O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari



Download 311,42 Kb.
bet10/16
Sana03.02.2020
Hajmi311,42 Kb.
#38633
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1234 220120225709


Birinchidan, axoli bilan ochik mulokotni yulga kuyishning yangi, samarali mexa- nizmlari va usullarini joriy etish maqsadida 2017 yilning II choragidayok «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga katar o`zgartish va kushimchalar kiritilishi nazarda tutilmokda.

Ikkinchidan, 2017 yilning I choragida barcha xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat organlari raxbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Xozirda ularning aksariyati virtual qabulxonalar tashkil etib, allakachon o`z faoli- yatini boshlab yuborgan.

Uchinchidan, xar bir davlat va xujalik boshkaruvi organida xamda maxalliy davlat xokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash buyicha aloxida bulim (bulinma, gurux) tashkil etish va davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Maxkamasi qarori loyixasini ishlab chiqish belgilangan.

Turtinchidan, murojaatlarning kelib tushish manzili, kuyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va kutarilgan masalalar klassifikatsiyasi xamda takroriy va anonim murojaatlar xisobi, kurib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarga rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masala- lari buyicha taxdillar olib borish maqsadida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari mas’ul ijrochilar va soxalar buyicha taksimlanishi xamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifiqatori»ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ruyxatga olish tizimi buyicha yagona elektron dasturni tatbik etish ko`zda tutilgan.

Beshinchidan, axoliga xuquqiy masalalar buyicha tushuntirish ishlari olib borishni faollashtirish, xuquqiy maslaxatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya- lari yordamida keng targib qilish maqsadida davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o`z soxa faoliyatining yo`nalishlari buyicha «Onlayn maslaxat» ruknini tashkil etish belgilangan.

Oltinchidan, fuqarolarning murojaatlari eng ko`p tushadigan soxalar, ulardagi tusiklar, fuqarolarni uylantiradigan boshka extiyojlarni aniklash va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida xar bir davlat va xujalik boshkaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash axvolini xar chorakda umumlashtirish, davlat va xujalik boshkaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati buyicha axolining fikrini urganish, ijtimoiy surov ugkazish, shu jumladan, Internet tarmogi orqali aniklash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish nazarda tutilgan.

Yuqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o`z vaqtida xal etish, murojaatlarni kurib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bulish xolatlariga yul quyganlik uchun javobgarlikning mukarrarligini ta’minlash, shuningdek, bo`zilgan xuquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini kurish uchun zarur tashkiliy va xuquqiy asoslarning yaratilishi mamlakatimizda fuqarolarning xuquq va erkinliklari xamda qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytiradi, axolining adolat qaror topishiga bulgan ishonchini mustaxkamlaydi, amaldagi qonunchilikka xurmati oshishiga xizmat qiladi.

Sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o`z oldiga kuygan xar kanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bulgan ajralmas konstitutsiyaviy xuquqi mustaxkamlab kuyilgan. Unga kura, xar bir shaxe uchun o`z xuquq va erkinliklarini sud orqali ximoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish xuquqi kafolatlangan.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab fuqarolarning sud ximoyasida bulish xuquqini ruyobga chikarishga karatilgan keng kulamdagi isloxotlar amalga oshirildi. Bu borada 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Sudlar to`g`risida»gi va 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning xuquq va erkinliklarini bo`zadigan xatti-xarakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi Qonunlar xamda sud ishlarini yuritishga doyr yangi protsessual qonunchilikning qabul qilingani fuqarolarning yukorida kayd etilgan xuquqining ruyobga chiqishida katta axamiyat kasb etib kelmokda.

Bugun zamonning o`zi davlatimiz oldiga nafakat sud, shuningdek, boshka xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida xam fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini yanada samarali ta’minlash vazifasini kuchaytirish talabini kuymovda.

Jumladan, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish buyicha sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat organlarining muxim vazifalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o`z vaqtida xal etish, murojaatlarni kurib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bulish xolatlariga yul quyganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bulgan javobgarlikning mukarrarligini ta’minlash, shuningdek, bo`zilgan xuquqlarni tiklash buyicha barcha zarur choralarni kurish belgilangan.

O`zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng kulamda, yangi formatda jamo- atchilik urtasida muxokama qilingan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari buyicha Xarakatlar strategiyasida sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli xlmoya qilish kafolatlarini ta’minlashga karatilgan kuyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:

Birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari buyicha sud- larga murojaat qilish jarayonida tulanadigan davlat boji mikdorini kamaytirish.

Ma’lumki, xuquqlari bo`zilgan fuqarolar adolat kutib fuqarolik ishlari buyicha sudlarga murojaat qiladilar. Ammo urnatilgan davlat boji stavkalari da’vogar jismoniy va yuridik shaxslardan katta mikdordagi davlat bojini tulashni talab etadi. Ular bunday imkoniyatga eta bulmagan takdirda ko`pincha odil sudga murojaat etishda muayyan kiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu borada davlat bojini kamaytirishga karatilgan Vazirlar Maxkamasi qarorining istikbolda qabul qilinishi fuqarolarning o`z xuquqlarini ximoya qilishni surab sudlarga murojaat qilish imkonini yanada kengaytiradi. Pirovard natijada nizolarning sud jarayoniga kadar etib borishi ularning adolatli xal etilishiga xizmat qiladi xamda davlat va jamiyat xayotida qonun ustuvorligining amalda ta’minlanishiga erishiladi.

Ikkinchidan, elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga karatilgan «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o`zgartish va kushimchalar kiritish to`g`risida»gi qonun loyixasini ishlab chiqish.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va global internet tarmogining kun sayin takomil- lashib xamda ommalashib borishi odil sudlovni yuritishning elektron shakllaridan keng tarzda foydalanish sud protsessi taraflari uchun xar tomonlama kulayliklarni yaratadi.

Bu orqali odil sudlovni olib borishda samaradorlikning ortishiga va protsessual ishtirokchilar urtasida sansalorlik natijasida ortikcha xarajatlarning bartaraf etilishiga erishiladi.

Uchinchidan, sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Krnuniga o`zgartish va kushimchalar kiritish xakida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish.

Qonunchilikka kiritiladigan bunday o`zgartish va kushimchalar orqali sud organ- lari faoliyati tizimiga oid ma’lumotlar xamda sud xujjatlarining oshkoraligini ta’minlash orqali sudlar faoliyatining shaffofligi ta’minlanadi. Buning natijasida xalqning sudlarga bulgan ishonchi va xurmati ortadi. Sudlarga nisbatan jazolovchi organ emas, balki inson xuquq va manfaatlarini ximoya qiluvchi organ sifatida munosabatda bulinishiga erishiladi.

Shuningdek, bu O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 29-moddasida mustaxkamlangan fuqarolarning o`zlari istagan axborotni izlash, olish va uni tarkatish singari konstitutsiyaviy xuquqlaridan sud organlari faoliyatiga nisbatan foydalanish imkoniyatini yaratadi xamda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 30-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarning o`z xuquq va manfaatlariga daxldor bulgan xujjatlar, qarorlar va bonщa materiallar bilan tanishib chiqish xuquqlaridan samarali tarzda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida «jinoyat kurollari, kimga tegishliligidan kat’i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yuk qilib yuboriladi» degan koida mavjud.

Mazkur kodeksning 203'-moddasiga asosan, «Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik kurish yoki sodir etish uchun maxsus muljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat kurolidir».

Yukoridagilardan kelib chiqqan kolda, jinoyat kuroli yoki ma’muriy kukukbo`zarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bulmagan kollarda mulkni olib kuyish (vaktinchalik olib kuyishdan tashkari) va musodara qilishni takiklash maqsadga muvofiqdir.

Sud xujjatlari va boshka organlar xujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. Mamlakatimizda sud-xuquq soxasida amalga oshirilayotgan keng kulamdagi isloxotlar natijasida sud qarorlarini ijro etish soxasi rivojlangani va yanada tako- millashib borayotganini aloxida kayd etib utish joiz. Bu borada 2001 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi «Sud xujjatlari va boshka organlar xujjatlarini ijro etish to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sud tizimini yanada islox qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jixatdan va moliyaviy ta’minlashni tako- millashtirish, sudlar mustakilligini mustaxkamlash, shuningdek, sud qarorlarining o`z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlashda muxim axamiyat kasb etdi.

Mamlakatimizda sud qarorlarining o`z vaqtida, tulik va sifatli ijro etilishini ta’- minlash maqsadida 2009 yil 15 yanvardagi «Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi muno- sabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o`zgartish va kunshm- chalar kiritish to`g`risida»gi Qonuni qabul kilindi. Mazkur Qonunga asosan sud xujjatlari va boshka organlar xujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 29 dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xo`zuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliya- tini moddiy-texnik jixdtdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi GЩ-1900-son kar ori qabul qilinishi o`z navbatida sud qarorlarining so`zsiz ijro etilishini ta’minlash, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ko`zuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jixdtdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyati samarador- ligini yanada oshirish, uning kadrlar saloxdyatini mustaxkamlash, sud ijrochilarining mexnatini moddiy ragbatlantirish tizimi takomillashtirilishiga olib keldi.

Birok, sud xujjatlari va boshka organlar xujjatlari ijrosi samaradorligini oshirishda ushbu qabul qilingan normativ-xuquqiy xujjatlarni etarli deb bulmaydi. Shu boisdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud- xuquq tizimini yanada islox qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-4850-son farmonining qabul qilinishi, sud xujjatlari va boshka organlar xujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishda muxim urin egalladi. Mazkur farmon bilan tasdikdangan kompleks chora-tadbirlarning ettinchi ustuvor yo`nalishi «Sud xujjatlari va boshka organlar xujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish»ga bagishlanib, unga kura

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik proiessual va Xujalik proiessual kodekslariga kelgusida:

davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan boglik ishlarni kurib chiqishda sudya- larning da’voni ta’minlash choralarini kurish majburiyatini;

sud xal kiluv qarorining ijro etish tartibi va usulini belgilash kismida sud xal kiluv qaroriga kuyiladigan, uning tugridan-tugri amal qilishini ta’minlaydigan talablarni;

sudlar tomonidan ijro xujjatlarini yuborish muddatlarini; davlat byudjetiga undiruvlar buyicha ijro varakalarini fakat sud ijrochilariga berishni nazarda tutadigan yagona tartibni;

sud xal kiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini tushuntirish, o`zgartirish to`g`risidagi murojaatlarni kurib chiqish, ish yuritishni tuxtatib turish, undiruvni karzdorning boshka shaxslarda turgan mol-mulkiga karatish tartibini belgilash yuli bilan ijro ishini yuritish ustidan sud nazorati mexanizmlarini (kurib chiqish muddatlari, sud tarkibi, sud muxokamasi tartibi, chikariladigan xal kiluv qarorining shakli);

sud xujjatlari ijrosini kechiktirish va bulib-bulib ijro etish asoslari va ular- ning eng ko`p muddatlarini;

kommunal karzdorlik buyicha sud buyrugini chikarish to`g`risidagi arizaga ilova kilinadigan xujjatlarning kengaytirilgan ruyxatini (karzni o`zish to`g`risidagi talab, kommunal tarmokdan o`zib kuyish dalolatnomasi, iste’molchi bilan to`zilgan shartno- ma, karzdor tomonidan e’tirof etilgan karzdorlik xisob-kitobi, kuchmas mulk egasi to`g`risidagi ma’lumotnoma va bonщalar);

xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etishning anik protsessual tartibini (sudlovga tegishlilik, takdim etiladigan xujjatlar ruyxati, sud muxokamasi tartibi, qarorni e’tirof etish va uning ijrosini rad etish asoslari) nazarda tutuvchi o`zgartish va kushimchalar kiritish nazarda tutilmovda.

Fuqarolarning odil sudlovga tuskinliksiz erishishini ta’minlash. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xar bir shaxsga o`z xuquq va erkin- liklarini sud orqali ximoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining gayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan shikoyat qilish xuquqi kafolatlanadi.

Xar kanday manfaatdor shaxe bo`zilgan yoki nizolashayotgan xuquqi yoxud qonun bilan kuriklanadigan manfaatlarini ximoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga xdkli. Demak, sudlar manfaatdor shaxslarning xuquq va erkinlikla- rini ximoya qilish yuli bilan odil sudlovni amalga oshiradi.

Odil sudlovning fakat sudlar tomonidan amalga oshirilishi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Sudlar to`g`risida»gi qonunda va boshka qonunlarda o`z ifodasini topgan.

Fuqarolarning odil sudlovga tuskinliksiz erishishini ta’minlash uchuy ularga kuyidagi imkoniyatlar berilishi kerak:

sud xarajatlarining ko`p bulmasligi;

sud tomonidan davlat boji tulashdan ozod qilinishi yoki ularni tulashning kechik- tirilishi;

malakali yuridik yordam olishga yul kuyilishi;

fuqarolarga sud ximoyasidan foydalanishda kulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin kadar yakinlashtirilib joylashtirilgan bulishi.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning odil sudlovga tuskinliksiz erishishini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, o`z navbatida, sudlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan fuqarolarni ta’minlashga, fuqarolarning bo`zilgan xuquq va erkinliklari xdmda qonun bilan kurivdanadigan manfaatlarining samarali ximoya qilinishiga xizmat qiladi.


  1. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xujalik qonunchiligini takomillashtirish,jinoyatchilikka qarshi kurashish va xuquq buzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va libe- rallashtirish, aloxida jinoiy kilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish. «Harakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xujalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bulib, unda ushbu qonun xujjatlariga bir qator o`zgartish va kushimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyat- protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy kilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish kabi muxim vazifalar belgilangan.

Mazkur vazifa doirasida inson xuquq va erkinliklarini ta’minlashning shaf- fofligi xdmda samaradorligini oshirish, iktisodiyotning rivojlanish xolati, zamonaviy talablardan, xalqaroo standartlardan kelib chiqqan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan xolda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish buyicha 2018-2021 yillarga muljallangan Konsepsiya» loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda:

birinchidan, kamok tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning )fniga ozodlikdan maxrum qilish bilan boglik bulmagan jazoning mukobil turlarini qo`llash imkoniyati- ni kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan xolda, uni ijtimoiy foydali mexnatga jalb etish orqali axlokiy-tarbiyaviy ta’sir kursatish choralarini kuchaytirishga karatilgan ozodlikdan maxrum qilish bilan boglik bulmagan mukobil jazo turini kiritish belgilangan.

Ushbu o`zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko`plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan xolda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengrok qo`llash im- konini beradi;



ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o`z ifodasini topgan bulib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bulmagan va uncha ogir bulmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga muvofiq, ogir yoki uta ogir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik xolati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod kilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortik jinoyatlar kiritilgan bulib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan sung etkazilgan zararni koplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bulmovda. Bu boradagi isloxotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos buladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko`prok shaxslarni sudlanganlik xolatidan saklab koladi;

uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bulmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan xamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iktisodiy aylanmani tuxtatib turuvchi ayrim iktisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish xam ushbu loyixada amalga oshirilishi lozim bulgan ishlarning mantikiy davomi buladi.

Ushbu yo`nalishda iktisodiyot soxasidagi, jumladan, xujalik faoliyati soxasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bulmagan jinoyatlarni O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chikarib tashlash, buning evaziga mazkur soxada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar tugri yulga kaytsa, ularning qonun bo`zish xolat- lari va uning natijasida etkazilgan zarar bartaraf etilsa xamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;



turtinchidan, voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual Harakatlarni o`tkazishda ularning xuquqiy ximoyasini kuchaytirishga doyr bir qator o`zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda dikkat-e’tibor voyaga etmagan shaxslarni ukish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan x,olda, ularning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o`zini ijobiy tomondan oklagan jazo va majburlov choralarini kengrok qo`llash ga karatiladi. SHuningdek, nafakat voyaga etmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyat- lardan jabr kurgan va u yoki bu jinoyatning guvoxd bulgan voyaga etmaganlarning x,ukuk va manfaatlarini x,imoya qilish kabi muxim o`zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga etmagan shaxslarga nisbatan tergov Harakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, ota-onalari yoki ya kin karindoshlari bilan ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonlarning muddatlarini qisqartirish va boshka shu kabi o`zgartirishlar nazarda tutiladi;

beshinchidan, kilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni engillash- tiradigan yoki shaxsning akvolini boshkacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo`llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda kilmishning jinoiyligini istisno etadigan xrlatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar koplangan tavdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi aloxida ragbatlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. SHuningdek, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning axsolini boshkacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo`llash tartibi yo`zasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlarini x,imoya qilishga karatilgan, etkazilgan zararni koplagan, chin kungildan amalda pu- shaymon bulgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini tugri va bir xilda qo`llashga oid tushuntirishlar berishga aloxida e’tibor karatiladi;

oltinchidan, sudlanganlik x,olatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir et- gan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy x,olatdir. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o`zgartirish va kushimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik x,olatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashla- nishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bulmagan va uncha ogir bulmagan jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to`g`risidagi koidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik mud- datining qisqartirilishi, uning barcha kukukiy okibatlari bekor bulishiga sabab buladi. Bu esa, o`z navbatida, shaxsning x,ukukiy kolatini engillashtirish, ijobiy xulk-atvorini ragbatlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi;

ettinchidan, ijtimoiy foydali mexnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir kursatish choralarini kuchaytirishga karatilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bulmagan va uncha ogir bulmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan x,olda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga tuskinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga ogishmay rioya qilishga olib keladi. SHu bilan birga, mazkur jazo nafakat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaroo standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-xuquq tizimini yanada islox qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-4850-son Farmoniga kura, faoliyatni ish yakunlarining kompleks taxlili asosida rejalashti- rish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo xuquqni qo`llash amaliyoti va amaldagi qonun xujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli xuquqbo`zarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniklash xamda bartaraf etishga karatish masalasi belgilab berilgan edi.

O`zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xuquqbo`zarliklarning oldini olishga mas’ul organlar o`z vakolatlarini xar kanday davlat organlari, jamo- at birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustakil xolda, fakat qonunga buysinib amalga oshiradilar.

Huquqni muxofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo`nalishlarini kelishish asosida ta’minlash maqsadida o`z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

Xuquqni muxofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish deganda tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.

SHu ma’noda, mazkur vazifani bajarish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyixasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari anik belgilab beriladi.

Muvofiqlashtirishning maqsadi - jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishdir. Bu umumiy maqsad, tabiiy ravishda, barcha kuchlarni birlashtirishni, xuquqni muxofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida bir-birini takrorlamaslikni, biri boshkasining funksiyasini bajarmasligini, mu- ayyan anik maqsad yulida kuch xamda imkoniyatlarni birlashtirishni, ayni paytda xar biri qonunchilikka kattik rioya etgani xolda qonun doirasida o`z vazifasini malakali bajarishini takozo etadi.

SHundan kelib chikib, muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi to`zilmalarning o`zaro boglik va xamkorlikda xarakat qilishini ta’minlash, jinoyatlarni tez, tula va xar tomonlama aniklash, tergov olib borish, ji- noyatni ochish xamda vakolatli organlarga uning yo`zaga kelish sabab va sharoitlarining oldini olishga karatilgan choralarni ishlab chiqish xisoblanadi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va xuquqbo`zarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirishda kuyidagilarga aloxida e’tibor berish maqsadga muvofiq:

Huquqni muxofaza qiluvchi organlar va ular raxbarlarining birgalikda muvofiqlashtiruv kengashlarini tashkil etishlari;

Qayd etilgan organlarning jinoyatchilikka va ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurash masalalari buyicha o`zaro axborotlar almashinuvi;

O`zaro kelishilgan xarakatlarni amalga oshirish maqsadida xamkorlikda mintakalarga chiqish, kuyi bugindagi xuquqni muxofaza qilish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish, mavjud ijobiy tajribalarni urganish va boshka xududlarda amaliyotga tatbik etish;

Ko`p epizodli va jamoatchilik e’tiborida bulgan anik jinoyatlarni tergov qilish uchun tergov-tezkor guruxlar to`zish va tergovni tashkil etish;

Jinoyatlarni aniklash va oldini olish maqsadida xamkorlikdagi maqsadli tadbirlar o`tkazish, shuningdek, ularning sodir etilish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish choralarini kurish;

Xodimlarning malakasini oshirishda xuquqni muxofaza qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan foydalanish, xamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o`tkazish;

Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun o`zaro yordam kursatish;

Hamkorlikda buyruklar, kushma kursatmalar chikarish, axborot xatlarini va boshka tashkiliy-farmoyish xujjatlarini tayyorlash, xamkorlikda kullanmalar, byulle- tenlar (tuplamlar) xamda boshka axborot nashrlarini chikarish;

Muvofiqlashtiruv faoliyatining o`zaro kelishilgan rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;

Mamlakatda amalda bulgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishga oid qonunlar va normativ xujjatlarning ijro etilish axvoli buyicha xamkorlikda xududlarga chikib tekshirishlar tashkil etish;

Mintakalarda jinoyatchilikka qarshi kurash dasturlariga kiritish uchun xamkorlikda takliflar ishlab chiqish.

Jinoyatchilik va sudlanganlik xolati xakida o`zaro axborot al mashuv;

Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chikitpla. sud statistikasi ma’lumotlaridan va sud amaliyoti materiallaridan foydalanish;

Jinoyatchilikka qarshi kurash to`g`risidagi qonun loyixalarini xamkorlikda tayyorlash;

Hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o`tkazish, tegishli mutaxassislar- ning xuquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirishdagi ishtiroki;

Hamkorlikda axborot xatlarini, ma’lumotnomalarni, sharxlarni junatish va boshkalar.

Sud raislari, sudyalar jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar raxbarlarining muvofiqlashtiruv kengashlarida ko`zatuvchi sifatida yoki kengash ishtirokchilarini o`z organi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida katnashishi mumkin.

Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshka shakllariga qarshi kurashish buyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish.

Xozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan xech kaysi davlat, jumladan, eng rivojlangan davlatlar xam kafolatlanmagan. Jaxonda yo`z berayotgan turli kungilsiz vokealar, kon tukishlar, jumladan, Irok va Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi gurux 2014 yilda o`zini ISHID (Irok va SHom islom davlati) deb atab, islom dinidan nikob sifatida foydalanib, siyosiy va boshka tajovo`zkor maqsadlarda turli ogir va uta ogir jinoyatlarni sodir etmovda. Sir emaski, ISHID terrorizm va diniy ekstremizm bilan boglik bir kancha jinoyatlar sodir etayotgan diniy ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir.

Ishid Markaziy Osiyo mamlakatlariga xam o`z ta’-sirini o`tkazishga urinmovda. Afrika, O`rta Sharq va Markaziy Osiyodagi 15 dan ortik diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari Ishidning xatti-xarakatlarini kullab-kuvvatlab, ularga yordam berib kelmokda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-xuquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish.

Jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini va inson xuquqlarining ishonchli xi- moyasini yanada takomillashtirish, xalqning davlat xokimiyatiga bulgan ishonchini yanada mustaxkamlash qonuniylikni ta’minlashning institutsional va xuquqiy asoslarni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimini tashkil etish zaruriyatini namoyon etadi.

Mazkur soxadagi isloxotlarning amalga oshirilishida milliy qonunchilikka xalqaroo xuquqning umume’tirof etilgan normalari tatbik etilishi muxim axamiyat kasb etadi, buni biz 2008 yili «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O`zbekiston Respublikasining qushilishi to`g`risida»gi qonunning qabul qilinishida yaqqol ko`rishimiz mumkin.





  1. Download 311,42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish