islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama o‘rganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktirish;
tegishli mansabdor shaxslarning, birinchi navbatda, aholi oldida davriy hisobot berish tizimini, ularning faoliyatini baholash mezonlarini, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini nazarda tutgan holda, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlash tavsiya etilsin.
3. Quyidagilar sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchidan, uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
ikkinchidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uchinchidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
to‘rtinchidan, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘rish;

Download 44,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish