Oʻzbekistonning birinchi prezidenti islom abdug‘aniyevich karimov reja



Download 3,65 Mb.
bet3/8
Sana18.02.2022
Hajmi3,65 Mb.
#452051
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OʻZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI Mustaqil ish

Siyosiy faoliyati
1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989-yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlaming mantiqiy davomi edi. Ushbu hujjatda respublikada paxta maydonlarini qisqartirish evaziga tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish ko‘rsatilgan edi. Markazdagi kuchlar qanday boimasin sobiq ittifoqni saqlab qolishga urinib, “Ittifoq shartnomasi” loyihasini ishlab chiqdi (1990-yil noyabr). Ammo bu shartnomada ham respublikalarning asosiy huquqlari yana markaz ixtiyorida qolayotgan edi. Shu sabab, bu loyiha qoilab-quwatlanmadi.
1991-yil 14-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bolib o‘tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so‘zlab, Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirdi va O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etdi. 1991-yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyani o‘sha davrda faqat ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi.1991-yilning 22-iyulida O‘zSSR Oliy Soveti “O‘zbekiston hududida joylashgan ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga otkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. 1991-yil 19 - 21 avgust kunlari sobiq ittifoqni saqlab qolishga tish-timog‘i bilan harakat qilgan qora kuchlar1 Moskvada harbiy to‘ntarish qilib, hokimiyatni qoiga olish maqsadida GKChP - favqulodda holat davlat qo‘mitasini tuzib, amalda o‘zlarining demokratiya, oshkoralik, jamiyatni
yangilash, islohotlarga, umuman xalqqa qarshi ekanliklarini ko‘rsatdi. Ular
ittifoqda yashovchi barcha xalqlarga mustaqillik bermaslikka, mamlakatdagi
parokandalikdan foydalanib qolishga urinishdi. 1991-yil avgust voqealari amalda SSSRning chuqur tanazzuli edi. Mamlakatdagi demokratik kuchlar GKChP faoliyatiga chek qo‘yib, hukmron partiya - KPSS faoliyati to‘xtatildi.
O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash,
respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi
davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quwatlash yo‘lidagi ig‘vokorona harakatlarga
uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar.
O‘sha paytda O‘zbekiston rahbari davlat tashrifi bilan Hindiston safarida
edi. Safardan qaytgach, Prezident 19-avgust kuni kechqurun Toshkent shahri
faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi nazarini maTum
qildi. 20-avgustda 0 ‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida
qo‘shma majlisi boTdi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yoTi
o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika
aholisiga murojaat bilan chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish
yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidenti Farmoni bilan Favqulodda
holat davlat qo‘mitasining g‘ayrikonstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va
boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy, deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda,
ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib,
Markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir respublika o‘z holiga tashlab
qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholagan O‘zbekiston Prezidenti
I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi
haqida Qornun qabul qilishni talab qildi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish