O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillika erishish ostonasida
1991-yil 31-avgustda chaqirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi O‘zbekistonning
Mustaqil Davlat, deb eTon qilinishida katta tarixiy ahamiyatga ega boTdi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda
“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrogi to‘g‘risida”gi masalalar
kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Oliy Kengash deputatlari
moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni, so‘ngra respublika Davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi.
Mazkur sessiyada O‘zbekiston SSRning nomi ham o‘zgartirilib, O‘zbekiston
bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi nomi bilan ataladigan boidi.
Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini eTon qilish
to‘g‘risida” qabul qilingan qarorda 1-sentabr 0 ‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Sessiyada qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, uning birinchi moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir”, - deb qonunlashtirib qo‘yildi.
O‘zbek xalqining muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi. U siyosiy mutelik va
asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat -
O‘zbekiston Respublikasi paydo boidi.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqning uzoq yillar davomida olib
borgan og‘ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi boidi. 0 ‘zbekiston
xalqi o‘z mustaqilligini quvonch bilan kutib oldi va ma’qulladi. Bunga 1991-
yil 29-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini ma’qullaysizmi?”
mavzuida o‘tkazilgan referendum natijalari yaqqol misol b o ia oldi. Umumxalq
referendumida saylov ro‘yxatiga kiritilganlaming 94,1 foizi yoki 9 mln
898 ming 707 kishi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini
yoqlab 9 mln 718 ming 555 kishi yoki referendumda qatnashganlaming
98,2 foizi ovoz berdi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Istiqlol biz uchun taraqqiyotning
butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O‘z kelajagimizni o‘z qoiimiz bilan
yaratadigan boidik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va
qadriyatlarimizga, umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand, qilib
qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega boidik”'.
Mustaqillik bizga quyidagi imkoniyatlami berdi:
- o‘z taqdirini o‘zi belgilash, davlat va jamiyatning siyosiy tizimini mustaqil
yaratish, demokratik y o i bilan saylangan organlar orqali hokimiyatni
butun toialigi bilan boshqarish;
- ishlab chiqarish va ilmiy texnik imkoniyatlarga, tabiiy va xomashyo
resurslariga to ia egalik qilish va ulardan mamlakat manfaatlari yoiida foydalanish;
- taraqqiyot yoiini jahon tajribalari, tarixiy an’analar va xalqning o‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tanlash;
- milliy davlatchilik an’analariga asoslangan holda huquqiy demokratik
davlat tuzish;
- ochiq fuqarolik jamiyati qurish;
- tarixni xolisona yoritish, milliy va diniy qadriyatlami qaytadan tiklash,
hayotni eski hukmron mafkura va mustabid tuzum asoratidan xalos etish;
- yosh avlodni haqiqiy vatanparvar va yurtparvar etib tarbiyalash, ularga
zamon talablari darajasida bilim va kasb-hunar berish;
- ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlaming iste’dod va qobiliyatlarini
to ia namoyon etish;
- yurt xavfsizligi, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash;
- xalqaro munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etish, boshqa
mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli shartnoma va bitimlar tuzish;
Shuningdek, mustaqillik 0 ‘zbekistonning barcha xalqaro nufuzli tashkilotlarga
teng huquqlilik asosida a’zo bo‘lib kirish imkonini ham berdi.
1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 25-yil davomida mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibor qozondi.
O‘zbekistonning suvereniteti va mustaqilligini saqlash va mustahkamlash Prezident Islom Karimov uchun hamisha eng oliy ustuvor vazifa bo‘lib keldi va u olib borgan siyosatning asosiy o‘zak tamoyili bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha olamshumul yutuqlar va natijalarni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq deb biladi.
U haqli ravishda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘la javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi bo‘lib, uni hayotga amaliy jihatdan tatbiq etishning haqiqiy kafolatiga aylandi.
1991-yilda O‘zbekiston paxta yakka hokimligining halokatli ta’siri oqibatida iqtisodiyoti biryoqlama, mo‘rt va nochor rivojlangan, aholining hayot darajasi g‘oyat achinarli ahvolga tushib qolgan qoloq agrar mamlakat edi. Respublika hayotiy muhim tovarlarning ko‘pgina turlarini, birinchi navbatda g‘alla va energiya resurslari bo‘yicha mahsulotlarni o‘zida ishlab chiqarmas va bu boradagi o‘z ehtiyojlarini ta’minlay olmas edi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlash mumkin emas, degan fikrning qat’iy tarafdori edi. Aynan shuning uchun ham Yurtboshimiz tomonidan mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu modelning tub negizini “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan strategik yo‘nalishni amalga oshirish tashkil etadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonda keng ko‘lamli tarkibiy islohotlar amalga oshirildi, neft kimyosi, kimyo, avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi va temir yo‘l mashinasozligi, farmatsevtika, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati kabi yuqori texnologiyalarga asoslangan mutlaqo yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi.
Ustyurt va Sho‘rtan gaz-kimyo majmualari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar korxonasi, Andijon, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi avtomobil zavodlari singari dunyo miqyosidagi noyob sanoat obyektlari barpo etildi.
Respublikamizda zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari, jumladan, Qamchiq tog‘ dovoni orqali o‘tadigan noyob tunnelni o‘z ichiga olgan Angren – Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘li bunyod etildi. Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlari yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, “Navoiy” aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil etildi va O‘zbek milliy avtomagistrali qurilishi yakuniga yetkazildi.
O‘zbekistonning dunyoda eng jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan beshta davlat qatoridan joy olgani Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan olib borilgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov qishloq xo‘jaligidagi chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish, yerning haqiqiy egasi bo‘lgan yangi mulkdorlar sinfi – fermerlik harakatini shakllantirishning tashkilotchisi edi. Uning tashabbusi bilan jahon amaliyotida o‘xshashi bo‘lmagan, qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan, qishloq ahlining hayot darajasi va sifatini shahardagidan kam bo‘lmasligini ta’minlaydigan namunaviy uy-joylar qurish dasturi amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni sifatida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan zamonaviy Qurolli Kuchlarni tubdan isloh etish, ularning jangovar salohiyati va qudratini oshirishni ta’minladi.
U tub negizida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va vujudga kelayotgan qarama-qarshilik va mojarolarni faqatgina tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etishga asoslangan tinchlikparvar siyosat mujassam bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari mintaqamizda va butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashga ulkan hissa qo‘shdi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tashabbusi asosida, eski qolip va mezonlardan butunlay voz kechgan holda, keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiya tizimini eng zamonaviy xalqaro standartlar bo‘yicha tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar dasturi ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |