O‘zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish strategiyasi



Download 44,29 Kb.
bet6/7
Sana11.04.2022
Hajmi44,29 Kb.
#542008
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
reja strategiya 1

Oldingi tahrirga qarang.
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun takliflarni muhokama qilish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hisobotlarni eshitishga hududlarni rivojlantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishning, shuningdek, sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari mas’uliyatini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari hisobotlarini eshitishning aniq tartibini nazarda tutgan holda, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
6. Sektorlar ishining shakllari va uslublarini, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorligini, ularning vakolatlarini, shuningdek, hisobot berishi va faoliyatini baholash tartibini nazarda tutadigan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarining ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Quyidagilar hududlarga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishini, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolgan tumanlar va shaharlarda samarali tashkil etish;
tumanlar, shaharlar,mahallalardagi yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha ishlarning samaradorligi va uyg‘unligini ta’minlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;
hududning ishchanlik muhiti va ishchanlik faolligini tahlil qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashish, shakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy an’analar, hududning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, hududni rivojlantirish bo‘yicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ahvolini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga ta’sir etish darajasini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hukumat, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilishni talab etadigan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zaxirasiga qo‘shish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini o‘rganish hududlarga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan, qoida tariqasida, bir yo‘la kompleks o‘rganish (3-4 kun davomida) o‘tkazish orqali muvofiqlashtiriladi;
hududlarga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan davrini joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish orqali o‘rganishga ajratadi.
9. Kalendar yilning chorak yakuni bo‘yicha majlislarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning hozirgi amaliyoti samarasiz hamda eskirgan deb topilsin.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangilangan konsepsiyasi 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joriy qilinsin va quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
tuman (shahar) va viloyat darajasida, birinchi navbatda, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, deputatlar va senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb muammolarni aniqlash, shuningdek, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringining ochiqligi va xolisligini oshirish;
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan ko‘rsatkichlarning, ayniqsa qishloq joylarida aholining hayot darajasi va sifatiga real ta’sirini hisobga olgan holda maqroiqtisodiy tahlil o‘tkazish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ahvoli, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralari takliflari, aholi ehtiyojlarining har tomonlama va chuqur tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini, shu jumladan, joylarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining mas’uliyati va tashabbuskorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat va monitoring qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlari o‘rtasida mazkur qaror talablarini tushuntirish bo‘yicha ishlarni tashkil etsin;
2017-yil 20-avgustga qadar muddatda joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarning har tomonlama tahlil etish va umumlashtirish asosida namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni hamda sektorlar rahbarlarining namunaviy ish tartibini ishlab chiqsin;
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini va bajaradigan ishlar hajmini tanqidiy o‘rganish asosida ularning tuzilmasi, vazifalari, funksiya va vakolatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
12. Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga keraksiz ma’muriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalg‘itadigan idoralararo yig‘ilishlarni o‘tkazish qat’iy taqiqlansin.
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga ko‘rib chiqiladigan masalalarga bevosita aloqador bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari taklif qilinishi va ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘rsatilgan talablarning qat’iy bajarilishi ustidan lozim darajada monitoring olib borilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kollegial yig‘ilishlar o‘tkazish zaruratini asoslovchi aniq mezonlarni, ularda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilashni, shuningdek, yig‘ilishlar yakunlarining natijadorligiga talablarni nazarda tutgan holda, barcha darajalarda yig‘ilishlarni tashabbus qilish, unga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (T. Xudaybergenov) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
sektorlar rahbarlarining faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qilishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali hamda shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, V.A. Golishev, T.A. Xudaybergenov, O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Download 44,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish